15
II. Kvant shifrlash va teleportatsiyasi
Kvant zarrachalari, ayniqsa o‘zaro «bog‘lab qo‘yilgan» zarrachalar axborotni
maxfiy shifr bilan uzatish imkonini beradi va bunda shifr kaliti ham ushbu
zarralarning o‘zi bo‘ladi.
Kvant chigalligi bo‘yicha eng ilg‘or mutaxassislardan biri Anton Saylinger
2004-yilda «bir martalik bloknot» deb nomlanuvchi va tomoshabopligiga ko‘ra,
barcha laboratoriya tadqiqotlaridan ham dov beruvchi kvant tajribasini amalga
oshirdi. U Avstriya poytaxti Venada joylashgan Avstriya banki va Vena shahar
ma’muriyati orasidagi suvoqova tarmog‘idan 500 metrlik kabel o‘tkazib, uning
yordamida, kvant shifrlashni qo‘llash orqali, ma’muriyat fondidan bankdagi
universitet hisobraqamiga 3000 yevro o‘tkazib bergan.
Kvant teleportatsiyasida kvant obyekti haqidagi axborot chigallashgan
zarralar orqali uzatiladi va o‘qiladi. Bunda mazkur zarralar aloqa kanalining chetki
nuqtalari bo‘ladi.
Kvant teleportatsiyasi axborotni yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikda uzatish
imkonini bermaydi, chunki, bunda, avvaliga oddiy aloqa kanali orqali, narigi
tarafga teleportatsiya qanday qilinishi haqida yo‘riqnoma jo‘natish kerak bo‘ladi.
Lekin, shu bilan birga, kvant obyektining klonlanishi, ya’ni, aynan shunday
nusxasi hosil qilinishiga bo‘lgan ta’qiq o‘z kuchini yo‘qotadi. Kvant
teleportatsiyasida kvant obyekti haqidagi axborot bir nuqtadan boshqasiga
ko‘chirib o‘tkaziladi. Original esa yo‘q bo‘lib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |