Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet15/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Virusologiya

Irlandiya sariq kasalligi lavlagi etishtiradigan Evropaning shimoliy regionlarda 10-39% ekinzorlarda keng tarqalgan. Bu kasallikning nekrozli va kam sarg’ayish turlari mavjud bo’lib, ularning birinchisi urug’dan ungan ko’chatlami 2-5 ta barg hosil qilgungacha zararlaydi. Bunda barg tomirlari sarg’ayadi. Keksa barglarda, ularning uchki qismidan boshlanib, noaniqchegarali sariq dog’lar hosilbo’ladi. Keyinchalik bu dog’lar bargning asosiga qadar tarqalib, barg yuzasini butunlay qoplaydi. Natijada, barg bronza yoki qizil rangga kiradi. Kasal barglar yo’g’onlashib, seret bo’lib qoladi. Ular qo’l bilan tekkanda maydalanib ketadi. Kasallangan barglar floemasidagi elaksimon naylar va ularning atrofidagi hujayralar nobud bo’ladi, ichi sariq, shilimshiq modda bilan to’ladi. Bargning qoplag’ich to’qimalari sarg’ayib, shishib ketadi. Bunday holat keyin barg yuzasidan barg bandi va ildizmevalarining o’tkazuvchi naylar bog’lamigacha etib boradi. Barg tomiridagi sariqlik barg yaprog’iga ham tarqalib, ular qurib qoladi.
Sariq kasalligi rozetkaning pastki barglarida namoyon bo’ladi, kuchli rivojlanganida o’rta yaruslami ham egallaydi. Kasallik belgilari urug’lik ko’chatlarda yorqin ifodalangan bo’ladi.
Irlandiya sariq kasalligini kompleks viruslar keltirib chiqarsada ular zarar ko’rsatish xususiyatiga qarab farqlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi egilgan uzun tayoqcha shaklida bo’lib, 50-55°C haroratda 10 minutda ajralib chiqadi. Bu virus urug’ orqali tarqalmaydi.
Qish faslida bu viruslar lavlagi ildizmevasida saqlanib, kasallikning dastlabki belgilari aprel-may oylarida namoyon bo’ladi. Ulardan virus hasharotlar vositasida urug’dan ungan yangi ko’chatlarga va boshqa dalalarga tarqaladi.
Kasallik tarqalishida qo’ypechak, sho’ra, g’umay, ochambiti, eshaksho’ra kabi begona o’tlar acosiy rol o’ynaydi. Kasallik so’ruvchi hasharotlar, mexanik zararlanish va zarpechaklar vositasida tarqaladi. Kasallik urug’ orqali tarqalmaydi.
Kasallangan o’simiiklarda barg nobud bo’lishi fotosintez jarayoni buzilishiga, ildizmevalarhajmi kichrayishiga olib keladi, natijada hosil keskin kamayadi. Masalan, sog’lom o’simlik ildizmevasining og’irligi 284 g, undagi qand miqdori 17,5% bo’lsa, kasal o’simlik ildizmevasiningog’irligi 188 g, qand miqdori 15% ni tashkil qiladi. Kuchli zararlangan ildizmeva og’irligi 96 g, undagi qand miqdori 14% gacha kamayadi. Bunday ildizmevalar uzoq saqlanmaydi va tez chirib ketadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling