Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet113/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Daraxt topologiyasi
Daraxtsimon topologiya - bir nechta yulduz topologiyalarining kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu topologiya passiv yoki faol kommutatorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashni ta’minlaydi. Daraxt har bir yuqori darajadagi tugunni yulduzlarning birlashmasidan tashkil etuvchi, past darajadagi yulduz shaklidagi tugunlar bilan bog‘langan tarmoqlarning topologiyasi. Bundan tashqari, daraxt ierarxik yulduz deb ham ataladi. Daraxt nomi grafik nazariyasidan kelib chiqqan. Daraxtning birinchi tuguni ildiz deb ataladi. Daraxtlar faol va passiv bo‘lishi mumkin. Faol daraxtlarda kompyuterlar tugun sifatida ishlatiladi, passiv daraxtlar esa kommutatorlarda ishlatiladi. Topologiya ko‘pincha mahalliy tarmoqlarni kichik hajmdagi qurilmalar bilan o‘rnatish uchun asosan korporativ kommutatorlarni yaratishda ishlatiladi. Daraxtsimon topologiya katta tarmoq bo‘lgani uchun, barcha kompyuterlar tarmoqqa yaxshi kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu, aslida, bir nechta kompyuterni bitta daraxtga ulashning eng samarali usuli hisoblanadi.

6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq
6.3. Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi
Telekommunikatsiya tarmog‘i klassifikatsiyasi
Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechta parametrlar bo‘yicha toifalanishi mumkin.
Tarmoq hajmi bo‘yicha:

shahar va milliy darajadagi tarmoq;

Kommutatsiya turi bo‘yicha:

  • Paketlikommutatsiyaasosidagitarmoq (masalan, TCP/IP, IPX/SPX, ATM, 3Gmobilaloqatarmog‘i);

  • Kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoq (1G va 2G mobil aloqa tarmog‘i, UfTT);

  • Aralash turdagi tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa tarmog‘i).

Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha:

  • Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25, Frame Relay, ATM tarmog‘i UfTT);

  • Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP,

IPX/SPX);

  • Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha.

Tarmoq orqali aloqani tashkil etish muammosi
Aloqa tarmog‘ini loyihalashda quyidagi asosiy muammolarni hal qilish kerak:

  • Nomlash va ruhsat. Ikki jarayon aloqa uchun bir-birini qanday topadi?

  • Marshrutlash strategiyalari. Xabarlar tarmoq orqali qanday yuboriladi?

  • Ulanish strategiyalari. Qanday qilib ikkita jarayon xabar almashadi?

  • Nizolarni hal qilish. Tarmoq bu umumiy resurs. Uni ishlatish bo‘yicha ziddiyatli so‘rovlar qanday hal qilinadi?


Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling