Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tog‘li tuproqlardan foydalanishda inson faoliyati


Download 1.71 Mb.
bet43/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Tog‘li tuproqlardan foydalanishda inson faoliyati. Markaziy Osiyoning, shu jumladan, O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi tog‘li sur, jigarrang, sur-qo‘ng‘ir tusli o‘rmon, baland tog‘ sur-qo‘ng‘ir tusli o‘tloqi-dasht va o‘tloqi tuproqlardan sug‘oriladigan va lalmikor dehqonchilikda hamda yaylovlar sifatida foydalanilmoqda. Uzoq tarixiy davrlarda insonlar tuproqqa omoch, so‘qa kabi qurol- yaroqlar bilan ishlov berib, tog‘ yon bag‘irlarida terassalar tashkil qilganlar. Terassalar tog‘ yon-bag‘irlarida yog‘in-sochin oqimiga perpendikulyar ravishda qurilib, atrofiga turli xil mevali daraxtlar, yong‘oq, terak va tollar o‘tqazilgan. Paykallarga esa bug‘doy, arpa , kunjut, no‘xat, makkajo‘xori, beda va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan. Tog‘larning juda qiya joylarida esa uzoq yillar davomida mollar boqilgan. Natijada tuproq usti ochilib, tuproq zarrachalarining suv eroziyasi ta’sirida tog‘ yonbag‘irlaridan yuvilib ketishiga imkoniyat yaratilgan. Uzoq yillar davomida shu jarayonlarining rivojlanishi natijasida eroziyaga chalingan tuproqlarning maydonlari ko‘payib borgan. Tog‘ yonbag‘irlarida, adirlarda va lalmikor yerlarda eroziyaga uchragan sur, jigarrang va boshqa tuproqlardagi o‘simliklar qoplamidagi chimli qatlamlar yo‘qolgan, gumusli qatlamlari buzilgan, jala, yog‘in-sochin suvlari ta’sirida tuproq zarrachalari unumdor maydonlardan yuvilib, katta-katta jarlar va o‘nqir-cho‘nqirliklar hosil bo‘lgan. Tog‘larda sug‘orish ishlarini noto‘g‘ri olib borilishi ham ko‘p fojiali vokealarga sabab bo‘lgan. Sug‘orishni noto‘g‘ri olib borish Farg‘ona, Nurota, Hisor, Zarafshon tog‘lari yonbag‘irlarida suv eroziyasining rivojlanishi va kuchayishiga olib kelgan. Hozirgi davrda bunday hollar Farg‘ona vodiysi adirlarida, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi mintaqalarida kuzatilmoqda. Odam tuproqqa ongli va ongsiz ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Agar inson tuproq tarkibini bilib, ongli ravishda oqilona ta’sir ko‘rsatsa, uning holati yaxshilanadi. Ongsiz yondoshib, tuproq sifatida saqlanishiga e’tiborsizlik qilsa, tuproq unumdorligi yomonlashadi, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi pasayadi. Shunday qilib, suv va Shamol eroziyasini rivojiga faqat tabiiy omillargina ta’sir etmay, balki insonning yerdan foydalanish jarayonida agromeliorativ va agrotexnik tadbirlarga qattiy rioya qilmaslikligi ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tog‘li hudidlarda eroziyani rivojlantiruvchi omillar ta’sirini kamaytirish, eroziyaga chalingan tuproqlarning unumdorligini oshirish va ulardan samarali foydalanish ishlarini amalda bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Savollar


  1. Tuproq eroziyasining paydo bo‘lish va rivojlanishi jarayonlariga qaysi omillar ta’spr ko‘rsatadi?

  2. Eroziyaning rivojlanishida qanday tabiiy-tarixiy omillar ishtirok etadi ?

3. Iqlim va rel’ef sharoitlarining tuproq eroziyasiga
ko‘rsatadigan ta’sirini izohlang.

  1. Tog‘ yonbag‘irlarning nishabligiga qarab tuproqlarning yemirilishi qanday miqdorlarda bo‘lishi mumkin?

  2. O‘zbekistonda yon bag‘irlarning nishabliligiga bog‘liq ravishda eroziyaga chalingan maydonlar to‘g‘risida ma’lumot bering.

  3. Tog‘li hududlarda tuproq hosil qiluvchi yotqiziqlar va eroziyalanish darajasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?

  4. O‘simliklar tuproqni eroziyadan saqlash xususiyati bo‘yicha qanday guruhlarga bo‘linadi?

  5. O‘zbekistonda, eroziya jarayonlarining rivojlanishida tuproq-iqlim sharontlari qanday rol o‘ynaydi?

  6. Tekisliklarda rivojlangan tuproqlarda kuzatiladigan eroziya jarayoni nimalarga bog‘liq?

  7. Tog‘ oldi va past tog‘li hududlarda eroziya jarayonlarining rivojlanish sabablarini tushintiring.

  8. Tog‘ va baland tog‘ tuproq hududlarida eroziya jarayonlarining rivojlaiishi qanday omillarga bog‘liq?

  9. Tog‘li hududlar va tekisliklarda kuzatiladigan eroziya jarayonlariga inson omili qanday ta’sir ko‘rsatadi?





    1. Download 1.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling