Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet501/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

497
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
Huquqiy davlat Konstitutsiyaning barqarorligini ham nazarda tutadi. Uni 
tez-tez o‘zgartirish, to‘ldirish va yangilash maqsadga muvofiq emas. Zero, bu 
holda u davlatning barqaror, uzoq muddatli xususiyatga ega Аsosiy qonuni 
bo‘lmay qoladi. Аgar konstitutsiya jamiyatning davlat darajasidagi xohish-iro-
dasini ifodalasa, uni o‘zgartirish, yangilash xususiy xohish-irodaga emas, balki 
konstitutsiyaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 
Qonuniylikni mustahkamlash – huquqiy davlatning bosh mezoni. 
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinuvchi barcha normativ – huquqiy huj-
jatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin 
emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga mos bo‘lgan va 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy sanalgan farmon-
lar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Hukuma-
ti qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi, ularning ijrosini ta’minlaydi. Ular 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon-
lariga asoslanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etish 
uchun majburiydir. Qonuniylik va huquqiy davlat – ko‘p jihatdan uzviy 
kategoriyalardir, biroq ular o‘rtasida farq bor. Qonuniylik huquq sohasidagi 
barcha subyektlarning qonunlarga so‘zsiz rioya etishlarini talab qiladi, huquqiy 
davlat esa, xuddi shunday talabni xalq hokimiyati funksiyalarini bajaruvchi 
davlat tuzilmalariga nisbatan ham qo‘yadi. Shu sababli huquqiy davlatchilik, 
eng avvalo, hokimiyat tuzilmalari, chunonchi, davlat hokimiyati, boshqaruv, 
sud va prokuratura organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida 
qonun ustuvorligini anglatadi. 
Huquqiy davlatda inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Boz ustiga, huquqiy davlat bu huquqlarni amalga oshirishni qat’iy va izchil 
ta’minlashi va ularni himoya qilishi lozim. Shu munosabat bilan jamiyat va 
davlat hayotining turli jabhalarida huquqiy tenglik muammosi alohida ahamiyat 
kasb etadi. Uning yechimi davlat bunday tenglikni ta’minlovchi ishonchli kafo-
latlarni yaratishini nazarda tutadi.
Huquqiy davlatga xos bo‘lgan inson va fuqaro huquq va erkinliklari ro‘yxati 
xalqaro hujjatlarda ifodalangan. Bu, eng avvalo, BMT Bosh Аssambleyasi 
1948-yil 10-dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» hamda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 
xalqaro Pakt» va boshqalardir.
Ko‘rsatilgan hujjatlarda e’lon qilingan huquq va erkinliklar ro‘yxati huquqiy 
davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlab qo‘yilgan va kafolatlangan. 
Ularda shaxsni yuridik himoya qilishga alohida e’tibor beriladi. Ma’lumki, 
aybsizlik prezumpsiyasisiz shaxsni yuridik himoya qilishni ta’minlash mumkin 
32–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling