Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti
Download 446.63 Kb. Pdf ko'rish
|
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant
13
5-rasm. Standart tranzistorlarning ishlash qobiliyati Endi, xuddi shu misoldagi oddiy tranzistor o‘rniga, kvant tranzistori (kubit) oladigan bo‘lsak, ular mazkur 16 xil kombinatsiyani navbatma-navbat, ketma-ket tartibda emas, barki, bitta vaqt birligining o‘zida, ya'ni, birvarakayiga ijro qilishi mumkin. Bu esa vaqtni tejashning o‘zidan 16-karra yutiladi deganidir! 6-rasm. Kvant tranzistorlarining ish qobiliyati Albatta, aytilayotgan kvant kompyuterlari uchun kvant tranzistorlarini ishlab chiqish juda-juda murakkab va serxarajat ish. Bunda olimlar kvant mexanikasi 14 qonuniyatlari amal qiladigan subatom zarralar bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelishidan tashqari, kvant kompyuterlari bilan inson o‘rtasida muloqot o‘rnatadigan maxsus dasturiy ta'minotni ishlab chiqish masalasi ham yuzaga chiqadi. Ya'ni, endilikda kvant kompyuterlari uchun dasturlar, operatsion tizimlar va turli boshqa ilovalar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi maxsus kvant dasturlash tillari va kompilyatorlari ham zarur bo‘ladi. Hozirda kvant tranzistorlarining, ya'ni, kubitlarning turli xillari mavjud. Masalan, “topologik kubitlar” deb nom olgan kubitlarni Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan. Lekin bu kubitlar favqulodda darajada nozik bo‘lib, arzimagan shivirlash tovushi to‘lqinlari tufayli, yoki, issiqlik nurlanishi tufayli parchalanib ketadi. Barqaror ishlash uchun, topologik kubitlarga –273 °C harorat zarur. Bunday o‘ta past haroratni hosil qilish juda qiyin. Bu haroratni barqaror saqlab turish esa undan-da qiyin. Lekin, topologik kubitlarning mazkur injiqliklariga yarasha ajoyib ijobiy jihatlari ham mavjud. Xususan, bunday kubitlar vositasida ishlovchi kvant kompyuterida saqlanayotgan axborotda deyarli xatolik bo‘lmaydi. Topologik kubitlar asosida ishlab chiqilgan kvant kompyuteri, ishonchlilik nuqtai nazaridan o‘ta mukammal bo‘ladi. Harholda, Microsoft korporatsiyasidagilar cho‘chimay, shunday deb bayonot berishmoqda. Kvant kompyuteri uchta asosiy darajadan iborat bo‘ladi: birinchi daraja - kvant kompyuterining o‘zi. U mutlaq nol haroratga yaqin bo‘lgan o‘ta past haroratlarda turuvchi kubitlardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi daraja - kriogen kompyuter. U ham kompyuterning yangi bir turi bo‘ladi va u boyagi, mutlaq nol haroratga maksimal yaqin haroratda turgan kubitlardan iborat kvant kompyuterining ishini boshqaradi. Kriogen kompyuter kvant kompyuteridan sal yuqoriroq haroratda, ya'ni, –268 °C sovuq haroratda ishlaydi. So‘nggi, uchinchi daraja esa, odam ishlashi uchun moslashtirilgan jihozlardan iborat bo‘lgan interfeys kompyuteri (odam-mashina
hozirda mavjud eng ilg‘or superkompyuterlardan 100-300 barobar tezkorroq bo‘lar emish!
|
ma'muriyatiga murojaat qiling