Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti


  2.2 Kvant teleportatsiyasi


Download 446.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana02.01.2022
Hajmi446.63 Kb.
#196086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant

17 

2.2 Kvant teleportatsiyasi 

2012-yilning    qop-qorong‘i,  oysiz    tunlarining  birida    olimlar    Kanar  

orollarining  bir  nuqtasidan boshqasiga  kvant  teleportatsiyasini  amalga  oshirish 

bo‘yicha  rekord  o‘rnatishdi.  O‘shanda,  oraliq  masofa  144  km  ni  tashkil  qilgan. 

Bunda,  bir-biri  bilan  «ulab»  qo‘yilgan    fotonlardan    foydalanilgan    bo‘lib,    kvant 

chigalligi    tufayli,    ushbu    fotonlardan    istalgan    biriga  qilingan  tashqi  ta’sir, 

ikkinchisida ham shu zahotiyoq namoyon  bo‘lar  edi  va  bunda,  ular  orasidagi 

masofaning  umuman  hech  qanday  ahamiyati bo‘lmasdi.  Vena  universitetining  

Anton    Saylinger  boshchiligidagi    ilmiy    guruhi    juft    fotonlardan    birini  boshqa 

orolda  joylashgan    qabul  qiluvchiga  uzatdi  va  ushbu  juftlikdan,  boshqa  bir  kvant 

obyekti haqidagi axborotni  uzatish  uchun  aloqa  kanali  sifatida foydalandi. «Kvant 

teleportatsiyasi»  jumlasining  o‘zi  qandaydir    fantastika    janriga    oid    tarzda  

yangraydi. Shu sababli ham, 1993-yilda Charlz Bennet va uning hamkasblari  ushbu  

konsepsiyani  ommaga  oshkor qilishganida,  mazkur  g‘oya  darhol  ko‘pchilikni 

o‘ziga  jalb  etdi.  Hozirgi  davrda  esa,  kvant teleportatsiyasi  sohasi   –  axborot  

texnologiyalari  va telekommunikatsiyalar  uchun  yorqin  kelajak  va’da qilayotgan  

muhim  amaliy  tadqiqot  obyektidir. Hozirgacha olimlar kvant teleportatsiyasini bir 

necha turli  usullar  bilan  eksperimental  tarzda  uddalay olishdi.  Xususan,  kvant  

teleportatsiyasi  seziy  atomi bulutida va elektr zanjirlarida amalga oshirilgan. 


Download 446.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling