Kartoshkaning boshqa virus va fitoplazma kasalliklari. S-mozaikani kartoshkaning S-virusi (Solanum virus) (R/l; */6; E/E; S/Ap) qo’zg’atadi. Uning hosilga ta’siri kam. Mexanik kontakt, tuganaklar orqali, ba’zi shtammlari shira bilan tarqaladi, barglarda engil mozaika qo’zg’atadi yoki ular tashqi belgisiz zararlanadi. M-mozaikani kartoshkaning M-virusi qo’zg’atadi (R/l; */6; E/E; S/Ap); hosilga ta’siri o’rganilmagan. Tuganaklar va shira orqali tarqaladi. Kartoshkaning X, S, M, Y va A-viruslari ko’p hollarda ekinda birga uchraydi. Kartoshka jingalakligi-pakanaligi (Solanum virus), tuganaklarning ichidagi yoysimort zang dog’lanish (Tobacco rattle virus) (R/l; 2,3/5 + 0,6- 1,3/5; E/E; S/Ne) paydo bo’lishi va aukuba mozaikasi F-virus, Solanum virus (R/l; 2,2/6; E/E; S/O) virus kasalliklari bo’lib, sariq kasalligini astraning sariq kasalligi fitoplazmasi (Aster еllows) qo’zg’atadi. Bu kasalliklaming sariqdan boshqalari O’zbekistonda qayd etilmagan.
Kartoshkaning sariq (janubiy stolbur) kasalligini fitoplazma (Aster еllows) qo’zg’atadi. Bu kasallik dunyoning ba’zi mamlakatlarida astraning sariq kasalligi nomi bilan yuritilishi ehtimol tutiladi. Kasal o’simliklaming bo’yi pasayadi, tepa qismidagi barglari buraladi, quvursimon shakl oladi, sarg’ayadi yoki qizg’ish tus oladi. O’simliklar so’lishi mumkin. Kasal o’simliklardan olingan tuganaklar ekilganda, ulardan anormal, mayda, xunuk, ipsimon nihollar o’sib chiqadi, ildiz paydo bo’lmaydi, Odatda hosilga ta’siri kam. Dalada tuganaklar orqali va saratonlar bilan tarqaladi.
LAVLAGI VA KARAMNING VIRUS KASALLIKLARI
6-amaliy mashg’ulot
Reja:
Lavlagi mozaikasi
Iriandiya sariq kasalligi
Karam mozaikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |