9.7. Sug‘oriladigan (antropogen) tuproqlar va ularning agrokimyoviy tavsifi
Antropogen (inson) faoliyati tuproq hosil bo‘lish jarayoniga agrotexnik tadbirlar, qurilish va obodonlashtirish ishlari, meliorativ tadbirlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiyki bu tadbirlar tuproqning xususiyatlari va hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir qiladi. Natijada tuproq hosil qiluvchi omillar yig‘indisi quyidagicha holatga keladi.
T = f(IOJRA)V
T - tuproq
f - tuproq hosil qiluvchi omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik.
I - iqlim
O - organizmlar
J _ jins
R - rel’ef
B - vaqt
A - antropogen omil
Tabiiy tuproqlarni sug‘organda o‘ziga xos morfologik profilga ega bo‘la boshlaydi. Tuproqning doimiy namlanishi natijasida biologik va kimyoviy nurash jarayonlari kuchayadi. Bu esa tuproq morfologik ko‘rinishiga o‘tloqilikni beradi. Tuproqning yuqori qismida ona jins xususiyatidan keskin farq qiluvchi agroirrigatsion qatlam hosil bo‘laboshlaydi. Shuning uchun ham A.N.Rozanov, M.A.Orlov, S.N.Rijov kabi olimlarning say harakatilari tufayli sug‘oriladigan tuproqlar madaniy vohalarida mustaqil (yangi) tip sifatida ajratila boshlandi. Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlari 4,2 mln gektardan oshiqroq maydonni egallaydi.
Tekislik (cho‘l) zonasiniig sug‘oriladigan tuproqlari
Bu zonada sug‘oriladigan tuproqlar 1,6 mln gektarni tashkil qiladi va asosan 3 ta voha-taqir, voha-o‘tloqi va voha-botqoqi tuproqlar ajratiladi.
Voha-taqir tuproqlari O‘zbekistonda kam tarqalgan tuproqlardan hisoblanadi va cho‘l zonasida sizot suvlari chuqurda joylashgan tuproqlarni o‘zida birlashtiradi. Qatqoloq hosil bo‘lishga moyillik, haydalganda harsanglar hosil bo‘lishi, suv fizik xossalarining pastligi kabi xususiyatlar taqir tuproqlarga xos holat hisoblanadi.
Taqir tuproqlarning haydov va haydov osti qatlamlarida suvga chidamli makro va mikro agregatlar miqdori cho‘l zonasining boshqa tuproqlariga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli uning agroirrigatsion gorizonti maksimal gigroskopiklikka va nam sig‘imiga ega.
Voha-taqir tuproqlarida asosan uzoq yillar cho‘l zonasi
gidromorf tuproqlarining sug‘orilishi jarayoni natijasida
hosil bo‘lgan deb qaraladi. O‘tloqi voha tuproqlarining eng
xarakterli belgilaridan biri bir xil (sur) rangdagi kuchli
agroirrigatsion qatlamning bo‘lishidir. O‘tloqi-voha tuproqlarini ayrim adabiyotlarda cho‘l zonasining eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari deb ham nomlanadi.
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |