Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet526/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

ma’muriy islohotlarning mohiyatini anglash, bunday 
islohotning ilmiy asoslangan istiqbolli dasturini yaratish dolzarb masalalar 
sirasiga kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi farmoni 
bilan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” tas-
diqlandi. Konsepsiyaga asosan, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini 
oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarini isloh qilishning 6 ta ustuvor yo‘nalishi 
belgilandi: 
birinchi yo‘nalish – ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining
institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
ikkinchi 
yo‘nalish – ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari(funksiyalari, vako-
latlari)ni, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohasini aniqlashtirish, 
muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish; 
uchin-
chi yo‘nalish – iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada 
qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish; 
to‘rtinchi 
yo‘nalish – vеrtikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari 


523
XXV bob.
 Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri
vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri
hamkorligining mеxanizmlarini takomillashtirish; 
bеshinchi yo‘nalish – dav-
lat boshqaruvi tizimiga stratеgik rеjalashtirishning zamonaviy shakllari, 
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va tеxnologiyalarni joriy etish; 
oltinchi 
yo‘nalish – profеssional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, 
ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning 
ta’sirchan mеxanizmlarini joriy etish.
Mazkur yo‘nalishlardagi vazifalarni amalga oshirish natijasida ijroiya ho-
kimiyat organlari faoliyatini tashkil etish va isloh qilishning aniq zamonaviy 
mеzonlari joriy etiladi; barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va 
ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimi joriy etiladi; 
davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish amalga oshiriladi
iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor 
mеxanizmlarini kеngaytirishga erishiladi; aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish 
tartib-taomillari optimallashtiriladi; ijroiya hokimiyat organlari faoliyatining 
shaffofligi va ochiqligi ta’minlanadi.
Shubhasiz, ma’muriy islohotlar konsеpsiyasida nazarda tutilgan cho-
ra-tadbirlarning amalga oshirilishi, innovatsion rivojlanishning zamonaviy 
tеndеnsiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi 
tizimini modеrnizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.
6. Milliy huquqshunosligimizda 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling