Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilishni boshqarish fakulteti «qurilishda menejment» kafedrasi


Download 231.29 Kb.
bet7/20
Sana06.04.2023
Hajmi231.29 Kb.
#1329902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
G\'ulomova Laylo Kurs ishi 1

III bosqich. Boshqaruv bo‘yicha ishlar hajmi shunchalik o‘sadiki, boshqaruv xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish zarurati paydo bo‘ladi va to‘g‘ri chiziqli iyerarxiya vujudga keladi (sex boshlig‘i).
IV bosqich. Boshqaruv ishi hajmini bundan keyingi o‘sishi munosabati bilan boshqaruv xodimlarining alohida vazifalarini bajarish ixtisoslashishlari talab etiladi: reja tuzuvchilar, nazoratchilar va h.k. mutaxassislar paydo bo‘ladi.
V bosqich. Boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band bo‘lgan xodimlar soni ko‘payadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiqlashtirish zarurati vujudga keladi (taftish komissiyasi raisi).
VI bosqich. Boshqaruv faoliyatini rivojlanishi vazifaviy va to‘g‘ri chiziqli iyerarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruratiga olib keladi, u esa faoliyatning ixtisoslashgan turi bo‘lib qoladi (korxona direktori). Bu bosqichlar turli tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, bo‘linmalar ko‘rinishidagi ma’lum tashkiliy rasmiylashtirishga ega. Tashkilot (korxona)ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqarish tizim ini o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunish tartibida joylashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan holda faoliyat yuritish va uni rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan elementlarning tartibga solingan yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. Tashkilotda tuzilmalarning bir necha turlarini ajratish mumkin: texnologik, ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy, axborot, tashkiliy va h.k. Bunda oxirgisi alohida o‘ringa ega: u sinergetik samara olish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun elementlarning o‘zaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy yaxlitlikni yaratadi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida bo‘ladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi bazis sifatida boshqaruv tuzilmasini belgilab beradi. Boshqaruv vazifalari va tuzilmasi dialektik yaxlitlikda bo‘ladi. Yangi tashkilotni tashkil etishda vazifalar tuzilmalar (bo‘linmalar, lavozimlar)ni shakllantirish, ularga huquq-vakolatlar va javobgarliklarni biriktirish uchun asos bo‘ladi. Ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish va har tomonlama rivojlantirishda tuzilma vazifalar majmuasining ehtimol bo‘lgan o‘zgarishlari diapozoni (darajasi)ni belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Bunday tuzilma tubdan o‘zgartirilmaydi, ya’ni asosiy bo‘linma va lavozimlar saqlanib qolinadi. Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi va quyidagi omillar bilan belgilanadi:
— tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnologik, texnik jihozlari);
— tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o‘lchamlari (hajmlari) bilan;
— boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat) iyerarxik tuzilishiga mosligi bilan;
— boshqaruvning tashkil etish shakli bilan;
— tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan;
— boshqaruvning sohaviy va hududiy shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan (mahsulot, mintaqa bo‘yicha);
— xodimlar malakasining darajasi bilan;
— tashkilotning strategiyasi bilan;
— tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan;
— mahsulotning ta’minoti va sotilishini tashkil etilishi bilan;
— tashkilotni geografik joylashishi bilan va h.k.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni qo‘yish lozim:
— mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshqaruv tuzilmasini faoliyat yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, bir maromdalik talablariga mos kelishi kerak;
— tashkiliy tuzilma tashkilotni reja asosida rivojlanishiga yordam berishi kerak;
— tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat yuritishi uchun yetarlicha bo‘lishi kerak, bir darajadagi tarkibiy qismlar o‘rtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo‘ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradi va ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashadi, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish bo‘yicha harakatlari muvofiqlashishini ta’minlaydi. Aloqalar soni kamayishi tizimni faoliyat yuritishdagi barqarorligi va operativligi oshishiga olib keladi;
— tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat’iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ya’ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga muvofiq tez yo‘lga qo‘yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishi talablaridan biri bo‘ladi:
— tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur;
— tashkiliy tuzilma tashkilotda fan yutuqlari va ilg‘or tajribani tatbiq etishga ko‘maklashishi;
— tizim elementlari o‘rtasidagi hamda tizim va atrof-muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar aniq bo‘lishi;
— tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashi;
— tashkiliy tuzilma tashkilotning faoliyat yuritishi yuqori samaradorligini ta’minlashi kerak.
Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga olish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi tushunchalarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
— boshqaruvchanlik ko‘lami (M)
— bu ma’lum menejer yoki boshqaruv idorasining haqiqatdan ham bevosita qo‘l ostida bo‘lgan xodimlar bo‘linmalarining soni;
— boshqaruvchanlik me’yori (N)
Bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv texnikasi rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida ma’lum menejer yoki boshqaruv idorasiga bo‘ysunishi maqsadga muvofiq bo‘lgan xodimlar yoki bo‘linmalarning soni. Bu aslida boshqaruvning muvofiq ko‘lamidar. Bunda boshqaruvchanlik me’yori (N)ning boshqaruvchanlik ko‘lami (M)ga nisbatan iborat bo‘lgan boshqaruvchanlik koeffitsienti (Ku)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Ku=H/M
Ushbu koeffitsientlar boshqaruv subyektining boshqaruvchi qobiliyati va boshqaruv obyektining murakkabligi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Ku>l da boshqaruv subyekti salohiyatidan yetarlicha bo‘lmagan holda (kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham shunday.
Hozirgi vaqtda hujjatsiz boshqaruv bo‘lishi mumkin emas yoki usiz nazarda tutilmagan xarajatlar paydo bo‘ladi. Hujjatlar tashkilot faoliyatining moddiy va moliyaviy xarajatlarining to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilishga yordam beradi. Ishlab chiqarishni murakkablashishi axborotni ko‘payishiga olib keladi. bosmahonada mashina yozmasi.
Hujjat turlari quyidagicha bo‘ladi:
- buyruq;
- farmoyish;
- ko‘rsatma;
- yo‘riqnoma;
- bayonnoma;
- qaydnoma;
- xizmat xatlar;
- bildirishnoma;
- ma’lumotnoma va hokazolar.

Download 231.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling