Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilishni boshqarish fakulteti «qurilishda menejment» kafedrasi
Download 231.29 Kb.
|
G\'ulomova Laylo Kurs ishi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining maqsadi: Qurilishni boshqarishda axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligining nazariy asoslari o’rganib chiqish va u asnosida qurilish korxonalari samaradorligini oshirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining ishining vazifalari: qurilishda menejment jarayonini axborot bilan ta'minlash tushunchasi va texnikasi tasnifi qurilishni boshqarishda axborotli xizmat ko‘rsatish qurilishni boshqarishda axborot xizmat hujjatlari Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I-BOB. QURILISHNI BOSHQARISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING NAZARIY ASOSLARIMenejment jarayonini axborot bilan ta'minlash tushunchasi va texnikasi tasnifi Axborot atamasi lotincha so‘z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo'lish ma’nosini bildiradi. Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish uchun zarur m a’lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas. Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi. Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat. Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish lozim. Kelib chiqish manbasiga bog'liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo'linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi. Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakllanib, iste’mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqidagi axborotlar kiritilishi mumkin. Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axborot turlariga bo'linadi. Boshlang'ich axborot doimo menejment tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo'nalishda harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ishash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi bo'yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'Iish mumkin. Barqaror axborot uzoq muddat davomida o'z ahamiyatini o'zgartirm aydi (korxona, uning bo'linmalari nomi, mahsulot turi). Shartli-barqaror axborotning ahamiyati ma’lum muddat davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli m e’yor va m e’yoriy hujjatlar (moddiy, mehnat sarfi, ta ’riflar me’yorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona bo'yicha umumiy axborotning 35% dan ko'pini tashkil etadi. O'zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari o'zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi. Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang'ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi. Axborot yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib, u menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon bo'ladi. Axborot to‘g‘ri, aniq, o‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo'lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo'lishi lozim. Korxonani axborot bilan ta’minlash to‘g‘ri aloqalar ko'rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi. Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha yetadi, bu o'rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko'rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo'ladi: - maqbul axborot tizimini ishlab chiqish; - axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish; - axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash; - axborotni saqlash va izlashni tashkil etish; - axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Bu yo'nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig'ish va qayta ishlashning yagona um um davlat tizim ini yaratishni ta’minlashi zarur. Axborotlar yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Menejment obyektining qandaydir bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoliyat yuritushuning muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi. Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo'lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbasidan u iste’mol qilinishi joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo'yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo'lda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. Ikkinchi guruhga axborotni to'plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng qo'llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi guruhga m a’lumotlarni majmuiy mexanizatsiya vositasi bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo'llab qayta ishlash va to'plash qo'llanilgan axborot tizimlari kiradi. Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash siklining avtomatlashtirilgan axborot tizimi to'rtinchi guruhni tashkil etadi. Axborotni qayta ishlashda qo'llaniladigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT quyidagi vazifalarni bajaradi: - axborot qabul qilish; - axborotni qayta ishlash; - axborotni saqlash, yig'ish; - boshqaruv tashkilotiga axborot berish; - ijrochilarga buyruq uzatish. Ilg'or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga asoslanishi lozim: - korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning asosiy yo'nalishlarini o'rganish; - axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chiqish; - zarur axborot hajmi va mazmunini aniqlash; - axborot to'plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalami aniqlash; - axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish; - axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash; - korxonada qo'llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini yaratish; - axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish qulay bo'lishi uchun standart ma’lumotlarni loyihalashtirish; - loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga solish va rasmiylashtirish. Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimli yondashish asosida majmuiy tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga ma’lumotlarni qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi zamonaviy kompyuterlar, inson mashina tizimini har tomonlama qo'llash asosida loyihalashtirish mumkin. Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menejment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo'lsa, menejment texnologiyasi, menejment mehnatini tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bo'ladi. Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini takomillashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib EH M va kompyutergacha bo'lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari. Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko'chirish, ko'paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat ko'rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Menejment mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so'nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg‘ich) o'rnini to‘liq bosa olmaydi. Qulay, oddiy, chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir. Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu, avvalo, yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo'yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o'lchov vositalari, ko'chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, AS, rahbar va dispetcher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), menejment mashinalarida qo'llaniladigan axborot uzatuvchilar (disklar, qog'oz). Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va ma’lumotlar majmuidir. Axborotsiz menejment bo'lmaydi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi bog'liqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir. Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan menejment tizimlarini o'z ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va uning ma’nosi axborot xizmatlariga bog'liq. Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak. Jamiyat turli tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik kishilar o‘zlarining butun hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langanlar. Ammo tashkilotning o‘zi nima va bu tashkilot uchun qaysi umumiy alomatlar xosdir? Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma’lum maqsadlarga erishish uchun birlashgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin. Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak: — hech bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsning mavjud bo‘lishi; — hech bo‘lmaganda, guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul qilgan bir maqsadning mavjud bo‘lishi; — maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining mavjud bolishi. Alohida, xususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bo‘lgan maqsadlar hamda tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir. Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi: — tashqi muhitdan resurslarni olish; — mahsulotni ishlab chiqarish; — uni tashqi muhitga topshirish. Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdir. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishiga qaratilgan belgilanish bilan asoslanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u o‘z maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi, muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini o‘ynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak bo‘lganda, uni o‘zgartiradi. Boshqaruv tashkilotda o‘tayotgan vazifaviy jarayonlarga rahbarlikni amalga oshiradi. Gap shundaki, har qanday tashkilotning faoliyati ko‘p sonli turli jarayon va jarayonchalardan tashkil topadi. Bunda jarayon va jarayonchalarning har bir guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish bo‘yicha ishning alohida turi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan mustaqil uchastkalari bo‘lib, ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida obyektiv xarakterga ega bo‘lgan jarayon sifatida ajralib turadi. XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri Ch.Bernardning fikriga ko‘ra, odamlarni tashkilotlarga birlashtirish va ular doirasida o‘zaro hamkorlik qilishga har bir kishiga alohida holda xos bo‘lgan jismoniy va biologik cheklanishlar undaydi. Tashkilotda odamlar bir-birlarini to‘ldiradilar, o‘z qobiliyatlarini vujudga keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda kuchli qiladi. Eng soddasi, chamasi, ibtidoiy to‘da bolgan, tashkilot birlashmasida odamzodning yashab qolishi va sivilizatsiyani yaratishi mumkin bo‘lmagan. Tashkilot faoliyat yuritishi asosida quyidagilardan tashkil topgan sinergetik (hamkorlikdagi harakatning) samara yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning o‘zaro bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari va to‘ldirishiari bilan asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a’zolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlardan yo‘qotishlarni qoplaydilar. Bunda sinergetik samara ham m adan avvalo quyidagilar hisobiga tashkil topadi: — xodimlar va bo‘linmalar mehnati taqsimlanishi va ixtisoslashishi; — tashkiliy korporativ madaniyatning shakllanishi; — xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan yaxshiroq foydalanish; — birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular bilan manevr qilish; — har bir kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi va lavozimini tanlab olish, ulardan har birining bilimi va kasbiy ko‘nikmalaridan yaxshiroq foydalanish; — turli kishilarning tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (bo‘linma)da birlashtirish va h.k. Shu bilan birga kishilarni tashkilotga birlashtirish hamma vaqt ham sinergetik samarani olishni kafolatlamaydi, ba’zida esa salbiy samara beradi. Tashkiliy uyushmaganlik buning asosiy sababi bo‘ladi. Tashkilot, kunlarning birida vujudga kelib, uni tashkil qilgan kishilar bilan ma’lum munosabatlarga kirib, ko‘proq darajada, ba’zida esa butunlay ularga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi. Uning doirasida odamlar tashkilotdan uni tashkil etishda maqsadga erishish uchun foydalanadilar. Xususan, tashkilot ularga qiziqarli, muhim, obro‘li faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini berishi, kerakli axborotlar bilan ta’minlashi, kerakli huquqlar, mustaqillik, hukmronlikni berishi, xavfsizlik va ijtimoiy himoyalanganlikni kafolatlashiga umid qiladilar. Tashkilot o‘z navbatida, o‘z tomonidan birlashtirilgan kishilarning imkoniyatlaridan o‘zini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi. Shuning uchun o‘z a’zolaridan ma’lum tajriba, bilimlar, malakalari mavjudligi, ishlarda faol ishtirok etish, ijrochilik, javobgarlik, intizomlilik, o‘rnatilgan qoida va xulq me’yorlariga bo‘ysunish, o‘z maqsadlari va boyliklarini taqsimlashlarini kutadi. Ideal holda inson va tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak, ammo muvozanat u yoki bu tomonidan suiiste’molliklar natijasida buzilishi mumkin, bunda yo tashkilot kishilarni kichkina vintchalar darajasiga tushiradi yoki kishilar tashkilotdan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanadilar va shu bilan uning salohiyati va obro‘siga putur yetkazadilar. Shuningdek, boshqa holda ham natija bir xil bo‘ladi. Tashkilot kuchsizlanadi va o‘z vazifalarini me’yorida bajarishdan to‘xtaydi. Tashkilot a’zolari erishishga harakat qiluvchi maqsadning mavjudligi uning muhim alomati hisoblanadi. Maqsad ularni birlashtiradi va jipslashtiradi, tashkilotning mavjud bo‘lishiga m a’no, uning harakatlariga aniqlik, aniq yo‘nalish beradi. Maqsadsiz tashkilot bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas, chunki odamlar o‘z faoliyatlari erkinligini oddiygina yo‘qotish va o‘zlari ichlaridan rozi bo‘lmagan umumiy talablarga bo‘ysunishga rozi bo‘lmaydilar. Shuni nazarda tutish kerakki, tashkilotning maqsadlariga faqat kuchlari va qobiliyatlarini birlashtirilishi kerakli hosillarni beruvchi, ishtirokchilarning ba’zi bir «jiddiy» soni mavjudligidagina erishish mumkin. Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo‘ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarning mavjudligi ta ’minlaydi. Bu chegaralar «shaffof» yoki «noshaffof» devorlar ko‘rinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va cheklashlarga asoslangan «ideal» bo'lishlari mumkin. Tashkilot faoliyatini o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish uning muhim alomati bo‘ladi, u qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. « O‘zini o‘zi boshqarish» atamasi o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi. Tashkilotlarning o‘zini o‘zi boshqarishi asosida ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi. Tashkilotning yashash davrini ko‘rib chiqish mumkin. Birinchi bosqich — tashkilotning tashkil etilishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar — bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko'proq foyda olishdir. Ikkinchi bosqich — tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi — qisqa muddatli foyda va jadal o‘sish. Asosiy vazifa - bozorning bir qismini qamrab olish. Uchinchi bosqich — tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar bo‘yicha samaradorlikning oshishidan iborat bo‘ladi. Eng muhim vazifa — korxonaning obro‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. To‘rtinchi bosqich — tanazzul, tashkilotning eskirishi. Raqobat va bozorning qisqarishi natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabning kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud o‘rinlarni saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Tashkilot hayotining yana bir bosqichini ajratish mumkin. Tashkilotdagi ishlarning holati va menejmentning xulqiga ko‘ra quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin; tashkilotning qaytadan tiklanishi yoki uning tugatilishi. Ko‘pgina hollarda tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan tiklashdan iborat bo‘ladi. Bunda tashkilot faoliyatini o‘zgartirish, uni qayta tashkil etish va innovatsiyalarni tatbiq etish asosiy vazifa hisoblanadi. Bozor tom onidan o‘zini o‘zi boshqarish bozor xo‘jaligi subyektlarining mehnat jam oalarini tashkil etuvchi mulk egalari, tadbirkorlar, menejerlar, yollanma xodimlarga yangicha ijtimoiy stratifikatsiyalanishi (bo‘linishi)ni va shunga ko‘ra, mulk egasining o‘zini o‘zi boshqarishi, tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishi, menejerning kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasi a’zolarining o‘zini o‘zi boshqarishini ko‘zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan boshqaruv vazifalarining taqsimlanishi ko‘pgina omillarga bog‘liqdir. Avvalo har bir subyektning imkoniyatli (xos bo‘lgan) vazifalarini ajratish kerak. Masalan, mulk egasi uchun — egalik qilish, foydalanish, boshqarish vazifasidir. Mulk egasining dastlabki boshqaruv munosabati bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarishiga ko‘ra uning mulki vazifa sifatida bo‘ladi, uni u to‘liq hajmda yoki qisman bajarishi mumkin. Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining mustaqil subyekti sifatida sarmoya — mulkni sarmoya — vazifadan ajralish natijasida paydo bo‘lgan, buning oqibatida mulk egasi va tadbirkorlar bir-birlariga nisbatan avtonom bo‘lib qolganlar (mulk egasi — tadbirkor, tadbirkor esa mulk egasi bololmasligi mumkin). Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining asosiy arbobi sifatida, o‘z nomidan, o‘zining tavakkalchiligi va javobgarligi ostida foyda olish uchun bozorni tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishga qaratilgan tashabbusli faoliyatni tashkil qiladi. Menejment va uning subyekti — menejerni har tomonlama ta’riflash mumkin. Birinchidan, menejment va tashkilot davlatniki bo‘lsa ham, davlatga emas, balki tadbirkorlik tuzilmasi (tashkilot)ga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur. Ikkinchidan, menejmentning, turli bilimlarni talab qiluvchi, kasbiy yo‘lantirilganligi ajratiladi. Uchinchidan, menejment boshqaruv tamoyillari, vazifalari, usullari va shakllarining yig‘indisi sifatida bo‘ladi. Menejer tashkilot faoliyati samaradorligi uchun javob beradi va buning uchun tegishli daromad oladi. M ehnat jamoasining boshqaruv faoliyati sohasi hammadan avval mehnat munosabatlari va ish sifatini tekshirib oladi. Xodimlar tomonidan bajariladigan boshqaruv vazifalari doirasi ularning rivojlanganlik darajasi, ijtimoiy hamkorligi, malakasi, shaxsiy sifatlari va boshqa omillarga bog‘liq. Shuni ta’kidlash joizki, mulk egasi — tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishi, menejerni kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasining o‘zini o£zi boshqarish o‘rtasidagi chegaralar shartli va harakatchandirlar. Tadbirkor, menejer, xodimlar tashkilotning aksiyasi yoki payi (ulushi)ni xarid qilib, uning birgalikdagi egasi bo‘ladilar. Bunda mulk egasi, tadbirkor, menejer, mehnat jamoasi a’zosi vazifalarini ma’lum darajada bunday birlashishida ularni bir vaqtdagi chegaralanishlari birmuncha samaraliroq bo‘ladi. Tashkilotning bevosita va kundalik boshqaruvida menejerlar va, ayniqsa, ularning yuqori darajasi muhim rol o‘ynaydi. Bunda mulk egasining o‘zini o‘zi boshqarishi dastlabki boshqaruv munosabati bo‘ladi. Zamonaviy tashkilotlar turli-tumanligi bilan ta’riflanadi va ma’lum alomatlar bo‘yicha bo‘linadi. Masalan, shakllantirish alomatlari asosida quyidagilarga ajratiladi: — rasmiy tashkilotlar, ular aniq qo‘yilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar, tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhga biznesning barcha tashkilotlari, davlat va xalqaro institut va idoralar kiradi. Ushbu o‘rganishning predmeti asosan rasmiy xo‘jalik tashkilotlari yuridik shaxslardan iboratdir; — norasmiy tashkilotlar, ular aniq ma’lum maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz faoliyat yuritadilar; ularga oila, do‘stlik, odamlar o‘rtasidagi norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi. Foydaga munosabat bo‘yicha korxonalar tijorat va notijoratlarga bo‘linadi. Birinchilar o‘z faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni mo‘ljallaydilar, ikkinchilari foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashga harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik faoliyatini, agar ularni tashkil etish maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa va ushbu maqsadga mos kelsa, amalga oshirishlari mumkin. Ishlab chiqarishning turli sektorlarida ishtirok etish bo‘yicha tashkilotlar to‘rtta turga bo‘linadilar, ularning har biriga texnologik davrdagi o‘zining o‘rni bo‘yicha bir turdagi bo‘lgan bir necha sohalar kiradi: — xomashyoni olish bilan shug‘ullanuvchi birlamchi davra sohalari o‘z ichiga qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, ko‘m ir sanoati va h.k. oladi; — ikkilamchi davra sohalari tarkibiga qayta ishlovchi sanoat, masalan, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k. korxonalar va tashkilotlar kiradi; — uchlamchi davra sohalari korxonalari va tashkilotlariga birinchi va ikkinchi sektor sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zarur xizmatlarni ko‘rsatuvchilar kiradi. Bular banklar, sug‘urta kompaniyalari, ta’lim muassasalari, turistik vakilliklar, chakana savdo va boshqalardir. Inson faoliyatining ilg‘or va tez rivojlanayotgan sohasi axborot texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va institutlar bu to‘rtinchi davra sohasidir. Bu sektor nisbatan yaqinda shakllangan, am m o uning aham iyati va salohiyati butun dunyoda katta va murakkab tizim larni boshqarishda axborotlarning roli o‘sgani kabi shiddat bilan rivojlanmoqda. Tijorat va notijorat tashkilotlar faoliyatini am alga oshirilishi uchun tashkiliy-huquqiy shakllar quyidagilar: unitar korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari va o‘rtoqliklar, m atlubot kooperativlari, fondlar va boshqalar. Faoliyat turlari bo‘yicha. Faoliyat turi m ahsulotlar (tovar va xizm atlar)ning bir turdagi majmuasi olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. Faoliyatning bir turi bitta oddiy jarayon (masalan, to‘qim achilik)dan tashkil topishi yoki bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin. Download 231.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling