Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich


Download 0.51 Mb.
bet26/29
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256936
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Virusologiya

Nok mevasi qattiqiashishi. Kasallik AQSHda, Yevropaning barcha davlatlarida Gruziyada, Latviya va Moldaviyada ro’yxatga olingan. Kasallikni zarari nok mevasining mazasi va meva sifati buzilishi bilan ifodalanadi.
Nok mevasi hosil bo’lgandan so’ng 10-20 kun o’tgach meva epidermis to’qimasi ostida to’q-yashil dog’lar paydo bo’ladi va mevaning mazasi buziladi. Meva rivojlanishi davom etgan sari dog’lar cho’zinchoq shaklga kirib, chuqurlashib boradi va nobud bo’lgan hujayralami hosil qiladi. Kasallik qo’zg’atuvchi virus payvandlash vaqtida yuqadi.
Olxo’ri chechagi (sharka, yoki clio’tir kasalligi). Ushbu karantin kasalligi Yevropa davlatlarida (Avstriya, Angliya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gollandiya, Gretsiya, Moldova, Polsha, Rossiya, Rumbiniya, Serbiya, Turkiya, Ukraina, Chexiya, Estoniya, Shveysariya, Shvetsiya,
Yugoslaviya) tarqalgan. Sharka bilan olxo’ridan tashqari tog’olcha, o’rik. shaftoli va ternosliv ham zararlanadi.
Kasallikni virus (Primus virus 7 - Plum pox virus) qo’zg’atadi. Kasallik tufayli chidamsiz daraxtlaming 25-50%, ba’zan 100% hosili yo’qotiladi. Zararlangan daraxtlar mevasining ko’pchiligi to’kiladi, qolganlari mayda va beta’m bo’lib qoladi.
Kasallik belgilari daraxtlar virus bilan zararlangandan so’ng 9-11 oy o’tganda namoyon bo’ladi. Bahorda olxo’ri va tog’olcha barglari va yosh novdalarida keng xalqa, yoy, tasma va boshqa shakllardagi, kengligi 2-3 mm dan 10-15 mm gacha keladigan och-yashil yoki och-sariq xlorotik dog’lar va tasmachalar paydo bo’ladi.
Ularning soni va o’lchami o’simlik navining chidamliligi, zararlanish muddati va ob-havo sharoitlari bilan bog’liq holda o’zgaradi. Harorat 20-25°S gacha isishi bilan bu belgilar ba’zi navlarda yo’qoladi, boshqalarida saqlanib qoladi.
Yozda iyun oyida kasallikka chidamsiz navlar mevalari ustida botiq nekrotik, to’q-yashil tusli tasma, xalqa va yarim xalqa shaklli dog’lar rivojlanadi. Meva eti qo’ng’ir yoki qizg’ish tus oladi, zichlashib rezinkasimon va beta’m bo’lib qoladi, ba’zi qismlarining ichi elimga to’ladi. Meva danaklarida ba’zan botiq, qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. Zararlangan mevalar mayda bo’lib qoladi, shakli buziladi, vaqtidan oldin rangga kiradi, ta’mi buziladi, tarkibida qand moddasi kamayadi va sog’lomlaridan 20-30 kun oldin to’kiladi.
Ularning bir qismi mumiyolashadi. Kuchli zararlangan chidamsiz navlaming hosili butunlay yo’qotilishi mumkin.
Renklod tipli olxo’ri navlari chidamli. Ularning mevalarining qobig’ida nekroz rivojlanmaydi, faqat alohida qizg’ish xalqa va yoy shaklli dog’lar paydo bo’ladi. Meva pishishigacha bu dog’lar yo’qoladi va kasallik hosilga ta’sir qilmaydi.
Kasallikni aniqlash uchun payvand usuli qo’llaniladi. Indikator o’simliklar sifatida olxo’ri, shaftoli yoki o’rikning tanasi yog’ochlashmagan nihollari, o’tsimon o’simliklardan olabo’ta (Chenopodium foetidum), tamaki (Nicoliana cleveiandii) va b. ishlatiladi. Virus nihollar bilan, payvand orqali, tabiatda shaftoli shirasi va boshqa shiralar vositasida tarqaladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling