Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet524/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqiy eksperimentlar o‘tkazish ham muhim o‘rin tutadi. 
Tabiiyki, qonun chiqaruvchi idora, huquq ijodkorligi subyekti huquqiy norma-
lar vositasida ko‘zlanayotgan huquqiy xulq-atvorning modelini yaratadi, jum-
ladan, huquqiy munosabatlar huquqiy xulq-atvorning modeli asosida kechadi
deb e’tirof etilishi mumkin. Shuningdek, huquqni qo‘llash jarayonida ham 
tegishli xulq-atvor va 
huquqiy tartibga solish mexanizmi modellashtirila-
di. Аna shunday huquqiy modellashtirishning ilmiy va sotsiologik jihatlarini 
tadqiq etish va hayotga joriy etish amaliyotda salmoqli samaralar keltirishi 
mumkin. Keyingi yillarda huquqiy eksperiment o‘tkazishga e’tibor berilayot-
gani tahsinga loyiq
1

6. Davlat va huquqning talqiniga 
funksional yondashuv hanuz o‘zbek 
huquqshunosligining e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. 
Аn’anaviy yondashuvga 
ko‘ra, davlatning ichki funksiyalari ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga bog‘liq 
holda iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, siyosiy funksiya, madaniy-
tarbiyaviy funksiya, ekologiya funksiyasi kabilarga ajratiladi. Mustaqillik yil-
larida hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi konstitutsiyaviy darajada joriy etil-
ganligi munosabati bilan davlatning qonun chiqarish funksiyasi, qonun va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish funksiyasi, odil sudlovni amalga 
oshirish funksiyasi tarzida tasniflash muayyan mantiq kasb etmoqda. Demak, 

2013-yil 20-mаrtdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining «Dаvlаt hоkimiyati vа bоshqаruvi 
оrgаnlаri fаоliyatining оchiqligi to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni lоyihаsi sinоvi bo‘yichа huquqiy 
ekspеrimеnt o‘tkаzish hаqidа»gi fаrmоyishi qаbul qilingаn.


521
XXV bob.
 Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri
vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri
fanimiz oldida davlat funksiyalarini tasniflash mezonlarini yanada chuqurroq 
tadqiq etish va aniqlash vazifasi turibdi. 
Guvohi bo‘lganimizdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davlat va 
huquq funksiyalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini kun tartibiga qo‘ydi. 
Zero, davlatning bank, kredit, pul tizimi ustidan nazorat funksiyasini amalga 
oshirishning oqilona me’yorlarini aniqlash zarurati kelib chiqdi. Davlatning 
bu boradagi funksiyasini xususiy sektor ixtiyoriga o‘tkazishda ham muayyan 
chegara bo‘lishi lozim ekan. Shuningdek so‘nggi yillarda davlatning ta’lim 
funksiyasi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi, jamiyatni axborot-
lashtirish yoki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
funksiyasi, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish funk-
siyasi kabi yangi funksiyalari namoyon bo‘lmoqda.
Huquqning funksiyasi ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning 
asosiy yo‘nalishi (uslubi) sifatida tushuniladi. Unga ko‘ra, huquqning dinamik, 
statik va qo‘riqlovchi funksiyalari farqlanadi. Аmmo, 
huquqiy tizimning funk-
siyasi, huquqiy siyosatning funksiyasi, huquqiy madaniyatning funksiyasi, 
huquqiy tartibga solish mexanizmining funksiyasi tarzida tasniflanganda 
yuqoridagi metodologik mezon o‘zgarib ketishi kuzatilmoqda. Huquqiy tizimning 
funksional jihatlari tahlil etilganda uning tarkibiy qismlarining ham funksional 
namoyon bo‘lish xususiyatlariga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Har bir huquqiy 
hodisa(institut)ning funksional namoyon bo‘lishi keng sotsiologik tadqiqotlar 
natijalari (ma’lumotlari) bilan asoslantirilishi ularning ilmiyligini ta’minlaydi.
 
1. So‘nggi yillarda davlat va huquq 
nazariyasi fanining umumnazariy arse-
nali yangi kategoriyalar hisobiga boyimoq-
da. Jumladan, «huquqiy makon», «huquqiy 
muhit», «huquqiy maydon», «huquqiy siyo-
sat», «huquqiy strategiya», «yuridik jarayon», «yuridik prognozlash», «yuridik 
amaliyot» kabi tushunchalar fanimiz tahlil doirasiga kirib, uning ilmiy appara-
tini yanada rivojlantirmoqda. 
2. Mamlakatimiz 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling