Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Download 0.57 Mb.
bet6/67
Sana08.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#250937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Гуруҳ мураббийси журнали 2019-2020

3. MURABBIYNING VAZIFALARI:

3.1. O‘z guruhi talabalarining har biri haqida tasdiqlangan ma’lumotnomaga ega bo‘lishi;

3.2. “Guruh murabbiylari” jurnalini belgilangan tartibda yuritishi;

3.3. “Axborot va maurabbiylik soatlari” darsini “Murabbiylar kengashi” tomonidan taqdim etilgan rejaga ijodiy yondashgan holda o‘tkazishi;

3.4. Guruhda ta’lim-tarbiya ishlarini Nizomda belgilangan talablar asosida olib borishni o‘zining asosiy vazifasi deb, bilishi;

3.5. Guruhning o‘z shioriga ega bo‘lishini ta’minlashi;

3.6. O‘zlashtirishi, davomati va tartib-intizomi yaxshi bo‘lmagan talabalar bilan yakka tartibda ishlashi, ularni ibratli talabalarga biriktirib qo‘yishi va ilg‘orlar safiga olib chiqishi uchun dekanat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi;

3.7. I.A.Karimov O‘zbekiston mustaqilligining ijodkori, tashabbuskori va rahnamosi ekanligi haqida “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari hamda muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev asarlari va nutqlari asosida mazmunli turkum muloqotlar o‘tkazishi;

3.8. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ichki va tashqi siyosatdagi yangiliklar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy jarayonlar, islohotlarning borishi va erishilayotgan yutuqlar bilan muntazam tanishtirib borishi;

3.9. Institutda o‘tkaziladigan tadbirlarda guruhning faol ishtirok etishini ta’minlashi;

3.10. Shogirdlarining yashash joylaridagi shart-sharoitlaridan xabardor bo‘lib, ularning ota-onalari hamda yaqinlari bilan muloqotda bo‘lib turishi;

3.11. Moddiy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lgan talabalarning ehtiyojlarini atroflicha o‘rganib chiqib, fakultet yoki institut rahbariyatiga taklif kiritishi;

3.12. Mamlakatimizning fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at va boshqa sohalardagi namoyandalari bilan uchrashuvlar tashkil etishi;

3.13. O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylariga tashriflar uyushtirishi;

3.14. Talabaning burchi, vazifasi, institut, oila va jamoat joylarida o‘zini qanday tutishi, katta va kichik yoshdagilarga qanday munosabatda bo‘lishi hamda nimalarga e’tibor bilan qarashi kerakligi haqida suhbatlar o‘tkazib borishi;

3.15. Institut Nizomiga, ichki tartib-qoidasiga rioya qilmagan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan guruh talabasi belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida o‘z talabalarini ogoh etib turishi;

3.16. Ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha takliflar kiritishi;

3.17. Guruh talabalarining talab va istaklarini tegishli pog‘onalarga etkazishi, lozim bo‘lganda ularning haq-huquqlarini himoya qilishi;

3.18 Murabbiylar institut rahbariyatining buyrug‘i bilan guruhdan ozod qilinishi yoki boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling