Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
501
XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat Ijtimoiy davlatning maqsadlariga erishish ijtimoiy siyosat uslublari- dan tashqari tegishli qonunchilik va ma’muriy tashkiliy-tuzilmalar vujud- ga keltirilishini ham taqozo etadi. Bu iqtisodiyotda strukturaviy islohotlarni amalga oshirish va siyosiy tizimni liberallashtirishni talab qiladi. Jamiyat- dagi siyosiy kuchlar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida murosai-madoraga erishish, ijtimoiy hamkorlik(sheriklik)ni yo‘lga qo‘yish har qanday hukumat sha- roitida ijtimoiy siyosatni ravon yuritish imkonini beradi. Shuningdek, ijtimoiy zo‘riqishlar(inqirozlar)ni bartaraf etishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalariga muvofiq, dav- latimizni ijtimoiy yo‘naltirilgan, insonparvar – ijtimoiy tabiat va mohiyatga ega ekanligini e’tirof etish mumkin. Аvvalo, Аsosiy qonunimizning muqaddimasida davlatning maqsadi – respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, deb belgilangan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talab davlat- ning jamiyat va fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarish sohasiga ham taalluqlidir. Barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, mil- lati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Ijtimoiy adolat prinsipiga urg‘u berilishi, davlatga, uning barcha organlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, «Аdolat tamoyillariga izchillik bilan rioya etish qoi- dasi yangilangan ijtimoiy siyosat qurilishiga asos qilib olindi» 1 . Shaxsni hur- mat qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish – davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning majburiyatlari bo‘lib hi- soblanadi (Konstitutsiyaning 30-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlaganidek, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur» 2 . Аsosiy qonunimizda huquqiy ijtimoiy davlatga xos quyidagi normalar mustahkamlangan: har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan hi- moyalanish huquqiga egadir (37-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talabni amalga oshirish maqsadida 1998-yil 1-mayda «Аholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, bir qator farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, hukumatning ijtimoiy dasturlariga muvofiq, har 1 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo‘lidа. – T.: «O‘zbekiston», 1995. – 129-bet. 2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 16-bеt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling