Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich
Download 0.51 Mb.
|
Virusologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOKDA VIRUS, VIRUSSIMON VA FITOPLAZMASIMON ORGANIZMLAR QO’ZG’ATADIGAN KASALLIKLAR 11-amaliy mashg’ulot Zaruriy jixozlar
- Tokning sariq kasalligi.
Shaftoli mozaikasi. Bu kasallik haqida ma’lumot kam. Uni virus (Peach mosaic virus) qo’zg’atadi. Erta bahorda barglarda sariq, mayda dog’lar paydo bo’ladi. Yoz o’rtalarida ular yo’qoladi, ammo ba’zan zararlangan barglar usti g’ijimlangan shakl oladi. Kasal o’simliklaming mevalari mayda, ko’pincha noto’g’ri shaklli, o’rtasidagi chokida shishlar mavjud bo’ladi. Zararlangan daraxtlar o’sishdan orqada qoladi, meva pishishi kechikadi. Kasallik payvand (jumladan kurtak payvand) bilan va, ehtimol, olxo’ri shirasi vositasida tarqaladi.
TOKDA VIRUS, VIRUSSIMON VA FITOPLAZMASIMON ORGANIZMLAR QO’ZG’ATADIGAN KASALLIKLAR 11-amaliy mashg’ulot Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, rangli jadvallar, mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar. Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlikni rasmini chizib olish. Tokda bir necha virus, virussimon va fitoplazmasimon organizmlar qo’zg’atadigan kasalliklar qayd etilgan. Ulardan hech biri O’zbekistonda qayd etilmagan, sariq kasalligi esa mamlakatimizda tashqi karantin kasalligi hisoblanadi. Tokning sariq kasalligi. Tokning sariq (tok barglari zarrin sarg’ayishi - flavescens doree) kasalligi Fransiya, Italiya, Sloveniya va Ruminiyada tarqalgan. Bahorda zararlangan novdalar o’smaydi, bo’g’in oralari qisqaradi, kurtaklar yozilmaydi yoki yozilishi kechikadi. Yozda chidamsiz navlaming ko’pchiligida novdalar (lignin hosil bo’lmasligi sababli) rezinkaga o’xshab, pastga osilib qoladi, ba’zan novda bo’ylab qora pustulalar paydo bo’ladi, ularning o’sish nuqtalari tezda nobud bo’ladi. Zararlangan barglar qattiq va mo’rt bo’lib qoladi, chetlari sal pastga bukiladi, oftob ta’sirida oq mevali navlaming barglari tilla-sariq, qora mevali navlamiki qizil tus oladi. Yoz oxirida barglaming asosiy asosiy tomirlarida och- jigarrang dog’lar paydo bo’ladi va ular nekrozlashadi; ba’zan barglarda 2-3 ta asosiy tomirlar orasida, oq mevali navlarda sariq, qora mevali navlarda qizil tusli, serqirra dog’lar hosil bo’ladi. Kasallik gullashdan oldin yoki gullash paytida paydo bo’lsa, to’pgul quriydi, keyinroq kuzatilsa, meva bandi quriydi va qorayadi, uzumlar burishib, qurib qoladi. Barcha sariq kasalliklarining harakterli belgilari: barg tomirlari bo’ylab och-jigarrang va qirrali dog’lar mavjudligi va barg chetlari pastga bukilishi; novdalar yog’ochlashmasligi; novdalarda qora pustulalar paydo bo’lishi; uzumlar burishib qolishidir. Leafroll va corky bark virozlarida barg chetlari pastga bukilishi kuzatiladi, ammo och-jigarrang yoki qirrali dog’lar va qora pustulalar hech qachon paydo bo’lmaydi; leafroll kasalligida novda yog’ochlashmasligi uchramaydi; GFLV bilan kasallangan tok barglarida bunday dog’lar bo’lishi mumkin, ammo burglar bukilmaydi va mo’rt bo’lib qolmaydi; virozlar uzum burishib qolishiga olib kelmaydi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmasimon organizm ekanligi taxmin qilinadi. U sikada (Scaphoides litloralis) vositasida tokdan vika va xrizantemaga yuqadi va ulardan tokka qayta o’tadi. Tajribada kasallikni sog’lom o’simlikka kurtak payvandi orqali yuqtirish mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling