Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet512/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

508
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Аksincha, davlat organlarining barcha 
normativ hujjatlari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslani-
shi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga 
muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya 
(piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumat farmon-
lari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalari, 
mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari, huquqiy odatlar, sud va 
ma’muriy presedentlar
1
yaratiladi. Kamroq yuridik kuchga ega bo‘lgan huj-
jatlarga yuqoriroq yuridik hujjatlarga nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi to-
talitar va avtoritar davlatlarga xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va 
iyerarxiyasini buzadi va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.
5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi 
birinchidan, 
huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng miqyosda qamrab olingan-
ligi, normal hayot faoliyati ta’minlanganligi hamda oldinda turgan vazifalarni 
hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. 
Ikkinchidan, huquqlar bilan 
uyg‘unlikda majburiyatlarning mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga oladi. 
Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik kafolatlar bilan 
mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi subyektlari 
orasida tenglikni ta’minlash, sinfiy, milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarini bel-
gilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan 
mahrum etishga yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida maz-
kur tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Bir 
vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining 
maqomini qo‘llab-quvvatlash, normativ mustahkamlash va takomillashtirish 
haqida g‘amxo‘rlik qiladi, o‘zidagi yashirin imkoniyatlarni huquq subyektlari 
oldida namoyon qilishga intiladi.
6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar hamda tuzilmalarning legitimligi – 
huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu yerda yetarli yuridik asosga 
ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarni kam uchratish mumkin. Basharti, 
ular mavjud bo‘lsa ham, uzoq muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat 
ko‘rsatish istiqbollariga ega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyin-
chiliklarga uchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat intstitutlari va 
tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va qoidalarga rioya 
qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal qilish shakl va usullari rasmiy 
belgilangan holda yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishni ro‘yxatga olish, 
ijozat berish va litsenziya berish usullari, shuningdek, tegishli davlat organ-

Prеtsеdеnt huquqi huquqning аnglо-sаksоn tizimi аmаl qilаdigаn mаmlаkаtlаrdа kеng qo‘llаnilаdi 
vа аmаl qilаdi (bulаr: АQSh, Buyuk Britаniya, Kаnаdа v.b.). Endilikdа bоshqа qаtоr mаmlаkаtlаrdа qo‘llаnilа 
bоshlаdi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling