Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilishni boshqarish fakulteti «qurilishda menejment» kafedrasi


Tashkilotlar rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar va ularning yangi turlari


Download 231.29 Kb.
bet6/20
Sana06.04.2023
Hajmi231.29 Kb.
#1329902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
G\'ulomova Laylo Kurs ishi 1

1.3 Tashkilotlar rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar va ularning yangi turlari
Boshqaruv mehnati – bu axborot va odamlar bilan ishlashdir. Shuning uchun qurilish ishlab chiqarishini boshqarishda axborotga tayanadilar. Axborot-bu odamlar orasida aloqa vositasini hamda tashqi muhit boshqaruv va boshqariluvchi tizimida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida xabar, har xil ma’lumotlar yig‘indisini tashkil etadi. Axborotsiz boshqaruv maqsadini aniqlab bo‘lmaydi, vaziyatga baho berilmaydi, qaror qabul qilib uni bajarilishini nazorat qilib bo‘lmaydi.
Axborot quyidagilarga bo‘linadi:
1. Manbalarni qabul qilish bo‘yicha: - ichki; - tashqi.
2. Boshqaruv tizimosti bo‘yicha: - iqtisodiy; - texnik; -tashkiliy; - ijtimoiy.
3. Mazmunni tavsifi, turi bo‘yicha: - xabardor qiluvchi; - idora qila oladigan, boshqara oladigan.
4. Boshqaruv jarayonidagi mavqei (roli) bo‘yicha: - hisobotli; -rejali; - hisobchilik; - moliyaviy; - moddiy; - nazoratli-taftish.
5. Vaqt bo‘yicha: - doimiy; - o‘zgaruvchan; - tezkorlik; - oldindan bilish; - qat’iy belgilash.
6. Axborot bilan ishlash tavsifi bo‘yicha: - statistik; -moliya-texnologik; - rejaviy-iqtisodiy; - tezkorlik-ishlab chiqaruv.
7. Taqdim etish darajasi bo‘yicha: - sonli; - harfli; - o‘ziga xos raqam qo‘yish (kodlash).
8. Foydalanish imkoniyati bo‘yicha: - foydali; - ortiqli; - yolg‘onli (ishonchsizli); - yetarlimas; - xatoli.
9. Harakatli yo‘nalishi bo‘yicha: - chiqadigan, jo‘natiladigan; - kiruvchi, keluvchi. Axborot hujjatlashgan va hujjatlashmagan bo‘ladi. Hujjatlashgan-bunga aniq hujjatlarda axborotni kiritilishi kiradi. Hujjatlashmagani-odam esida saqlanadigan, odamlararo muloqot jarayonida beriladigan og‘zaki axborotdir.
I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) vazifalarini bajaruvchi xodimning o‘zi boshqaruvchi hisoblanadi.
II bosqich. Boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat) vazifalaridan ozod etilgan maxsus xodimni ajratish talab etiladi (master, seksiya mudiri);

Download 231.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling