Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Tarmoqda nomlarni belgilash va ruxsat


Download 7.33 Mb.
bet114/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Tarmoqda nomlarni belgilash va ruxsat. Tarmoqdagi tizimlar (mashinalar) nomlarga ega. Xabarlar jarayon raqamlari bilan aniqlanadi. Masofadagi tizimda jarayon juftligi bilan aniqlanadi. Tarmoqdagi nomlarga global ruxsat uchun domen nomi tizimi (DNS - Domain Name System) ishlatiladi, bu mashinalarning nomlanish tuzilishini, shuningdek, nomni IP manzilga o‘zgartirishni ta’minlaydi. Internetdagi mashinaning domen nomiga misol: tuit.uz bu Toshkent axborot texnologiyalari universitetining domen nomidir. Protokol va DNS xizmatlaridan foydalangan holda, domen nomlari tarmoqdagi maxsus mashinalarning raqamli IP manzillariga aylantiriladi, masalan, 100.200.150.2.
Marshrutlash algoritmi
Har bir tarmoq ma’muri uchun marshrutlash jarayoni eng muhim ahamiyatga ega. Marshrutlash - bu aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarning yo‘nalishini aniqlash jarayoni. Yo‘nalishlar ma’muriy ravishda belgilanishi yoki marshrutlash protokollari yordamida olingan topologiya va tarmoq holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan marshrutlash algoritmlari yordamida hisoblanishi mumkin. Tarmoqlarda marshrutlash uchun maxsus tarmoq qurilmalari marshrutizatorlar (routers) ishlatiladi.
Marshrutizator - bu asosan dasturiy ta’minot asosida boshqariladigan tarmoqlararo qurilma bo‘lib, ikkita turli xil mahalliy tarmoqlar yoki turli xil protokol manzillariga ega bo‘lgan ikkita tarmoq segmentlari o‘rtasida trafikni yo‘naltiradi.
Bizga ma’lumki, marshrutlashning statik va dinamik turlari mavjud. Kichik tarmoqlarda statik marshrutlashdan foydalanish ayni muddao. Ammo tarmoq hajmining ortishi (ya’ni foydalanuvchilar soni keskin oshishi) va katta tarmoqlarda statik marshrutlash tarmoq ma’murlariga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Bunday hollarda marshrutlashning dinamik usuli ancha samarali hisoblanadi.
Statik marshrutlash. A dan B gacha bo‘lgan yo‘l oldindan belgilanadi, qurilmaning ishdan chiqishi sababli undan foydalanishning imkoni bo‘lmasa, u o‘zgartiriladi. Bunday holda:

  • Qisqa yo‘lni tanlanganligi sababli, aloqa xarajatlari minimallashtiriladi;

  • Belgilangan marshrutlashni yuklashni o‘zgartirish uchun moslashtirib bo‘lmaydi;

  • Xabarlar qanday yuborilgan bo‘lsa, huddi shu tartibda qabul qilinishi ta’minlanadi.


Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling