Toshkent amaliy fanlar universiteti Ta’limning «KREDIT-MODUL» tizimi - Kredit nima ? (ta’limda) •
- Kredit – bu, olingan bilimni qachon yoki qaerda olinganidan qatiy nazar, hisobini chiqarish va tan olish demakdir. Almashinuv birligi. •
- Modul – bu alohida individual o‘quv fani. O‘zida bilimga egalik qilish va kasbiy jihatlarini qamrab olgan bo‘lib, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturini o‘zlashtirish natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanishni nazarda tutadi.
- Kredit-modul o‘qitish tizimi har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi.
- • Ta’limning kredit tizimi talabaga yo‘naltirilgan o‘qitish, ta’lim berish va baholashning oshkoraligi tamoyiliga asoslangan bo‘lib, sinov birliklarini yig‘ish va ko‘chirib o‘tkazishdan iboratdir.
- 2022-23 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi barcha yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tdi. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
- ECTS (The European Credit Transfer and Accumulation System) – Evropa Kredit Transfer Tizimi • ECTS – Evropa Kredit Transfer Tizimi 1989 yilda asos solingan bo‘lib, Evropa davlatlari tomonidan ishlab chiqilgan, tekshirilgan va takomillashtirilgan kreditlarni taqsimlash tizimidir.
- ECTS tizimida talaba olgan bilimining bahosini bir davlatdan (OTMdan) ikkinchi davlatga (OTMga) erkin ko‘chishini, erishilgan ko‘nikma va malakasini erkin tan olinishini, pirovardida barchasini hisobga olib daraja (diplom) olishini nazarda tutuvchi tizimdir.
- ECTS tizimida ta’lim olishning barcha turlari (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) va o‘quv yuklamasining barcha ko‘rinishlari (ma’ruza, amaliyot, laboratoriya v.h) uchun qo‘llanilishi mumkin.
- 1 kredit odatda 30 akademik soatga teng.
-
- Kreditning 3 ta asosiy tushunchasi:
- O‘qituvchi bilan yuzma-yuz vaqt (contact hours) ;
- Talabaning sarflagan vaqti (student committed time);
- Bilim olish davri (learning time).
- Eslatib o‘tamiz, 1 soat auditoriya vaqti uchun talaba qo‘shimcha yana 1,5 soat uyda va kutubxonada o‘qishi zarur.
- Kredit-modulda baholash
- ECTS baholash:
- A-86-100- “a’lo”
- V- 81-85- “juda yaxshi”
- S- 71-80- “yaxshi”
- D- 60-70- “ qoniqarli”
- E- 55-59- “o‘rta qoniqarli”
- FX- 31-54 “qoniqarsiz”
- Kredit-modulda kreditlar faqat Joriy nazorat uchun quyiladi. Masalan, psixologiya nazariyasi va tarixi moduliga 12 kredit 360 soat ajaratilgan.
- 3- kredit-90 soat ma’ruza
- 2- kredit- 60 soat seminar
- 7- kredit- 210 soat MUSTAQIL TA’LIM.
- JORIY – 50 ball va YAKUNIY BAHO- 50 ball majburiy, ular kreditni yopish uchun kerak.
- SILLABUS- BU NIMA?
- Sillabus -talabani modulni o’zlashtirishi uchun o`zlashtirishi uchun zarur mavzular va topshiriqlar dasturidir. Dasturda ma’ruza, seminar mashg`ulot, Oraliq va Yakuniy nazorat savollari, baholash mezonlari aks ettirilgan.
Talaba mustaqil ishi (TMI) - Talaba mustaqil ishi (TMI) – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Talaba mustaqil ishi (TMI) - Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
- -maqsad anglash (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va h.k.), aniq asoslashi;
- -vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi va bajarishi;
- -ma’ruza matnini mustaqil ozlashtirish, bajarilgan topshiriqlar daftarini shakllantirish, uy vazifalari daftari tutish, test, krossvord, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlarni bajarish;
- -savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).
1-semestr uchun mustaqil ta`lim mavzulari - 1. Dastlabki davrlarda psixologiyaning rivojlanishi
- 2. O‘rta asrlarda psixologik fikrlarni rivojlanishi
- 3. XIX-XX asrlarda psixologiyaning rivojlanishi
- 4. Psixika haqida tushuncha
- 5. Ong va uning taraqqiyoti.
- 6. Faoliyatning psixologik tavsifi.
- 7. Shaxs haqida tushuncha. Shaxs borasidagi nazariyalar.
Siz qanday ishlarni amalga oshirishingiz kerak: - 1. 7 ta mavzu uchun 7 ta 12 varaqli davtar olasiz.
- 2. Mustaqil mavzuni o`zlashtirish uchun o`quv adabiyotini o`zlashtirasiz.
- 3. 7 ta mustaqil ta’lim mavzularini davtaringizga konspektlashtirasiz.
- 4. Har bir mavzuga 10 tadan test tuzasiz va davtaringizga yozasiz javobi bilan.
- 5. Har bir mavzuga 1 tadan krossvord tuzib uni ham davtaringizga yozasiz.
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |