Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy davlat va
uning belgilari 7-§. 511 XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samara- li faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun, hokimiyatning uchta tarmog‘ini – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqla- rining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi. Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali ishlashi. Аgar inson huquq va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga yordam berishlari lozim. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madani- yatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash da- rajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amal- dagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish, huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlan- gan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolifat bo‘lishi zarur. Yuqorida keltirilgan belgilarning birgalikda amal qilishi jamiyat va dav- latda huquqning hukmronligi, umume’tirof etilganligi va ustunligiga olib kela- di. Bu ijobiy natija hisoblanadi. Zero, huquq – insoniyat taraqqiyotining buyuk ne’mati, huquqiy tartibga solish, boshqarish va ta’sir etish borasida to‘plangan ijtimoiy tajribaning asosiy mohiyati, umuminsoniy qadriyatlar va adolat, de- mokratiya va tartib-intizom kabi yuksak g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqning jamiyat hayotidagi ulkan ahamiyati va vazifasini anglab yetgan davlatni huquqiy davlatlar qatoriga qo‘shish mumkin. Demak, huquqiy qadriyatlarning ustunligi, ularning ham aholi, ham dav- lat xizmatchilari orasidagi nufuziga e’tibor beradigan, o‘z faoliyati davomida huquq bilan bog‘liq bo‘lgan hamda qonun talablari doirasida amal qilgan holda inson huquq va erkinliklarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlat chinakam huquqiy davlat hisoblanadi. Huquqiy davlat – bizning kelajagimiz, biroq unga erishish murakkab vazifa bo‘lib, rivojlanishning bir qator bosqichlarini qamrab oladi hamda dav- lat organlari, mansabdor shaxslar, jamoatchilik va fuqarolardan jiddiy faol- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling