Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet18/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Soya mozaikasi. Kasallik belgilari o’simlik barglarida namoyon bo’ladi. Barglar targ’il bo’lib, barg yuzasida qavariqlar hosil bo’ladi, ekin o’sishdan orqada qoladi, pakana bo’lib, ildizi yomon rivojlanadi. Kasal o’simliklar meva hosil qilmaydi. Mozaika qo’zg’atuvchi sariq mozaika virusi (Bean еllow mosaic virus) shiralar, dala burgalari va zarpechaklar vositasida qurg’oqchil sharoitda keng tarqaladi.
Beda mozaikasi. Kasallik Amerika qit’asi, Yevropa, Osiyo va Yangi Zellandiyada tarqalgan. Zararlangan o’simliklar o’sishdan orqada qoladi, bo’yi pasayadi, a’zolari och-yashil yoki sariq tus oladi, barglarining shakli xunuklashdi.
Tabiatda virus har xil shtammlarshaklida uchraydi. Virionlari batsilla shaklli. Virusga tashxis qo’yishda indikator o’simliklami sun’iy zararlash usuli, elektron-mikroskopiya va serologik usullaridan foydalaniladi. Kriptogrammasi R/l; 1,1/16; 0,8/16; U/U; S/Ap.
Virusning zarari bedaning ko’k massasi, urug’larining sifati va miqdori kamayishi bilan ifodalanadi. Ushbu virus bilan bedadan tashqari bir qancha madaniy va yovvoyi o’simlik turlari zararlanadi, jumladan bir yillik madaniy ekinlardan kartoshka, pomidor, qalampir, baqlajon, loviya, no’xat, soya va lyupinni zararlaydi. Infeksiyani beda shiralari tashiydi. Virus tabiatdabedada hamda ko’p yillik o’tlardan yo’ng’ichqa, oqqashqarbeda o’simliklarida saqlanadi.
POLIZ EKINLARINING VIRUS KASALLIKLARI
8-amaliy mashg’ulot
Reja:

  1. Bodringning yashil (oiachipor, ingliz) mozaikasi

  2. Bodringning oq (sariq) mozaikasi

  3. Poliz ekinlarida tarvuz mozaikasi

  4. Poliz ekinlarida qovoq mozaikasi



Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari namunalarni tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling