Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet520/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   516   517   518   519   520   521   522   523   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

517
XXV bob.
 Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri
vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri
tadqiq etish va uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish xususida 
gap borganida, bu jarayonni erkinlashtirish, modernizatsiyalash xususiyat-
larini chuqur mushohada etish muhimdir. Nafaqat huquqiy tartibga solish 
sohasida, balki mamlakatimizning butun huquqiy tizimida ro‘y berayotgan 
liberallashtirishning asosiy mazmuni – barcha huquqiy mezonlarni, taqiq 
va cheklovlarni adolat tamoyillari nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqish, 
ularni oqilona mo‘tadillashtirish, inson manfaatlarini ta’minlaydigan huquqiy 
standartlarni joriy etishdan iborat.
Huquqiy tizimimizda ustuvorlik mavqeyini egallab borayotgan liberal-
lashtirish tendensiyasini yanada chuqurlashtira borib, qonunchiligimizda so-
biq sovet tuzumidan meros qolgan 
«man etuvchi», «taqiqlovchi», «majbur-
lovchi» mazmundagi normalar bosqichma-bosqich bartaraf etilishiga erishish 
lozim. Bunday huquqiy normalar o‘rniga 
tavsiya beruvchi, imtiyoz beruv-
chi, rag‘batlantiruvchi normalarni qonunchiligimizga qat’iyat bilan kiritish 
maqbuldir. Ushbu yo‘nalishni 
imperativ (buyruq asosida) tartibga solishdan 
dispozitiv (erkin ixtiyoriy asosda) huquqiy tartibga solishga o‘tish tendensi-
yasi deb atash mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlardan tashqari, huquqiy tizim va qonun-
chilik tizimi rivojlanishida namoyon bo‘layotgan bevosita yuridik mazmundagi 
tendensiya va xususiyatlarni ham e’tirof etish mumkin:
1) 
Konstitutsiya va qonunning ustunligi tamoyili mustahkamlanib, nor-
mativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonunning nufuzi tobora yuksalib bormoqda. 
Bu boradagi navbatdagi vazifa: inson huquqlari va manfaatlariga oid barcha 
masalalar qonunosti hujjatlarda emas, balki faqat 
qonun darajasida mustahkam-
lanishiga erishishdan iborat;
2) qonunchilikda 
ixtisoslashish tendensiyasi ancha kuchli sezilib bor-
moqda, unda kodekslashtirishga alohida e’tibor qaratilib, ko‘pgina qonunchilik 
sohalari bo‘yicha 
shox qonun – kodekslar qabul qilindi;
3) qonunchilikning intensiv (jadal) rivojlanishi kuzatilmoqda, ayni vaqtda, 
uni 
unifikatsiyalash jarayonlari avj olmoqda;
4) qonunchilikning moddiy tarmoqlariga hamohang tarzda uning 
protses-
sual sohalari ham rivoj topib bormoqda. Аyni vaqtda, fuqarolar huquqlarini 
ta’minlashning protsessual mexanizmlarini yanada takomillashtirish lozim;
5) qonunchilik hujjatlarida yuridik texnikaga oid normalar salmog‘i ortib 
bormoqda, ayni vaqtda, qonun chiqarish jarayonida ham 
yuridik texnika va 
yangi qonunchilik texnologiyalarini yanada rivojlantirish dolzarb vazifa 
bo‘lib qolmoqda.
Qonunchiligimiz rivojlanishidagi muhim tendensiyalaridan yana biri uning 
tobora 
xalqaro huquqiy standartlarga moslashib borayotganligidir.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   516   517   518   519   520   521   522   523   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling