Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
518
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Jamiyat rivojlanib borgani sayin davlat va huquq ham takomillashib boradi. Shunday ekan, tabiiy ravishda davlat, huquq, demokratiya, hokimiyat, qonun va boshqa huquqiy hodisalar (institutlar) haqidagi fundamental bilimlar ham tadrijiy tarzda o‘zgarib boradi. Hozirgi globallashuv va jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida boshqa yuridik fanlar qatori davlat va huquq nazariyasi fani doirasida ham davlat-huquqiy materiya xususida yangi bilim- larni to‘plash va izohlash jarayoni kechmoqda. Tahlil etilayotgan mavzu doirasida davlat va huquq nazariyasining talaygina dolzarb muammolariga to‘xtalib o‘tish muhimdir. Fan nihoyatda keng qam- roqli, fundamental bo‘lganligi bois mavjud muammolarni anglash va tasavvur etish qulay bo‘lishi uchun ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 1) fundamental, metodologik muammolar; 2) umumnazariy muammolar; 3) xususiy-nazariy muammolar. Davlat va huquq nazariyasining dolzarb muammolarini mazkur tasnifiy guruhlashtirishga mos ketma-ketlikda bayon etamiz. 1. Mustaqillik yillarida davlat va huquq nazariyasining predmetiga yangi mavzular bilan qo‘shildi, xususan: «huquqiy davlat», «fuqarolik jamiyati», «inson huquqlari», «dav- lat va huquqning sotsiologik hamda aksio- logik talqini», «huquqiy siyosat», «yuridik konfliktologiya», «huquqiy jarayonlar va protseduralar», «sud presedentini huquqning manbayi» deb qabul qilish, «huquqiy nigilizm va idealizm», «huquqiy qadriyatlar va huquqda shaxs qadr- qimmati», «huquqda imtiyoz va rag‘bat», «yuridik antropologiya» va boshqalar. Tabiiyki, mazkur mavzularni ilmiy tadqiq etish, «o‘zlashtirish» vazifasi dolzarb bo‘lib turibdi. 2. Davlat va huquqni ijtimoiy institutlar sifatida, siyosiy tizim elementi, yuridik hayotning markaziy voqeligi tarzida, demokratik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar shaklida talqin etishga bag‘ishlangan sa’y-harakatlar, ilmiy izlanishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Biroq, fikrimizcha, ularning jamiyat hayotidagi roli va mavqeini yanada chuqurroq anglashning kaliti Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling