Karam mozaikasini virus (Brassica virus) qo’zg’atadi. Kriptogrammasi D/2; 4,5/16; S/S; S/Ap. Virus bilan karamdan tashqari rediska, turup, sholg’om va boshqa butguldosh ekin va begona o’tlar zararlanadi.
O’zbekistonda mozaika asosan karam boshlaridan o’sib chiqqan urug’liklarda, kamroq hollarda birinchi yil ekinlarida uchraydi.
Odatda mozaika belgiiari ko’chatlami issiqxonadan dalaga ko’chirib ekkandan 2-5 hafta o’tganda ko’rina boshlaydi. Barglaming tomirlari tagidan boshlab oqaradi, so’ngra sarg’ish-oq tus oladi. Tomirlar o’sishdan to’xtaydi, ko’p barglar g’ijimlangan shakl oladi. Ba’zan barg plastinkalarining faqat yarmi zararlanadi. Kasal o’simliklar o’sishdan orqada qoladi, barglari noto’g’ri shakl oladi, gulkosalari rivojlanmaydi.
Virus karam boshlari, o’zagi, o’simlik qoldiqlari, butguldosh ekinlar va begona o’tlarda saqlanadi va qishlaydi, urug’ bilan keyingi mavsumga kam hollarda o’tadi. Virus ekin ichida karam va shaftoli shiralari, ba’zan sholg’om oq kapalagi vositasida tarqaladi.DUKKAKLI DON EKINLARINING VIRUS KASALLIKLARI
7-amaliy mashg’ulot
Reja:
Loviyaning oddiy mozaikasi
Mosh mozaikasi
No’xatning oddiy mozaikasi
Soya mozaikasi
Beda mozaikasi
Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, mikroskop, buyum va qopiog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari namunalami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Dukkakli o’simliklarning mozaika kasalliklari Loviyada mozaikabelgilarini to’rtta virus, jumladan loviya oddiy mozaikasi virusi (Phaseolus virus), loviya sariq mozaikasi virusi (Phaseolus virus), eryong’oq past bo’yliligi virusi (Peanut stunt virus) va beda mozaikasi virusi (Medicago virus) qo’zg’atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |