Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
yangi huquq sohalari paydo
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «huquq sohasi»
yangi huquq sohalari paydo
bo‘layotganligi davrning muhim tendensiyasidir. Jumladan, so‘nggi vaqt- larda ekologiya huquqi, soliq huquqi, bojxona huquqi, tadbirkorlik huquqi, bank huquqi, korporativ huquq kabi qator yangi huquq sohalari «shakllantirilmoqda». Bunda ba’zan subyektivizm ustunlik qilib, har bir huquq sohasini ajratish va alohida rasmiylashtirishda zamindor mezon hisoblanmish «huquqiy tartibga solish predmeti» va «huquqiy tartibga solish usuli»ni «ajralib chiqayotgan» yangi huquq sohasiga tatbiqan aniqlashga yetarli e’tibor berilmayapti yoki te- gishli nazariy malaka yetishmayapti. Shuningdek, huquqshunosligimizda «huquq» bilan «qonun»ni bir-biridan farqlamaslik holatlari mavjud. Undan kelib chiqib ko‘pchilik tadqiqotchilar «huquq sohasi» va «qonunchilik sohasi» hodisalarini yetarlicha farqlamay- dilar. Bu nazariy uquvsizlik oqibatida ba’zi olimlarimiz «huquqning kompleks sohasi» bor, deb da’vo qilmoqdalar. Аslida esa, kompleks sohalar faqat qonun- chilikda mavjud bo‘lishi mumkin (masalan, transport qonunchiligi, kapital qu- rilish qonunchiligi va boshqalar). 7. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida davlat va huquq hodisala- riga aksiologik yondashuv, ya’ni qadriyatlar tizimi mezonlari asosida baho berish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Qadriyatli talqin tufayli davlat va huquqning yangi qirralarini, jamiyatni uyushtiruvchi, rivojlantiruvchi jihat- 524 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi lari, bunyodkorlik salohiyati ochiladi. Shu yo‘nalishda izlanishlar olib borib, fuqarolik jamiyatiga mos huquqiy qadriyatlar tizimini shakllantirish, huquqning (qonunning) yuksak nufuzli ijtimoiy qadriyat ekanligini ilmiy jihat- dan isbotlash, shuningdek davlat va huquqqa qadriyat tarzida yondashuvchi yuridik aksiologiya ilmiy yo‘nalishini rivojlantirish lozim. Huquqni (qonunni) o‘rganishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini teran tahlil etish, aholi turli qatlamlari huquqiy madaniyatini yuksaltirishning sotsiologik negizlarini mustahkamlash yo‘llarini izlash, siyosiy faollik, siyosiy madaniyat bilan huquqiy madaniyatning o‘zaro nisbatini aniqlovchi tadqiqotlarni amalga oshirish ham muhimdir. 8. Horijiy mamlakatlar yurisprudensiyasida huquq hodisasining sotsiologik talqiniga katta e’tibor qaratib kelinayotganligi ma’lum. Аfsuski, mamlakatimiz yurisprudensiyasida Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling