Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
davlat va huquqni falsafiy kategoriyalar va dialektika qonunlari
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat va huquq nazariyasining metodologik muammolari 2-§.
davlat va
huquqni falsafiy kategoriyalar va dialektika qonunlari vositasida tahlil etishdan iborat. Shubhasiz, davlat va huquq hodisalarining har birini, ya’ni davlatning mohiyati, davlat funksiyasi, davlat apparati, davlat siyosati, davlat hokimiyati, shuningdek huquqning mazmun-mohiyati, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy norma, huquqiy prinsiplar, huquqning funksiyalari, huquq Davlat va huquq nazariyasining metodologik muammolari 2-§. 519 XXV bob. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquq buzilishi, qonuniylik, yuridik javobgarlik kabi va boshqa ko‘plab institutlar (kategoriyalar)ni falsafiy metodologik usul va vositalar yordamida talqin qilish, ilmiy tadqiq etish yanada keng ko‘lamli hamda boy bilimlar tizimini yaratishga ko‘maklashishi shubhasiz. Masalan, davlat va huquq mohiyatini falsafaning «mohiyat» xususidagi yondashuv va ilmiy arsenalidan holi tarzda to‘la anglash mushkul. Yoki huquq- da «mazmun» va «shakl» masalalari, huquqda «zaruriyat va tasodif» nisbati, normativ-huquqiy hujjatlar tizimida «inkorni inkor qonuni» qanday amal qilayotganligini, huquqiy munosabatlarning samarali amalga oshirilishida «voqelik va imkoniyat» ifodasi, huquq buzilishi va yuridik javobgarlikni talqin etishda «qarama-qarshiliklar birligi va kurashi» kabi falsafiy kategoriya hamda qonunlar qanday nomoyon bo‘lishini tadqiq etish nihoyatda dolzarb masaladir. 3. Davlat va huquq nazariyasi fanining markaziy masalalaridan bo‘lmish huquq normalarini yaratish, qonun ijodkorligi metodologiyasini tahlil etish ham muhim nazariy va amaliy samara beradi. Huquq ijodkorligini, uning asosiy shakli bo‘lgan qonun ijodkorligini dialektik dunyoqarash, jumladan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlari, shuningdek, yakkalik, xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa, sistema (tuzilma) va qism, mazmun va shakl nisbati, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari orqali talqin etish mazkur murakkab ijtimoiy hodisalar xususida teran va boy ilmiy bilim hosil qilish imkonini beradi. Xususan, huquq ijodkorligi sohasidagi ziddiyatlar huquq yaratuvchi organ bilan real voqelik o‘rtasida, siyosiy tizim demokratlashuvi bilan bozor iqti- sodi munosabatlari shakllanishi o‘rtasida, yangicha iqtisodiy rivojlanish talablari bilan amaldagi huquqiy normalar o‘rtasida, davlat qurilishini modernizatsiyalash bilan yangi texnologiyalar sust joriy etilganligi o‘rtasida, huquqiy normalarning barqarorligi bilan huquq vositasida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning dinamikasi (o‘zgaruvchanligi) o‘rtasida, huquq normasida modellashtirilgan xulq- atvor qoidasi bilan fuqarolarning eski, nosog‘lom odatlari, yurish-turish stereotiplari o‘rtasida namoyon bo‘lishi kuzatiladi. 4. Hozirgi zamonda ijtimoiy voqealar jo‘shqin rivojlanayotganligi, siyosiy va huquqiy jarayonlar esa, muttasil murakkablashib borayotganligi bois davlat va huquq hodisalarining ilmiy tahliliga Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling