Toshkent davlat agrar universiteti o‘simlikshunoslik va moyli ekinlar kafedrasi “O„simlikshunoslik”
Tariqsimon yoki janubiy donli o‘simliklar
Download 355.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
2. Tariqsimon yoki janubiy donli o‘simliklar. Bu guruxga makkajo„xori, jo„xori, sholi va tariq kiradi. Bulardan tashqari boshqa oilaga (Poligonaceae) mansub bo„lsa xam ishlatilishi bo„yicha marjumak o„simligi xam kiradi. 1- jadval Birinchi va ikkinchi gurux donli o‘simliklarning morfologik va biologik xususiyatlari 1-gurux o„simliklar 2-gurux o„simliklar. 1.Donning qorin tomonida uzunasiga ketgan ariqchasi bor. 2.Maysa hosil bo„lish davrida bir nechta murtak ildizchalar paydo bo„ladi 3.Boshoqlarda pastki gullari yaxshi rivojlangan bo„ladi. 4.Poyasi bo„sh g„ovak bo„ladi. 5.Kuzgi va bahorgi shakllarga ega. 6.Uzun kunli o„simliklar. 7.Haroratga kam talabchan o„simliklar 8.Tuproq namiga talabchan. 9.Boshlang„ich rivojlanish davrida (maysalanish -tuplanish) tez o„sadi. 1.Donning qorin tomonida uzunasiga ketgan ariqchasi yo„q 2. Maysa hosil bo„lish davrida bitta murtak ildizcha paydo bo„ladi 3.Boshoqchada yuqoridagi gullar yaxshi rivojlangan bo„ladi. 4.Poyasi po„kak bilan to„lgan bo„ladi. 5.Faqat bahorgi shakllarga ega. 6.Qisqa kunli o„simliklar. 7.Issliqlikka talabchan o„simliklar. 8.Tuproq namiga (sholidan tashqari) kamroq talabchan. 9.Boshlang„ich rivojlanish davrida sekin o„sadi. Donli o‘simliklarning umumiy morfologik belgilari Donli o„simliklar bir yillik o„tsimon o„simlik bo„lib, morfologik belgilari bo„yicha bir biriga juda o„xshashdir. Ildiz majmuasi. Ildizi sachoq ildiz popuksimon bo„lib, yerga 100-120 sm va undan ham chuqur kirib boradi. Biroq ildizning asosiy qismi yerning xaydalma qatlamida joylashgan bo„ladi. Ildizi ikki xil; murtak yoki birlamchi va asosiy yoki ikkilamchi ildizlardan iborat bo„ladi. Murtak ildizi urug„ unib chiqish davrida hosil bo„lib, birinchi guruh donli o„simliklarda 3 tadan 8 tagacha, ikkinchi guruh donli o„simliklarda faqat bitta bo„ladi. Rasm-1. Bugdoyning tuplanishi: 1-don; 2-murtak ildizlari; 3-tuplanish 6o„g„ini; 4-qo„shimcha ildizlar; 5-asosiy poya; 6-kushimcha yon poyalar o-o. tuprok beti. Asosiy ildizlar keyinroq, poyaning yer ostki bo„g„imlaridan paydo bo„ladi. Bundan tashqari baland poyali donli o„simliklarda (makkajo„xori, jo„xori) poyaning yer ustki bo„g„imlaridan ham ildizlar paydo bo„ladi. Bular tayanch yoki xavo ildizlar deb ataladi. Murtak ildizchalar paydo bo„lgandan so„ng poyacha o„sa boshlaydi, u ham donning po„stini yorib tuproq betiga yorug„likka chiqadi, qobiqli don (arpa, suli) larda poyacha oldin donni o„rab turgan qobig„i ostidan o„tib, donning uchidan yer betiga chiqadi, qobiqsiz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak joylashgan yerdan paydo bo„ladi (2-j adval). Poyasi poxol, somon bo„lib ichi bo„sh yoki g„ovak parenxima bilan to„la bo„ladi. Past bo„yli donli o„simliklar 6-7, baland poyali donli o„simliklar esa 20-25 ta bo„g„im oraliqlariga ega bo„ladi. 2-jadval Download 355.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling