Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Tarix yo’nalishi 1-kurs 106-guruh talabasi
Download 35.67 Kb.
|
Saydullayeva Iroda. 2-referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arab yozuvining paydo bo’lishi.
Topshirdi: Saydullayeva Iroda Qabul qildi: G'afurov Hamidulla Mavzu: Arab yozuvining paydo bo’lishi. Arab yozuvida o’tkazilgan islohotlar. Reja: Arab yozuvining paydo bo’lishi. Arab yozuvida o’tkazilgan islohotlar. Arab yozuvi turlarining shakllanishi. Arab yozuvining paydo bo’lishi. Arab yozuvi - Arab davlatlari, Osiyo va Afrikaning bir qancha boshqa tillari uchun ishlatiladigan yozuv tizimidir. U foydalanadigan mamlakatlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi eng koʻp qoʻllaniladigan yozuv tizimi boʻlib, foydalanuvchilar soni boʻyicha esa (lotin va xitoy yozuvlaridan keyin) uchinchi oʻrinda hisoblanadi. Bu yozuv dastlab arab tilida matn yozish uchun ishlatilgan, ayniqsa Islomning muqaddas kitobi Qur’on shu tilda nozil boʻlgan. Dinning tarqalishi bilan u koʻplab til oilalari uchun asosiy yozuv sifatida qoʻllanila boshlandi, bu esa yangi harflar va boshqa belgilarning bu til alifbosiga qoʻshilishiga olib keldi. Hali ham uni ishlatadigan tillar quyidagilar hisoblanadi: fors, malay, uygʻur, kurd, panjob, pushtu, urdu, kashmir boshqalar. 16-asrgacha bu yozuv baʼzi ispancha matnlar uchun asos boʻlib ham xizmat qilgan. 1928-yildagi til islohotidan oldin turk tilining yozuv tizimi hisoblangan. Ushbu yozuv oʻngdan chapga qiya uslubda yozilgan boʻlib, unda koʻpchilik harflar alohida turishiga, keyingi yoki oldingi harfga qoʻshilishiga qarab bir oz boshqacha shakllarda yoziladi. Biroq, asosiy harf shakli oʻzgarishsiz qoladi. Yozuvda katta harflar mavjud emas. Aksariyat hollarda harflar undoshlar va bir nechta unlilarni oʻz ichiga oladi, shuning uchun koʻpchilik arab alifbolari abjadlar boʻlib, sorani, uygʻur, mandarin va serb-xorvat kabi baʼzi tillar uchun ishlatiladigan alifbo hisoblanadi. Bu arab xattotligi anʼanasi uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi. Arab alifbosi nabatiy alifbosidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri suriy alifbosidan olingan boʻlib, ularning ikkalasi ham oromiy alifbosidan (yahudiy-ibroniy alifbosini ham paydo qilgan) olingan. Bu oʻz navbatida, Finikiya alifbosidan kelib chiqqan deb tavsiflanadi. Oromiy yozuvidan tashqari Finikiya yozuvi ham yunon alifbosini paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Miloddan avvalgi VI—V-asrlarda markaziy Iordaniyaning Petra shahri atrofiga shimoliy arab qabilalari koʻchib kela boshlashgan va ushbu hududda qirollikka asos solgan. Bu odamlar (hozirgi qabilalardan biri Nabatu nomidan Nabatiylar deb ataladi) arab tilining shevasi boʻlgan nabatiy arab tilida gaplashgan. Miloddan avvalgi II—I asrlarda Nabatiy alifbosining birinchi maʼlum boʻlgan yozuvlari oromiy tilida (bu aloqa va savdo tili boʻlgan) yozilgan boʻlsa-da, arab tilining ayrim xususiyatlarini oʻz ichiga olgan. Ular oromiy alifbosi shaklida yozganlar va u ikki shaklga boʻlingan: biri yozuvlar uchun („monumental nabatiy“ deb nomlangan) va ikkinchisi, koʻproq qiya, shoshilinch ravishda yozilgan va birlashtirilgan harflar bilan papirusga yozish uchun moʻljallangan[10]. Ushbu qiya shakldagi yozuv turi monumental shakldagi yozuvga tobora koʻproq taʼsir koʻrsatib, asta-sekin arab alifbosiga oʻta boshladi. Arab yozuvi - yozuv turi. Gʻarbiy Osiyo, Shim. Afrika mamlakatlarida qoʻllaniladi. Oʻngdan chapga tomon yoziladi va oʻqiladi. Arabistonda mil. 4-a. gacha amalda boʻlgan oromiy yozuvi asosida paydo boʻlgan. Hoz. Arab yozuvida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. A. yo. ning oddingi shakli kufiy yozuv deb atalgan. Furot daryosi yoqasida joylashgan Kufa sh. olimlarining bitiklari bunga asos boʻlgan. Arab yozuvida 12 ta yordamchi belgining kashf etilishi, harflarni birbiridan farq qildiruvchi nuqtalarning qoʻllanishi, ularning miqdori va joylashuvi, yaʼni ustki yoki ostki nuqtalar boʻlishining tayin etilishi bevosita Qurʼoni Karim bilan bogʻliq. Islomshunos olimlarning guvohlik berishicha, islom yuzaga kelib tarqalgunicha arablarda qoʻllanilgan yozuv hijoziy deb atalgan, uni qurayshiylardan Harb ibn Umayya oʻrgangan va oʻrgatgan. Bu ham aslida anboriy-himyoriy yozuv turi boʻlib, Hijozda tapqalgan Qurʼoni Karim ilk oyatlari shu yozuvda bitilgan. Abu Bakr sahifalari, Usmon musʼhaflari turli yordamchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan, unga juzʼlar, hiztlar va b. koʻrsatkichlar alomati qoʻyilmagan. Qurʼoni Karim va b. yozma asarlar kufiy yozuvda ham bitila boshlandi. Chunki bu yozuv oldingisiga qaraganda mukammal edi. Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Natijada mil. 688-y. da Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv (sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni (a, i, u) harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi. Ibn Xallikon A«t-tasʼhif» («Notoʻgʻri talaffuz») kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon musʼhaflarini oʻqishda davom etdilar. Iroqda notoʻgʻri talaffuz qilish kuchayib ketgandan soʻng, Hajjoj oʻz kotiblariga shakli oʻxshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar tayin qilishni buyurdi. Nasr ibn Osim bu vazifani oʻz zimmasiga oldi. Natijada, arablar hijriy 1-a. 2-yarmidan, yaʼni umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qoʻllay boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi. Arab alifbosi – amalda boʻlgan oromiy yozuvi asosida paydo boʻlgan. Hozirgi Arab alifbosida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. Arab alifbosining oddingi shakli kufiy yozuv deb atal-gan. Furot daryosi yoqasida joylashgan Kufa shahri olimlarining bitiklari bunga asos boʻlgan. Arab alifbosida 12 ta yordamchi bel-gining kashf etilishi, harflarni bir-biridan farq qildiruvchi nuqtalarning qoʻllanishi, ularning miqdori va joy-lashuvi, ya’ni ustki yoki ostki nuqtalar boʻlishining tayin etilishi bevosita Qur’oni Karim bilan bogʻliq. Islomshu-nos olimlarning guvohlik berishicha, islom yuzaga kelib tarqalgunicha ara-blarda qoʻllanilgan yozuv hijoziy deb atalgan, uni qurayshiylardan Harb ibn Umayya oʻrgangan va oʻrgatgan. Bu ham as-lida anboriy-himyoriy yozuv turi boʻlib, Hijozda tapqalgan Qur’oni Karim ilk oyatlari shu yozuvda bitilgan. Abu Bakr sahifalari, Usmon mushaflari turli yor-damchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan, unga juz’lar, hiztlar va boshqa koʻrsatkichlar alomati qoʻyilmagan. Qur’oni Karim va boshqa yozma asarlar kufiy yozuvda ham biti-la boshlandi. Chunki bu yozuv oldingisiga qaraganda mukammal edi.Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Nati-jada mil. 688 yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv 585(sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni (a, i, u) harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.Ibn Xallikon "At-tashif" ("Notoʻgʻri talaffuz") kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Ab-dul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon mushaflarini oʻqishda davom etdilar. Iroqda notoʻgʻri talaffuz qilish kuchay-ib ketgandan soʻng, Hajjoj oʻz kotiblariga shakli oʻxshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar tayin qilishni buyurdi. Nasr ibn Osim bu vazifani oʻz zimmasiga oldi. Natijada, arablar hijriy 1-asr 2-yarmidan, ya’ni umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qoʻllay boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi.Shunday qilib, hozirgi Arab alifbosining ilk koʻrinishi kufiy deb atalgan. 18 shakldagi hozirgi Arab alifbosi ustki va ost-ki nuqtalar va ularning soni bilan farq qiluvchi 28 harfdan iborat. Download 35.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling