Toshkent davlat agrar universiteti kurs ishi (Agro) Turizm fakulteti


Korxonaning to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi


Download 43.3 Kb.
bet5/6
Sana29.03.2023
Hajmi43.3 Kb.
#1307064
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxonaning to’lov qobiliyati tahlili

2.5.Korxonaning to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi.

Ishchi kapitali likvid rezervlari hisoblanib, kutilmagan hollarda vujudga keladigan pul tushumlari va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi uzilishlar tufayli vujudga keladigan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Sof ishchi kapitali sof aktivning bir qismi, bank-kreditorlar uchun bank kreditini korxona qaytara olmagan hollarda undan garov sifatida foydalanadilar.


Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishda qisqa muddatga to‘lov
qobiliyati va uzoq muddatga to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra qisqa muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:= Pul mabalag‘lari + Qisqa mud. qim. qog‘ozlar Qaytarish mud. yetgan kreditor qarzlar
Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa:
= Oborot aktivlar = 125152 =3,4

Majburiyatlar 35772Demak, korxona yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu korxona faoliyati uchun ijobiy holat hisoblanadi.


Korxonaning mavjud pul mablag‘lari doim to‘lov majburiyatlarini qaytarishga tayyor bo‘lgan manba bo‘lganligi uchun hamda qimmatli qog‘ozlar ham shu maqsadga ishlatilishi mumkinligini hisobga olib, to‘lov qobiliyatini belgilovchi koeffitsiyent hisoblaniladi, shuningdek, turli aylanma mablag‘larning pul shakllariga o‘tish muddati har xilligi e’tiborga olinganda, tayyor mahsulot zaxiralari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar va yarimfabrikatlarning pulga aylantirish tezligini o‘rganish zurur. Bundan tashqari to‘lov qobiliyatining o‘zgarishida debi- torlik qarzlarining pulga aylanish tezligi, bankdagi to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va ularning tez harakat qilishiga bog‘liqdir. Agarda, debitor, mablag‘larni qarz majburiyatlarini uzishga yo‘naltirilsa, oraliq to‘lov qarzlarini qoplashlik koeffiitsiyenti ko‘rsatkichi hisobla- nadi, demak, korxona qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini qoplashga o‘zining barcha aylanma mablag‘larini, ya’ni zaxiralar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlarini jalb etishi lozim bo‘ladi.
Kelgusi yilda korxonaning to‘lov qobiliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bilish uchun mahsulotlar sotishdan keladigan tushum hajmini tahlil qilish lozim. Jami tushum hisobiga sarflangan xarajatlar qoplanadi, majburiy to‘lovlar bajariladi va ehtiyot rivojlantirish jamg‘armalari yaratiladi. Sof tushum bevosita korxona oborotida qatnashadi, bunga asosiy vosita eskirishi va sof foyda kiradi.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishda sof tushum koeffitsiyentini hisoblash muhimdir, bu ko‘rsatkich quyidagicha aniq- lanadi.
Sof foyda + asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiya) sotishdan tushum
Hissadorlik, kooperativ, kichik va hamkorlikda ishlaydigan
korxonalarda o‘ziga qarashli mol-mulkni ko‘paytirish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, hissadorlik va boshqa jamg‘armalarni to‘ldirib borish zururdir. Bu hissadorlar, ustav fondi qatnashchilari va a’zolarning badallari hisobiga to‘ldiriladi. Shuning uchun ham a’zolarining kelishuviga muvofiq, qonun bilan belgilangan ustav fondining hajmi kamaytirilmasligi va u to‘ldirib borilishi zarur. Korxona balansini o‘rganishda, albatta, nizom jamg‘armasining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari tahlil qilinadi. Ustav fondining ko‘payishi ham moliyaviy barqarorlik yaxshilanganligi belgisi hisoblanadi.
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’z navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan band bo’lgan tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning jamg’armalaridan, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy va pul mablag’laridan foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat qila turib, korxonalar mablag’lari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan doiraviy aylanish jarayonidagi korxona mablag’larining holatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlari tashkil qiladi. Bularga sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida garchi mahsulot ishlab chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o’zining natijalari orqali ijobiy ta’sir qiladi.
Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo’jalik faoliyatlari, ularga davlat budjetidan qisman ajratilgan hamda o’zi ishlab topgan mablag’lardan qay darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. Shunday qilib, noishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish tarmog’ida yaratilgan ijtimoiy mahsulotning taqsimoti va iste’moli sodir bo’ladi. Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish sohasiga ajratilgan mablag’larning holati, sarflanishi haqida axborotlarni shakllantiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste’mol qilinishi, noishlab chiqarishning bir qismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste’moliga shaxsiy iste’mol va jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish ham kiradi. Shaxsiy iste’molni buxgalteriya hisobi bevosita o’z ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobida mutlaqo aks ettirilmaydi, deb o’ylash xatodir. Haqiqatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bo’lgan barcha ko’rsatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste’mol to’g’risidagi ma’lumotlarni savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash muassasalari va boshqa tashkilotlarning hisobotlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar bo’yicha statistika bo’limlari shaxsiy iste’molni tavsiflovchi ko’rsatkichlarni aniqlaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida mehnat kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ham aks ettirilad
3.Xulosa
To'lov qobiliyatini tavsiflashda joriy hisobvaraqlardagi mablag'larning mavjudligi kabi ko'rsatkichlarga e'tibor qaratish lozim. banklarda, korxona kassasida yo'qotishlar, muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, o'z vaqtida qaytarilmagan kreditlar va kreditlar. Korxonaning to'lov qobiliyati uning savdo, kredit va pul xarakteridagi boshqa operatsiyalardan kelib chiqadigan to'lov majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarish qobiliyati va qobiliyati bilan belgilanadi. To'lov qobiliyati shakl va shartlarga ta'sir qiladi tijorat operatsiyalari, shu jumladan kredit olish imkoniyati. Kovalyov V.V. joriy hisobvaraqda arzimas qoldiqlarning mavjudligi umuman kompaniyaning to'lovga qodir emasligini anglatmaydi, mablag'lar yaqin kunlarda joriy hisobvarag'iga kiritilishi mumkin, ayniqsa aktivlarning ayrim turlari, agar kerak bo'lsa, osonlik bilan konvertatsiya qilinadi. Shuning uchun to'lov qobiliyatini tahlil qilish jarayonida kompaniya aktivlarining likvidligini, balansining likvidligini aniqlash uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladi, mutlaq va nisbiy likvidlik ko'rsatkichlari hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda turli mualliflar likvidlik tushunchasini o‘ziga xos tarzda izohlaydilar. Masalan, Lyubushin N.P. likvidlik - bu tashkilotning o'z moliyaviy majburiyatlarini tezda bajarish qobiliyati, va agar kerak bo'lsa, o'z mablag'larini tezda amalga oshirish qobiliyati deb hisoblaydi. Bank V.R., korxonaning likvidligi haqida gapirganda, u shartnomalarda nazarda tutilgan to'lov muddatlari buzilgan taqdirda ham, qisqa muddatli majburiyatlarni to'lash uchun nazariy jihatdan etarli miqdorda aylanma mablag'larga ega ekanligini anglatadi. Kovalyovning so'zlariga ko'ra, V.V. likvidlik - bu xo'jalik yurituvchi sub'ekt aktivlarining xususiyati, ya'ni harakatchanlik, harakatchanlik, bu ularning tez pulga aylanish qobiliyatidan iborat. Shunday qilib, quyidagi tamoyil umume'tirof etilgan: korxona aktivi qiymatini yo'qotmasdan pulga qanchalik tez aylantirilsa, uning likvidligi shunchalik yuqori bo'ladi. Shuning uchun ko'pchilik mualliflar likvidlikni korxonaning qisqa muddatli to'lov qobiliyati va kreditga layoqatliligini, shuningdek, olingan mablag'larning qaytarilishini ta'minlashi mumkin bo'lgan aktivning holati bilan bog'lashadi


Download 43.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling