Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Download 0.57 Mb.
bet4/67
Sana08.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#250937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Гуруҳ мураббийси журнали 2019-2020

1. ASOSIY QOIDALAR:

1.1. Institutda “Murabbiylik” faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’sirchanligini oshirish va talaba-yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida kamol toptirish borasida ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligiga erishish Nizomning bosh maqsadi hisoblanadi.

1.2. Ushbu Nizomga muvofiq yangi o‘quv yili boshida “Murabbiylar kengashi” raisi, Fakultetlar dekanlari va ularning o‘rinbosarlari talabalarni “Murabbiylik” tizimi hamda uning maqsad va vazifalari bilan tanishtiradilar.

1.3. Fakultetlar rahbarlari tegishli kafedralar bilan hamkorlikda pedagog-xodimlarning salohiyatiga qarab, ularni akademguruhlar murabbiyligiga tanlaydilar. Murabbiylik vazifasini bajarishga rozilik bergan pedagog-xodim bilan suhbat o‘tkazadilar. Guruhlarga biriktirilgan murabbiylar ro‘yxatini tasdiqlaydilar hamda “Murabbiylar kengashi” (bundan buyon “Kengash” deb yuritiladi)ga taqdim etadilar.

1.4. Kengash fakultetlardan tushgan ro‘yxatlarni umumlashtirib, institut akademguruhlariga murabbiylarni biriktirish to‘g‘risida buyruq loyihasini tayyorlaydi va uni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor bilan muhokamadan o‘tkazib, rektor tasdig‘iga kiritadi.

1.5. Mazkur buyruqda murabbiylarning oylik ish haqlariga ustama to‘lash va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida institut Kengashida qabul qilingan qarorning tegishli bandlari qayd etiladi.

1.6. Murabbiylar mashg‘ulotlarni ishlab chiqilgan reja va dolzarb mavzular asosida olib boradilar.

1.7. Murabbiylar diqqat-e’tibori asosan talaba-yoshlarni mustaqil fikrlash, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan, o‘z Vatani, boy moddiy va madaniy-ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari bilan faxrlana oladigan, ajdodlarimiz urf-odat va an’analariga hurmat bilan qaraydigan, fidoyi, tashabbuskor, jasoratli, bunyodkor va albatta, yuksak ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilmog‘i lozim.

1.8. Murabbiylar faoliyatiga institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, Kengash raisi hamda fakultet dekanlari rahbarlik qiladilar va mas’ul hisoblanadilar.

1.9. O‘quv semestri so‘ngida Kengash dekanat va kafedralar bilan birgalikda murabbiylarning tahliliy seminar-kengashini, o‘quv yili yakunida “Yilning eng yaxshi murabbiysi” tanlovini o‘tkazadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling