Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Ehtirom ila “Murabbiylar kengashi” raisi


Download 0.57 Mb.
bet3/67
Sana08.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#250937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Гуруҳ мураббийси журнали 2019-2020

Ehtirom ila “Murabbiylar kengashi” raisi.



MURABBIYLAR KENGASHI TO‘G‘RISIDA

NIZOM
Asrlar osha chuqur ildiz otib, davlat va jamiyat manfaati yo‘lida yanada ravnaq topib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan murabbiylik tizimi istiqlol yillarida tubdan o‘zgardi. Xalqimizning betakror milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan bu noyob tizimni har tomonlama rivojlantirish, zamon talablari darajasida takomillashtirish va keng targ‘ib etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.

Murabbiylik tizimini yanada rivojlantirish, uning boy usul va uslublari, tajriba va yutuqlarini hayotga keng joriy etishni ma’naviyat va ma’rifatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Bunday chora-tadbirlar yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining salohiyatini Vatan istiqboli sari yo‘naltirish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, eng muhimi o‘zligimizni anglashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida boy tariximiz, betakror merosimiz, muqaddas dinu diyonatimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Mehr-oqibat, hamkorlik, bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlar, Vatan taqdiri va kelajagiga dahldorlik tuyg‘usi hayotimizdan mustahkam o‘rin olib bormoqda. Bunday ijobiy omillar xalqimizning ruhiyatini ko‘tarib, ishchanlik, bunyodkorlik, elparvarligu yurtparvarlik kayfiyatini kuchaytirmoqda, kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Yoshlarimizni huddi ana shunday ruhda tarbiyalash bugunning eng dolzarb va eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada “Murabbiylik” tizimidan samarali foydalanish ta’lim-tarbiya ishida katta va muhim ahamiyatga ega.

“Murabbiylar kengashi” to‘g‘risidagi mazkur Nizomning mazmun-mohiyati zamon talablari darajasida takomillashtirish va yangilanishni talab etganligi munosabati bilan qayta ishlab chiqildi hamda quyidagi tartib-qoida va majburiyatlar kiritildi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling