Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet21/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Tamakida bodring mozaikasi Kasallikni bodring mozaikasi virusi (Cucumis virus) qo’zg’atadi. Kriptogrammasi R/l; 1,3/19 + 1,1/19 + 0,8/19; S/S; S/Ap. Virionlari dumaloq shaklli, diametri 30 nm gacha. Bu mozaika dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida ham uchraydi, ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan. Tamaki va maxorkadan tashqari yuzlab o’simlik turlarini zararlaydi.
Virusning har xil shtammlari mavjud bo’lib, kasallik belgilari tamaki va maxorka qaysi shtamm bilan zararlanishiga bog’liq. Ko’chatlarda mozaika belgilari ulami dalaga ko’chirib ekkandan keyin 1 oy o’tganda namoyon bo’ladi. Keyinroq zararlangan barglarda pufak shaklli shishlar paydo bo’ladi, barglaming uchi bigizga o’xshab ingichkalashadi. Barglar xunuk shakl oladi - ular jingalak yoki lanset shakliga kiradi, ba’zan ustida dumaloq shaklli yoki yoysimon nekroz dog’lari rivojlanadi. Ko’pincha zararlangan o’simlik poyasining bo’g’in oralari qisqaradi, yon novdalari kalta bo’lib qoladi, gullar soni kamayadi. Ba’zan o’simliklar pakana bo’lib qoladi.
Bodring mozaikasi virusi o’simlik qoldiqlarida saqlanmaydi, payvand qilganda ham kasal o’simlikdan sog’lomiga (tamaki mozaikasi virusi bilan solishtirganda) qiyinchilik bilan o’tadi. Virus tok, beda, petrushka va begona o’tlar (qoqio’t, lattatikon, bargizub, yovvoyi sikoriy va b.) da qishlaydi. Qishda issiqxonalarda o’stirilayotgan pomidor va bodringda ham ko’p kuzatiladi. Odatda u zararlangan shaftoli yashil shirasi (My:us persicae) bilan o’tadi; virus ba’zi boshqa shira turlari bilan ham o’tishi shubha qilinadi. Kasallik dala ichida ham shira yordamida tarqaladi. Qurigan barglarda virus saqlanmaydi. Erta zararlangan tamaki hosili 14-26% ga kamayadi, hosil sifati keskin pasayadi.
Tamaki oiachipor so’lishi (bronza tusini olishi) kasalligini pomidor oiachipor so’lish virusi (Lycopersicum virus 3 - Tomato spotted wilt virus) qo’zg’atadi. Kriptogrammasi R/*; */*; S/*; S/Th Virionlari dumaloq shaklli, ba’zilari xivehinchali, diametri 40-120 nm, inaktivatsiya harorati 41-44 C, o’simlik sharbatida xona haroratida 3-5 soat saqlanadi, barg qurishi paytida darhol faolligini yo’qotadi. Bu virus dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, O’zbekistonda ham uchrashi ehtimoli bor. Kasallik tamaki va maxorkadan tashqari pomidor, baqlajon va qalampirda uchraydi.
Zararlangan o’simliklar o’sishdan to’xtaydi, ustki qismi och tus oladi, yosh barglarda xlorotik to’r va mozaika shaklli tasvirlar paydo bo’ladi. Barglaming bandga yaqin qismlarida nekrotik dog’lar rivojlanadi, ular qo’shilib ketganda, ko’pincha barglar nobud bo’ladi. Kamroq zararlangan barglar tirik qoladi, biroq xunuk shakl oladi - tomirlari yaqqol bo’rtib chiqadi va ularda nekrotik dog’lar kuzatiladi.
Kasallik shonalash davrida namoyon bo’lganida ko’pincha poya bo’g’in oralari qisqaradi, o’simlik uchida rozetka hosil bo’ladi. Odatda ko’p sonli, xunuk shaklli, ustida terisimon nekrotik dog’lar mavjud bo’lgan yon novdalar o’sib chiqadi. O’simliklar jingalak shakl oladi. Yosh o’simliklar kuchliroq zararlanadi.
Kasallik tamakiga zararlangan begona o’tlar, gullar va manzarali o’simliklardan ularda oziqlangan bug’doy tripsi (Frankliniella tritici) va tamaki tripsi (Thrips tabaci) ning lichinkalari orqali o’tadi. Lichinkalar qanot chiqargan tripsga aylanib, tamaki dalalariga shamol bilan uchib keladi. Kasal o’simlikdan sog’lomiga virus mexanik ravishda o’ta olishi haqida ham xabar qilingan. Kasallik o’ta zararli. Zararlangan ko’chatlar butunlay nobud bo’ladi. Rozetka fazasida yoki shonalash boshlarida zararlangan ekin hosili 70-80 foizga, gullash fazasida zararlanganlariniki esa 10-15 foizga kamayadi. Tamaki navlarining virusga chidamliligi har xil.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling