Тошкент автомобил-йўллар институти Йўл қурилиш машиналари кафедраси


Download 5.4 Mb.
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi5.4 Mb.
#1775882
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu yangi

Ishlab chiqarish intensivligi (tezkorligi) tayyorlash takti va ritmi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish takti deb, davriy ravishda korxonadan maxsulotning donalab chiqib turish vaqt intervaliga aytiladi. Takt miqdori analitik usulda qo‘yidagicha hisoblanishi mumkin:
  • bu yerda F – korxonaning yil davomida ishlash vaqti;
  • D –bir yilda ishlab chiqariladigan maxsulot miqdori.
    • .
    • Maxsulotlarni ko‘plab (katta seriyada yoki ommaviy) ishlab chiqaruvchi korxonalarda har bir operatsiyani bajarish uchun ketadigan vaqt ishlab chiqarish taktiga teng yoki karrali bo‘lishi kerak, aks holda operatsiyalarning bajarilish sinxronligi buziladi.
    • Ishlab chiqarish ritmi – vaqt birligida ma’lum turdagi mxsulotning son yoki o‘lchamdagi ishlab chiqarilish maqdoridir. Ishlab chiqarish xajmi – belgilangan vaqt oralig‘ida ishlab chiqarilishni rejalashtirilgan mahsulot miqdori. Ishlab chiqarish dasturi - ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turi, hajmi va ishlab chiqarilishi muddatlari ko‘rsatilgan xujjat.
    • Ish o‘rni - ishlab chiqarish tarmog‘ining bir qismi bo‘lib, texnologik jarayonning tugal hajmidagi ishni bajaruvchilar, ular xizmat ko‘rsatadigan texnologik jihozlar yoki konveyerning ma’lum qismi joylashgan joydir
    • 3. Ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari
    • Ishlab chiqarish jarayoni va uning bosqichlari maxsulotning yaryatilish ketma-ketligiga mos bo‘ladi.
    • Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
    • - ishlab chiqarish vositalari va muhitini yaratish;
    • - material va yarim tayyor maxsulotlarni olish va saqlash;
    • - detallarga ishlov berish;
    • - yig‘ma birliklarini yig‘ish;
    • - maxsulotni umumiy yig‘ish;
    • - maxsulotni sinash va nazorat qilish;
    • - maxsulotni saqlash.
    • 4. Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash.
    • Shuni ham ta’kidlash lozimki yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlar bilan bir vaqtda material, detal, maxsulotlarni tashish, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnik nazorat qilish ishlari ham amalga oshirib boriladi.
    • Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash (muxitini yaratish) ishlari quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:
    • - texnik vazifani tuzish yoki olish;
    • - maxsulotni loyixalash;
    • - texnologik hujjatlarni tuzish;
    • - korxonani qurish va jihozlash;
    • - kadrlarni tanlash va joylashtirish;
    • - ta’minlash tizimini tuzish va ishlatish.
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling