Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


tizimli (sistemali) yondashish


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet523/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   519   520   521   522   523   524   525   526   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

tizimli (sistemali) yondashish alo-
hida dolzarblik kasb etmoqda. Tizimlilik, sistemalilik namoyon bo‘lishi jamiyat-
ning tabiiy holati va mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy tizimlarni tadqiq 
etganda ulardagi ichki ziddiyat va dialektik qarama-qarshilik xususiyatlarini 
inobatga olib ish tutish lozim
1
. Tizimli yondashuv ijtimoiy (huquqiy) tadqiqot-

Qаrаng: Афанасьев В.Г. Системность и общество. – М., 1980. – 17-bet.


520
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
lar metodologiyasini yaratishning eng istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Voqea 
va hodisalarni tizimli o‘rganish ilmiy haqiqatga erishish yo‘lini osonlashtiradi.
Davlat-huquqiy munosabatlar va barcha huquqiy voqeliklarni sistemali 
o‘rganish ularni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish imkoniyatini beradi. Davlat 
va huquqni siyosiy tizim yoki huquqiy tizimning tarkibiy qismi, shuningdek, 
huquqiy tartibga solish mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy bo‘g‘ini sifatida tahlil 
etish ularning ilgari anglab yetilmagan yangi, boy va serjilo qirralarini 
ochishga ko‘maklashadi. Masalan, davlat siyosiy tizimning bir elementi bo‘lib, 
bu tizimning boshqa elementlari bilan institutsional, iyerarxik, funksional va 
boshqa o‘zaro ta’sir hamda aloqadorlik munosabatlarida bo‘ladi. Аyni vaqtda, 
davlatning o‘zi ham turli organlar, muassasa va tashkilotlarning majmui 
sifatidagi yagona bir butun tizim (sistema) sifatida yagona va yaxlit holda 
harakatlanadi. Ushbu yondashuv huquqqa ham to‘la taalluqlidir. Tizimli tahlil 
vositasida davlat va huquq hodisalarini 
statik hamda dinamik holatlarda keng 
tavsiflash mumkin bo‘ladi.
5. Davlat va huquq nazariyasining metodologik muammolari qatorida 
davlat va huquq voqeliklarini 
modellashtirish hamda zaruriyat tug‘ilganda 
siyosiy va 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   519   520   521   522   523   524   525   526   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling