Toshkent arxitektura-qurilish universiteti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
Ko‘pikblok aralashtirgich УБС-1000
Download 1.22 Mb.
|
Diplom Baxromov 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ishlaydigan idishning hajmi
- beton ishlab chiqaruvchining diametri
- Ogirligi: 1357 kg Vintli (Shnekli) konveyer
- Shnekli konveyer “Robus ST4000” xarakteristikasi
- Magistral diamerti
- Nishab burchagi
- Dvigatel quvvati, k W t
- Ogirligi, kg
Ko‘pikblok aralashtirgich УБС-1000
Ko‘pikblok aralashtirgich УБС-1000 texnik xususiyatlari:
Vintli (Shnekli) konveyer Vintli (shnekli) konveyer changsimon va mayda bo’laklarga bo’lingan yuklarni, maydalangan qirindini gorizontal yoxud qiya (20° gacha) tekislikda tashish uchun mo’ljallangan. Tez aylanadigan vintsimon konveyerlar yuklarni vertikal yo’nalishda ko’chirish uchun ishlatiladi. Vintli konveyer. Vint kuraklari 4 yaxlit, lentasimon va ayrim kurakchalar ko’rinishida ishlanadi. Vint aylanganda kuraklar yukni tarnov bo’ylab suradi. Bunday turdagi konveyerning asosiy kamchiliklari shundan iboratki, vint kuraklari tez eyiladi va energiya ko’p sarflanadi. Shnekli konveyer “Robus ST4000” xarakteristikasi:
1.9 Sement omborini hisoblash Ko‘pik qoruvchi sex va zavodlar sementlarni saqlash uchun silos turidagi omborxonalar bilan jihozlanadi. Ular alohida 5-10 m diametirli siloslardan tashkil topadi, sig‘imi 25-1500 t va undan ortiq, metall yoki temir-betondan tayorlangan. Mayda qurilmalar uchun sig‘imi 10-20t inventar siloslar qo‘llaniladi. Siloslar soni omborxonaning sig‘imiga qarab oshirib boriladi, qaysini o‘z vaqtida qabul qilingan hisobiy zahiraga va zavod quvvatiga nisbatan aniqlanadi. Qoida bo‘yicha mo‘ljallangan sement zahirasi korxonaning 5-10 kecha –kunduzlik talabidan kelib chiqib, qabul qilinadi. Siloslar bir, ikki va bir qancha qatorlarga joylashtiriladi. Sement omborga turli transport vositalari yordamida kelib tushishi mumkin: maxsus avtomobillar (avtotsement tashuvchi, ko‘tarilib tushiruvchi sement tashiydigan), sement tashuvchi vagonlar, oddiy yopiq vagonlarda. [3]. Bizning mamlakatimizda sementning asosiy qismi iste’molchiga temir yo‘l vagonlari – sement tashuvchi vagonlarda yoki avtotsement tashuvchi vositalarda jo‘natiladi. Sementovozlarda sement tashilganda (ortish va tushirishdagi yo‘qotish hisobga olinganda), oddiy yopiq vagondagiga nisbatan yo‘qotish va o‘rtacha tahminan 10 marta kam, ochiq harakatlanadigan sostavga nisbatan taxminan 40 marta kam. Temir yo‘l sement tashuvchilar bunker turida va 60 t yuk ko‘taruvchi sisterna ko‘rinishida bo‘ladi. Bunker turidagi sement tashuvchidan sement lyuk orqali omborning qabul qilish moslamalariga o‘z oqimi bilan tushiriladi. Sisterna – sement tashuvchilardan sement siqilgan havo yordamida tushiriladi. Yopiq oddiy temir yo‘l vagonlaridan sementni tushirishda pnevmatik yoki mexanik tushiruvchilardan foydalaniladi. Mexanik tushiruvchilar (mexanik kuraklar) ishlatilganda qo‘l mehnati, ko‘p sarflananishi, sement yo‘qotishi bilan bajariladi va ishchilar uchun zarur sanitar sharoitlar bilan ta’minlanmaydi. Pnevmatik usul bilan tushirish anchagina takomillashgan. U harakatlanayotgan havo oqimida muaqqat zarrani surilishiga asoslangan. Bu usul sement germetizatsiyalanib yo‘qotish bo‘lmaganligi, ish sharoiti yaxshilanganligi, kompaktligi va to‘liq mexanizatsiyalashganligi bilan xarakterlanadi. Silosli sement omborlari mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Avtomatlashtirilgan sement omborlari anchagina qulay, hamma jarayonni boshqarish avtomat tarzda bajariladi. Avtomatlashtirilgan ombor tarkibiga qabul qiluvchi bunker, silos banka, filtr, kamerali nasos yoki vintli tushiruvchi, tarqatuvchi pnevmatik moslama, sement o‘tkazuvchi, bajaruvchi mexanizm, siqilgan havodagi moy va namlikni tozalovchi sistemalar va avtomat boshqaruvchi sistemalar kiradi. Ombor sig‘imini aniqlash uchun sementning hisobiy miqdorini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: Nsem= Mh S Zs 1,04 / 0,9 S2 = 1,04/0,9 262= 95 t bu erda, Mh – korxonaning yillik mahsuldorligi, m3; Zs – ombordagi sement zahirasi, sutka; 1,04 – yuklash – tushirish va transport operatsiyalarida sementning mumkin bo‘lgan yo‘qotish koeffitsienti; 0,9 – sement saqlash uchun silosni to‘ldirish koeffitsienti; S2 – yildagi ish kunlari soni; S – 1m3 mahsulot uchun sementning o‘rtacha sarfi, t. Sement omborini sig‘imini normativ hajmga yaqin olamiz, ya’ni 260 t. Siloslar sonini 4 ta olamiz. Har bir silosning sig‘imi: Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling