Toshkent davlat agrar universiteti rahimov Uchqun Hamroevich, Xakimov Aziz Abduvoxitovich
Poliz ekinlarida qovoq mozaikasini
Download 0.51 Mb.
|
Virusologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAMAKI, MAXORKAVA GULLARNING VIRUS KASALLIKLARI 9-amaliy mashg’ulot Reja
- Zaruriy jixozlar
- Tamaki mozaikasi.
Poliz ekinlarida qovoq mozaikasini virus (Squash mosaic virus) qo’zg’atadi. Virusning ikkita irqi mavjud, ular bodringni zararlamaydi. 1-irq qovun, oddiy va o’ris qovoq, qovoqcha hamda kulchaqovoq (patisson)ni, 2-irq bulardan tashqari tarvuzni ham zararlaydi.
Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, O’zbekistonda ham uchrashi ehtimol qilinadi. Markaziy Osiyoda “qovun mozaikasi virusi” nomi bilan atalgan qo’zg’atuvchi haqiqatda qovoq mozaikasi virusi ekanligi gumon qilinadi, chunki bu virus faqat qovun va qovoqni zararlaydi, biroq bodringni, ko’p irqlari tarvuzni ham, zararlamaydi. Zararlangan o’simliklaming barglarida sariq dog’lar, barg ustida shishlar paydo bo’ladi, tomirchalari rangsiz bo’lib qoladi, barg xunuk shakl oladi. O’simliklaming bo’yi pasayadi, palak va mevalaming soni kamayadi. Kasallik sog’lom o’simliklarga bodring qo’ng’izchalari, chigirtkalar, kolorado qo’ng’izi va boshqa kemiruvchi hasharotlar vositasida tarqaladi. TAMAKI, MAXORKAVA GULLARNING VIRUS KASALLIKLARI 9-amaliy mashg’ulot Reja: 1 Tamaki mozaikasi Tamakida bodring mozaikasi Tamaki oiachipor so’lishi (bronza tusini olishi) Tamaki va maxorka kasalliklari Atirgulning virus so’lishi Gullaming kasalliklari Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, mikroskop, buyum va qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka, pinsentlar. Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari namunalami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish, zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish. Tamaki mozaikasi. Kasallikni tamaki mozaikasi virusi (TMV) (Nicotiana virus) qo’zg’atadi. Virionlari uzunchoq shaklli, uzunligi 300 nm gacha va diametri 18 nm gacha. Kriptogrammasi R/l; 2/5; E/E; S/O. Kasallik butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda, ochiq dalalarda va ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan. Virus tamakidan tashqari pomidor, baqlajon, qalampir va boshqa ko’p ekinlami zararlaydi. Uning ko’p shtammlari mavjud, ular tamaki navlarini har xil darajada zararlashi va kasallik belgilari o’ta o’zgaruvchanligi bilan ta’riflanadi. Kasallik urug’ orqali o’tganida ko’chatlar barglarining tomirlari och tus oladi va barglar oiachipor bo’lib qoladi. Barglaming chetlari yuqoriga sal bukilishi mumkin. Barglaming ustida pufaksimon shishlar paydo bo’ladi. Ba’zan barg juda tor, ipsimon bo’lib qolishi mumkin. Etilgan o’simliklaming barglarida, harorat va namlik oshishi bilan, mozaika asta-sekin yo’qoladi va faqat nekrotik dog’lar qoladi. TMV juda barqaror bo’lib, u o’simlik qoldiqlarida 50 yilgacha saqlanadi. Virus o’simliklarga qo’l bilan tekkanda ham tarqaladi. Kasal o’simliklardan sog’lomlariga virus ishchilar ishlagan paytda, mashinalar, jihozlar va asbob- uskunalar orqali mexanik usulda o’tadi. Virus tamaki ustida mavjud bo’lib, chekuvchi ishchilar tomonidan ekinga tarqatilishi mumkin. Infeksiya o’simlik qoldiqlarida saqlanadi va keyingi yili ekilgan tamaki ko’chatlarini ildizi orqali zararlaydi. O’zbekistonda VTM ning tabiiy o’choqlari qurtena (Sysymbrium loeselii) da qayd etilgan. Asosiy infeksiya manbai bo’lmasa ham, tamakiga virus kemiruvchi hasharotlar (misol uchun, chigirtka va qo’ng’izlar) vositasida o’tishi isbotlangan. Dalada virus mozaika bilan zararlangan begona o’tlardan (bangidevona, ituzum, yovvoyi tamaki, gorchitsa va b.q.) tamaki va boshqa o’simliklarga tarqaladi. Bir mavsumdan ikkinchisiga virus urug’dan ham o’tishi mumkin, ammo mozaika asosan ko’chatlarni yaganalash va dalaga ko’chirib ekish paytda tarqaladi. Maxorka zararlanganida uning eng yosh barglarining rivojlanishi sekinlashadi, ular burushiq shakl va sarg’ish tus oladi. Barg tomirlarida nekroz kuzatiladi, ko’pinchayosh barglar nobud bo’ladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling