Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
512
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi likni talab etadi. Davlat va jamiyat hayotini faollashtirish, ularning yuridik va ma’naviy-axloqiy asoslarini rivojlantirish, huquqni yangilash, uni qo‘llash va muhofazalashni takomillashtirish, fuqarolarda qonunga hurmat hissini shakllan- tirish, ijtimoiy hayotga demokratik huquqiy qadriyatlar va yuridik mexanizm- larni joriy etish zarur. Oldimizda turgan ustuvor vazifa huquqiy davlatga mos huquqiy tafakkurni, yuksak huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishdan ibo- rat. Bunday kompleks yondashuv huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasidagi sa’y-harakatlarimiz muvaffaqiyatining garovidir. 513 XXV bob. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri Mustaqil davlat sifatidagi taraqqiyotimiz mobaynida milliy huquqshunoslik fani shakl- landi va tadrijiy rivoj topmoqda. Huquq- shunoslik fani ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotining huquqiy qiyofasi, ichki mantig‘i, rivojlanish qonuniyatlarining in’ikosi. Boshqacha aytganda, dav- lat-huquqiy voqelikning, yuridik hayotning ilmiy ifodalanishi, nazariy talqinidir. U yangi huquqiy doktrina asosida qaror topdi. Zamonaviy huquqiy doktrina – yangicha demokratik huquqiy tafakkur mahsuli, ilg‘or huquqiy qarashlar, nazariy umumlashma hamda qoidalar tizimi. Huquqiy doktrina – muayyan tizimga keltirilgan ta’limot, tarkibiy qismlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan konsepsiya, tamoyillar yig‘indisi 1 . Hozir- gi O‘zbekiston huquqiy tizimining o‘zagini tashkil etayotgan huquqiy doktrina tabiiy huquq ta’limoti, umuminsoniy, umumbashariy huquqiy qadriyatlar bilan xalqimizning bir necha ming yillardan beri sayqallanib kelayotgan tarixiy, mil- liy, huquqiy va ma’naviy qadriyatlarining hamohangligi asosida yaratildi. Milliy huquqshunoslik huquqiy ong va huquqiy tafakkurning qaror topishi hamda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U o‘z nufuzi va maqomi- ga ko‘ra ijtimoiy-siyosiy va huquqiy hayotni chetdan kuzatuvchi, shunchaki o‘rganuvchi, hisobini yurituvchi «betaraf nozir» emas, balki islohotlar jarayo- nini ilmiy baholovchi, izohlovchi va o‘z tavsiyalarini ishlab chiquvchi huquqiy tizimning uzviy bo‘g‘ini tarzida maydonga chiqmoqda. Huquqshunoslik fani – davlat va huquqning barcha jihatlarini o‘rganish asosida hosil qilinadigan ilmiy bilimlar tizimidir. Yanada mufassalroq tavsiflansa, huquqshunoslik o‘ta murakkab ijtimoiy hodisalar bo‘lmish davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi istiqboli, mohiyati, vazifasi va funksiyalarining namoyon bo‘lish qonuniyatlarini, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquq- ni muhofaza etish jarayonlarini, yuridik qonunlarni yaratish, nizolarni huquqiy hal etish tizimi hamda tartib-taomillarini o‘rganuvchi, huquqiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi fandir. Zamonaviy huquqshunoslikning tahlil 1 Qаrаng: Fаlsаfа. Qоmusiy lug‘аt. – T., 2004. – 144-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling