Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti


Sana  Ishning bajarilish


Download 446.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi446.63 Kb.
#196086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant

Sana 

Ishning bajarilish 

darajasi 

Talaba imzosi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Himoya natijasi ____________ball 



Rahbar____________________________________  

                                            (imzo) 

Mazkur hujjat 3 yil davomida kafеdrada saqlanadi 

 

 



 

 



 



Mundarija: 

 

Kirish………………………………………………………............................4 



I-bob. Kvant kompyuteri……………………………………………………7 

1.1 Kvant kompyuterlarning rivojlanishi…………………………………..9 

1.2 Kvant kompyuterlarining yutuqlari…………………………………...12 

II-bob. Kvant shifrlash va teleportotsiyasi………………………………..15 

2.1 Kvant shifrlash………………………………………………………..16 

2.2 Kvant teleportatsiyasi…………………………………………………17 

Xulosa ………………………………………………………………………18 

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………19 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 



KIRISH. 

Bir  tarixiy  misol  keltiraman.  XIX-asr  o‘rtalariga  qadar,  odamlar  orasida 

axborot-xabar  almashinuvning  yagona  vositasi  qog‘ozga  yozilgan  va  konvertga 

joylangan  oddiy  xatlar  bo‘lgan.  XIX-asr  o‘rtalarida  avvaliga  Maksvell 

tabiatda elektromagnit  to‘lqinlarning  mavjudligini nazariy  kashf  qilib  bergan edi. 

Oradan  ko‘p  o‘tmay  Genrix  Gers  ushbu  to‘lqinlarning  haqiqatan  mavjudligini 

amaliy  isbotladi.  o‘shanda  ayrim  skeptik  shaxslar,  hatto  ba'zi  olimlar  ham  bu 

kashfiyotdan  nima  naf chiqishini tanqidiy muhokama  qilib, uni behuda izlanishga 

tenglashtirishgan edi. Holbuki, hozirda kundalik foydalanayotgan barcha texnologik 

vositalar  -  smartfonlardan  tortib,  siz  hozir  foydalanib  turgan  kompyuterlar  va 

internet bog‘lanishigacha - hamma-hammasi o‘sha Maksvell nazariy kashf qilgan va 

Gers  amaliy  isbotlagan  bilimlar  mahsulidir.  Xat-xabar  almashinuvi  oddiy  qog‘oz 

xatlar  vositasi  kechgan  davrlarda  odamlar  o‘zlari  uchun  muhim  bo‘lgan  xabar 

haqida  15-20  kunlab  keyin  bilishar  edi.  Qit'alararo  aloqa  esa  oylab  cho‘zilardi. 

Elektromagnit  to‘lqinlardan  foydalanishga  o‘tish  orqali  esa,  avvaliga  telegraf 

vositasi  dunyoning  istalgan  joyidan  turib,  istalgan  boshqa  joyga  arzimagan 

daqiqalarda xabar yetkazish imkonli bo‘ldi. Endilikda esa, siz narigi yarimshardagi 

tanishingizni biror narsadan xabardor qilib qo‘yishingiz uchun qandaydir soniyalar 

kifoya qilmoqda. Bularning hammasi, o‘z vaqtida shunchaki nazariya deb qaralgan 

Maksvell ilmiy ishlarining mahsulidir. 

Nobel-2016 sohiblari - Kosterlits, Tauless va Xoldeynlarning ham ilmiy ishlari, 

ya'ni,  nazariyalari  endilikda  XXI-asr  kompyuter  texnikasi  sohasida  yangi  inqilob 

yasashi kutilmoqda. 

Ko‘pchiligimiz  maktab  fizika  darslaridan  yaxshi  bilamizki, atom  ichida, 

aniqrog‘i  uning  markazida  yadro  mavjud  bo‘lib,  ushbu  yadroning  atrofida 

elektronlar  aylanadi.  Har  bir  elektronning  orbital  joylashuvi  turli  energetik 

darajalarga mos keladi. Ko‘p sonli atomlar o‘zaro birlashib, natijada yaxlit holdagi 

qandaydir  materiyani  shakllantirganida,  ushbu  materiyaga  birlashgan  har  bir 

atomning energetik pog‘onalari o‘zaro uyg‘unlashib elektron hududini tashkil qiladi. 

Bu  hududni  elektronlarning  energetik  hududi  deb  yuritiladi  va  ushbu  hududda 




 

muayyan  miqdordagi  elektronlar  uchun  joy  mavjud  bo‘ladi.  Shunday  har  bir 

energetik hududlar oralig‘ida, elektronlar harakatlana olmaydigan (o‘ta olmaydigan) 

oraliq to‘siqlar turadi. 

Masalaning amaliy ahamiyatiga kelsak, bu nazariyaning amalda qo‘llanishga 

o‘tilishi,  elektr  energiyasi  iste'mol  qilish  orqali  ishlaydigan  texnik  va  texnologik 

jihozlarning keyingi taraqqiyotiga, masalan, aytaylik kompyuter sohasiga nihoyatda 

katta  ta'sirga  ega  bo‘ladi.  Muammo  shundaki,  zamonamizning  kompyuter  va 

internet  zamonasi  ekanligi  haqidagi  har  qanday  balandparvoz  shiorlarga  ters 

ravishda,  ushbu  kabi  texnika  vositalarining  energiya  iste'moli  nuqtai  nazarida 

nihoyatda  qo‘pol  va  samarasiz  ekanini  ko‘pchilik  tan  olgisi  kelmaydi.  Oddiy 

kompyuter  va  yoki  noutbuk  iste'mol  qilayotgan  elektr energiyasining  katta  qismi, 

uning ichki elektronikasi va o‘tkazgich simlari tayyorlangan metallarning qarshiligi 

sababli  yuzaga  keladigan  issiqlik  ajralib  chiqishi  jarayonini,  ya'ni,  detallarning 

qizishini  bartaraf  etish  uchun  sarflanadi.  Shu  sababli  ham  kompyuteringiz  keysi 

ichida  sovutgich  parraklar  (kuler)  muttasil  aylanib,  shovqin  ham  chiqarib  turadi. 

Shunchaki ushbu qizish orqali kelib chiqadigan qo‘shimcha elektr energiya iste'moli 

muammosini  bartaraf  etilsa,  barcha  elektronika  texnik  vositalarini,  nafaqat 

kompyuterlarni,  balki,  boshqa  ko‘plab maishiy  texnika  va  sanoat  dastgohlarining 

energiya  tejamkorligi  va  energiya  samaradorligini  chandon-chandon  orttirish 

mumkin.  Bu  esa,  sovitish  uchun  sarflanayotgan  energiyani  tejashdan  tashqari, 

sanoatda  sovitish  maqsadlarida  qo‘llanadigan  maxsus  vositalar  (xladagentlar) 

tufayli  atmosferaga  tashlanadigan  zararli  gazlar  (uglerod  oksidlari,  freonlar) 

miqdorining  kamayishiga  xizmat  qilishi  muqarrar.  Bundan  tashqari,  oddiy 

akkumulyatorlar va batareykalarni ham yanada samarador ishlaydigan va uzoqroq 

muddat xizmat qiladigan qilib tayyorlash imkoniyati ochiladi. o‘ylaymanki, bunday 

topologik materiallardan keng ko‘lamda foydalanishga o‘tilishi yaqin o‘n yilliklar 

ichida real voqe'likka aylanadi. Chunki, hozirning o‘zida jahonning yetakchi ilg‘or 

ilmiy  dargohlarida  bunday  topologik  materiallarni tayyorlash  borasida  allaqachon 

amaliy  tajribalar  boshlab  yuborilgan.  Hozircha  olimlarning  diqqat  markazida 

kadmiy  telluriti  va  simob  telluriti  asosidagi  materiallar  turibdi.  Tajribalarda 



 

muayyan  muvaffaqiyatlar  qayd  etilgani  ham  xabar  qilinmoqda.  Lekin,  bu  borada 

aniq xulosalar chiqarishga hozircha biroz erta. 

Dunyo  bo‘ylab  axborot  hajmi  kundan-kunga  ortib  bormoqda.  Statistikaga 

ko‘ra, raqamli formatdagi axborot hajmining o‘zi yiliga 30% ga ko‘paymoqda ekan. 

Yana  o‘sha  statistikada  qayd  etilishicha,  oxirgi  5  yil  ichida  insoniyat  tomonidan, 

undan  avvalgi  butun  tarix  mobaynida  ishlab  chiqarilgan  axborot  hajmidan  ko‘ra 

ko‘proq  axborot  ishlab  chiqarilgan  emish.  Nima  bo‘lganda  ham,  qachonlardir 

shunchaki ko‘l bo‘lgan va keyinchalik “axborot dengizi”ga aylangan informatsiya 

yig‘indisi,  endilikda  allaqachon  “axborot  ummoni”ga  aylanib  bo‘lgani  ham inkor 

etib  bo‘lmas  haqiqatdir.  Boz  ustiga,  zamonaviy  dunyoda  -  paypoqdan  tortib,  kir 

mashinagacha bo‘lgan - deyarli hamma narsa internetga ulanmoqda. 

“Internet  buyumlar” degan  atama  so‘nggi  yillarda  bot-bot  quloqqa 

chalinayotgani  aynan  shu  tendensiya  mahsulidir.  Ya'ni,  maishiy  turmushdagi 

mayda-chuydalardan tortib, yirik ijtimoiy obyektlargacha bo‘lgan narsalar hammasi 

bir-biri bilan va odamzot bilan internet orqali ma'lumot almashib turadigan zamona 

keldi. Bu esa, har lahzada dunyo bo‘ylab o‘ta ulkan hajmdagi yangi-yangi axborot 

hajmi paydo bo‘layotganini bildiradi. Tahlilchilarning fikricha, yaqin 5-10 yil ichida 

dunyo  bo‘yicha  internet  narsalarga  ulangan  buyumlarning  soni,  internetdan 

foydalanuvchi odamlar sonidan o‘sib ketar ekan... 

Bunisi-ku  mayli.  Yaxshilikka  harqalay.  Chunki,  alal-oqibat, internet-narsalar 

siz bilan mening turmushimizni yanada farovonlashtiradi. Aytaylik, ayollarimizning 

allaqachon ishxonaga yetib bo‘lib, birdan miyasiga uradigan “dazmolni o‘chirmay 

chiqqan  bo‘lsam-a???”-  qabilidagi  vahimali  xayollariga  o‘rin  qolmaydi.  Internet-

narsalar  safida  bo‘lgan  dazmolingizni  o‘zini,  yoki,  uyni  elektr  tarmog‘idan 

masofadan uzib qo‘yish bilan xavotirni bartaraf etish mumkin bo‘ladi. 

Lekin,  boshqa  muammo  yuzaga  chiqib  keladi:  jahonda  shu  darajada  ulkan 

hajmda kun sayin ortib boruvchi axborot hajmini qayerdadir saqlash; qayta ishlash 

va superyuqori tezlikda uzatish kerak bo‘ladi. 


Download 446.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling