Toshkent davlat agrar universiteti kurs ishi (Agro) Turizm fakulteti
Korxonaning to’lovga qobiliyatining zarur va muhim sharti
Download 43.3 Kb.
|
Korxonaning to’lov qobiliyati tahlili
2.2.Korxonaning to’lovga qobiliyatining zarur va muhim sharti.
To’lov qobiliyatining zarur va muhim sharti likvidlikdir. << To’lov qobiliyati>> so’zi keng ma’noni anglatadi, chunki u aktivdagi moddalarni tez pulga aylanishidan tashqari, savdo, kredit va boshqa pul muomalari bilan bog’liq majburiyatlarni muddatida va to’liq hajmda bajara olish qobiliyatini ham ifodalaydi, Korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar ko’proq ishlatiladi: Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti. To’lov qila olish koeffitsiyenti. O’z va qarz mablag’larining o’zaro nisbati koeffitsiyenti. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti. Moddiy aylanma mablag’lar hissasi koeffitsiyenti. Jami aylanma mablag’larning jami mulk qiymatidagi hissasi koeffitsiyenti. Korxona to’lov moliyayiv barqororligining tahlili Qishloq xo’jalik korxonalarining moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Xo’jalikning moliyaviy barqarorligi Mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlari yordamida ifodalanadi va ular orqali tahlil etiladi, xulosalar chiqariladi. Korxonaning qay vaqtda moliyaviy barqaror xo’jalik deb atash mumkin? Korxonaning moddiy oborot mablag’larni tashkil qiluvchi manbalari bilan to’liq qoplangan taqdirda, uni moliyaviy barqaror xo’jalik deb atash mumkin. Demak, moliyaviy barqarorlik deganda moddiy aylanma mablag’larni tashkil qiluvchi manbalari bilan mavjud tovar-moddiy zahiralar hajmining qoplanish darajasini tushunmoq kerak. Moliyaviy barqarorlik ahvolini o’rganish va tahlil etishning asosiy manbai buxgalteriya balansi netto hisoblanadi. Buxgalteriya balansi nettoning quyidagi modeli asosida moliyaviy barqarorlikni aniqlash va tahlil etish yo’llarini ko’rib chiqamiz: U + Z + P + D = ( ) ‘ + Q + B + K , Bunda: U – uzoq muddatli aktivlar; Z – tovar- moddiy zahiralar (moddiy aylanma mablag’lar), P – pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar; D – debitorlik qarzlari; O’ – o’z mablag’larining manbalari; B – banklarning va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari; K – kreditorlik qarzlari Ushbu modeldagi Z + P + D belgilari joriy aktivlarni, Q + B + K Belgilari majburiyatlarni bildiradi. Buxgalteriya balansi – netto modelidan ko’rinib turibdiki, aktivlar ( xo’jalik mablag’lari) ikki manba hisobiga, ya’ni o’z navbatida ikkiga bo’linadi: Uzoq muddatli majburiyatlar; Qisqa muddatli majburiyatlar. Uzoq muddatli majburiyatlar asosiy vositalarni tashkil etish manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Qisqa muddatli majburiyatlar joriy aktivlarni tashkil qilish manbalaridan biridir. Demak, joriy aktivlar ikki manba hisobiga tashkil bo’ladi. Buni yuqorida keltirilgan buxgalteriya balansi – netto modelidan foydalanib, aniqlash mumkin: Z + P + D = ( O’ + Q – U ) + B + K. Bu formuladan xo’jalikning joriy aktivlari ikki manba hisobiga, ya’ni o’z joriy aktivlari manbalari Download 43.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling