Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet121/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

IPv4 manzillari sinflari. Tarmoq manzili (IP-manzil) ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak: tarmoq raqami va ushbu tarmoqdagi tugun raqami. IP-manzillarning butun manzil makoni 5 ta sinfga ajratilgan (A, B, C, D va E sinflar), ularning har biri uchun tarmoqdagi raqam chegaralari va tugun raqami belgilangan.
A sinfdagi IP manzillar juda katta tarmoqlarda, B sinfidagi IP manzillar o‘rta kattalikdagi tarmoqlarda, C sinfidagi IP manzillar eng ko‘p qo‘llaniladigan manzillardan bo‘lib, kichik tarmoqlar (mahalliy yoki lokal tarmoq deb nomlanadi) uchun ajratilgan. Tarmoqda asosan uchta sinf IP manzillaridan foydalaniladi.
6.1- jadval

Sinf

Bo‘linish

Diapazon

Tarmoq manzili

Kompyuter manzili

A

0111 1111

1.0.0.0
126.255.255.255

dastlabki8bit

ohirgi 24 bit

B

1011 1111

128.0.0.0
191.255.255.255

dastlabki 16bit

ohirgi16bit

C

1101 1111

192.0.0.0
223.255.255.255

dastlabki 24bit

ohirgi8bit

D

1110 1111

224.0.0.0
239.255.255.255

Ma’lumotlarni ko‘p manzilli jo‘natish manzillari

E

1111 1111

240.0.0.0
255.255.255.255

Zaxiralangan manzillar

HozirdakundaIPv4 manzillaritugaganligisababliIPv6 protokolinitarmoqdaqo‘llashustidaglobalmiqyosdaishboshlangan. Internettarmog‘ishudarajadarivojlanmoqdaki, utaqdimetayotganxizmatturlarihamko‘payibbormoqda.
Internetbuyumlari, ya’nimasofadanboshqaruvtizimlari, «aqlliuy» kabizamonaviyimkoniyatlarnita’minlashuchunIPv6 niqo‘llashdanboshqailojqolmadi.
IPv6 protokoli. IPv6 protokoliyangiavlodprotokolihisoblanib, IPv4 protokolidanfarqliravishdakengimkoniyatlargaega. IPprotokolining 6-versiyasida (IPv6) tarmoqmanzili 128 bituzunlikkaega. Mavjudbo‘lganmanzillarsoni 2128 darajasinitashkiletadi. IPv6 dahamtarmoqmanzillarinuqtalaryordamidaharbiri 16 baytgatengbo‘lgan 8 taguruhga (oktetga) ajratiladi, shuningdek, IP-
manzildagiharbirbaytIPv4 danfarqliravishda
(mavjudmanzillarsoniko‘pligihisobigavaoldingiyozishformatiqulaybo‘ lmaganligisababli) o‘noltiliksanoqtizimidagisonlarbilanyoziladi.
Masalan,
8000:0000:0000:0000:0127:AB68:CD45:EF15
IPv6 protokolini yaratishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • Tarmoqdagi milliardlab qurilmalarni manzillash;

  • Marshrutizatorlarni ishlashini tezlashtirish uchun protokolni soddalashtirish;

  • Xavfsizlikni ta’minlash;

  • Sifatli xizmat ko‘rsatish.

IPv6 protokolida manzillarning uchta turi mavjud:

  • Unicast – tarmoqdagi xost manzili (ma’lumotni faqat bitta xost qabul qiladi).

  • Anycast – guruhli manzil (ma’lumotni guruhdagi faqat bitta xost qabul qiladi).

  • Multicast – guruhli manzil (ma’lumotni guruhdagi barcha xost qabul qiladi).

IPv6 protokolida nol bitlik manzillar yozuvini qulayroq qilish uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda tutilgan. « :: » yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat guruhlar borligiga ishora qiladi. « :: » kombinatsiyasi faqatgina manzil yozilishida paydo bo‘lishi mumkin. « :: » ketma-ketligi, shuningdek, yozuvdan manzildagi boshlang‘ich va yakunlovchi nollarni olib tashlash uchun foydalanilishi mumkin.
Masalan: 8000:0000:0000:0000:0127:AB68:CD45:EF15
8000::0127:AB68:CD45:EF15

6.5. Operatsion tizim tarmoq funksiyalari va turlari



Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling