12
1.2 Kvant kompyuterlarining yutuqlari
Lekin, boya aytganimdek, bunday mayda-mayda (zarra-zarra) o‘lchamlar
uchun ham bir kun kelib fizik chegaraga yetib kelinadi. Ya'ni, tranzistorni bundan
ham mitti qilishning imkoni bo‘lmay qoladigan payt albatta keladi. Aynan shunday
“IT-rivojlanish inqiroz”ga yo‘liqmaslik uchun ham hozirda mutaxassis olimlar
kvant tamoyillari asosida ishlovchi kompyuterlarni ishlab chiqish ustida mehnat
qilmoqdalar. Agar, oddiy kompyuterlarda tranzistorlar 0 yoki 1 holatdan faqat
bittasinigina ifodalay olsa, kvant kompyuterlarining tranzistorlari esa aksincha, bir
vaqtning o‘zida ham 0 va ham 1 holatida tura oladi. Ya'ni, bunday kvant tranzistori
bir vaqtning o‘zida ham “yoniq” va ham “o‘chiq” bo‘lishi mumkin. Bu ilm-fanda
“superpozitsiya” deb ataladigan fizik fenomenning amaldagi namunasi bo‘ladi.
4-rasm. Kvant tranzistorining ishlash tamoyili asosida superpozitsiya holati
yotadi.
Taqqoslash uchun quyidagi misolni keltiraman:
Agar biz 4 ta oddiy tranzistorni oladigan bo‘lsak, ularning hammasi
uyg‘unlikda ishlasa, 0va 1 raqamlarining turli ketma-ketligidan iborat 16 xil turli
kombinatsiyani bir martadan, navbat bilan ijro qila oladi.