Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet22/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Atirgulning virus so’lishi. Atirgulning virus tufayli so’lishi kasalligi birinchi marta YAngi Zelandiyada 1931 yilda, keyin Avstraliyada hamda AQSH da (Kalifomiya) qayd etilgan. O’zbekistonda tashqi karantin ob’ekti hisoblanadi.
Kasallik belgilariga atirgul navi, o’simliklaming hayot davri muddati, zararlanish paytidagi atrof-muhit sharoitlari ta’sir qiladi. Kasallikning harakterli belgilari - o’simliklar o’sishdan orqada qolishi, barglar buralishi, barg tomirlari kuchli darajada oqarishi, epinastiya (novda o’sishi davrida uning pastki qismi qiyshiq-burushiq bo’lib qolishi) va barglar vaqtidan oldin to’kilishidir. YAshil bargli navlaming yaproqlari xlorotik tus, qizil barglilariniki esa kulrang tus oladi. Etilgan o’simliklar tez nobud bo’ladi. Bahorda gullar ko’sak shakliga kirishi, mayda bo’lib qolishi va rozetkalar hosil bo'lishi kuzatilishi mumkin.
Gullarning kasalliklari. Gullaming karantin kasalliklari zararlangan piyozboshlari, qalamchalar, kesib olingan gullar va o’simlik qoldiqlari orqali tarqaladi. Kasal o’simliklardan sog’lomlariga ularyomg’ir, shamol, hasharotlar, qushlar, ish qurollari bilan o’tadi. Sog’lom o’simlik to’qimalariga bakteriyalar va zamburug’lar ustitsalar va mexanik jarohat olgan joylardan kiradi.
MEVALI DARAXTLARDA VIRUSLAR, VIROIDLAR VA FITOPLAZMASIMON ORGANIZMLAR QO’ZG’ATADIGAN KASALLIKLAR
10-amaliy maslig’ulot
Reja:

  1. Olma proliferatsiyasi

  2. Nok zaiflashishi

  3. Olma daraxtining yog’och qismi rezinkasimon bo’lib qolishi

  4. Olma mevalari etilmasligi va ularning normal rangi rivojlanmasligi

  5. Olma zaiflashishi

  6. Olma mozaikasi

  7. Nok mevasi qattiqlashishi

  8. Olxo’ri chechagi (sharka, yoki cho’tir) kasalligi

  9. Shaftoli mozaikasi

Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, rangli jadvallar, mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling