Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti
Download 446.63 Kb. Pdf ko'rish
|
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant
1.1 Kvant kompyuterlarning rivojlanishi 9 Yirik IT-korporatsiyalar, oddiy kompyuterlarning o‘rnini egallaydigan kelajak kompyuterlarni ishlab chiqishga allaqachon kirishishgan. Ushbu inqilobiy yangi kompyuterlar - kvant kompyuterlari bo‘ladi. Eng kamtarona chamalashlarga ko‘ra, kvant kompyuterlarining tezlik va axborot saqlash hajmi bo‘yicha imkoniyatlari hozirgi zamonaviy eng kuchli superkompyuterdan ham yuzlab marta kuchliroq bo‘ladi. Ekspertlarning ishonch bilan aytishicha, o‘sha, kelajak kvant kompyuterlari vositasida saraton kasalliklariga davo topish, jinoyatchilarni bir lahzada tutish, DNK molekulalarini tahlil qilish singari muammolarni hal qilish mumkin bo‘lar ekan. Ushbu va shunga o‘xshash yuzlab masalalar borki, haqiqatan ham, ularga hozirgi zamon superkompyuterlarining “tishi o‘tmaydi”. Kvant kompyuterlari esa, biz hali tasavvurimizga ham kelmagan yana minglab masalalarga yechib bersa va istiqbolda yana o‘zimiz kutmagan yangi qulayliklar, imkoniyatlar eshigini ochsa ajab emas. Kompyuterni kompyuter qilib turadigan eng asosiy qismi - uning prosessoridir. Kompyuterning qay darajada kuchli ekani aynan prosessorga bog‘liq bo‘ladi. IT- mutaxassislar slengida “tosh” deyiladigan ushbu matoh o‘zi ham minglab sondagi tranzistorlardan tuzilgan bo‘ladi. Tranzistor bu sistemaning eng sodda tarkibiy birligi bo‘lib, u qaysidir ma'noda - “o‘chirib-yoqish” uskunasi (pereklyuchatel) ga o‘xshaydi. Tranzistor ikki xil holatdan birida bo‘lishi mumkin. Ya'ni, u yoki “yoniq” yoki, “o‘chiq” bo‘ladi. Tranzistorlarning aynan shunday holat kombinatsiyasidan “ikkilik kod” yuzaga keladi. Ikkilik kod esa nol va bir raqamlaridan iborat bo‘lib, tranzistorning “o‘chiq” holatiga 0 raqami, “yoniq” holatiga esa 1 raqami muvofiq keladi. Dasturlash tillari va axborotni uzatish hamda, saqlash tamoyillari aynan ushbu 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyalariga asoslanadi. Men holat deb atayotgan ushbu 0 va 1 raqamlari informatikada “bit” deyilishini aytib o‘taman. |
ma'muriyatiga murojaat qiling