Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Jarliklar hosil bo‘lishiga qarshi kurash


Download 1.71 Mb.
bet45/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Jarliklar hosil bo‘lishiga qarshi kurash
So‘ngga yillarda paxtani noto‘g‘ri sug‘orish natijasida jarliklar paydo bo‘lishi kuzatilmoqda. Jarlik paydo bo‘lishi xatarli ekologik ofatdir. Jarlikni sug‘orish eroziyasiga taqqoslasak, bu holda o‘pirilish oqibatida yer dehqonchilik o‘ramidan mutlaqo chiqib ketadi. Jarliklar oqava va zovur suvlarini noto‘g‘ri tashlash, tartibsiz oqizib yuborish natijasida sodir bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bunday suvlarning oqishini tartibga solish usuli ishlab chiqilgan. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, sug‘oriladigan paykallar oxirida, mavjud jarlik yoki soy bo‘ylab, ulardan 10-15 m oraliqda suv to‘plash uchun to‘siq, pastliklarga suv yig‘ish quvurlari o‘rnatiladi. Suv yig‘ish uchun o‘rnatilgan to‘siqlarning asosiy vazifasi ularga yer yuzasidagi oqava suvlarni to‘plash va quvurlar oraqachi soy, ariqlarga oqizib yuborishdan iborat.
Suv to‘planadigan to‘siqlar plantaj pluglar yoki chuqur kovlash mashinasida yoki bo‘lmasa, har qanday traktorda 3 yoki 4 korpusli plug bilan hosil qilinadi. Bu pluglarning korpusdagi po‘lat polosa (150-200 mm sh) kavsharlash yo‘li bilan uzaytirila-di. Agregat 2 marta yurib o‘tgandan so‘ng tuproqda to‘siq hosil bo‘ladi. Devorlar plantaj plug yoki gekoluvchi agregatda tekislanadi. Bunday to‘siqlar hosil qilib, yig‘ilgan suv mezorel’ef pastliklariga o‘rnatilgan quvur yoki lotoklardan oqizib yuboriladi. Asbetsement yoki cho‘yan quvur bo‘lmasa, taxtadan yasalgan novlardan foydalanish mumkin. Ular ham quvurlar singari o‘rnatiladi. Quvurlardan tushadigan oqava suv yerlarni juda ham o‘yib yubormasligi uchun jarlar tubida suv yig‘iladigan quduq hosil qilinadi.
Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlarining sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlari adirlar hisobaga ko‘paymoqda. Bunday yerlarni ilmiy asosda o‘zlashtirish,tuproqlarni tez orada madaniylashtirib, yetarli hosil olish imkonini beradi. Lekin adirlarni o‘zlashtirishda ularning qiyaligi hisobga olinishi kerak. Aks holda sug‘orish vaqtida oqim tezlashib, tuproq yuvilib, yerlar o‘piriladi va jarlar paydo bo‘lishiga sharoit yaratiladi. Jarlik paydo bo‘lgan yerlarda tuproqlar buldozerlar yordamida surilib, tekislanadi va bunday yerlarga iloji boricha daraxglar yoki ko‘p yillik o‘tlar (beda) ekish tavsiya etiladi. Jarliklarning kengayishini to‘xtatish uchun, maxsus, tuproqni mustahkamlaydigan o‘simliklar ekish, jarlik atrofida daraxtlar o‘stirish maqsadga muvofiqdir.
Shamol eroziyasiga qarshi kurash uchun turli chora-tadbirlar ni amalga oshirish zarur. Hozirgi vaqtda Mirzacho‘l, Qarshi cho‘llari, Markaziy Farg‘onada yangi o‘zlashtirilgan yerlarda, doimiy Shamol esadigan yo‘nalishlar e’tiborga olinib, ixota daraxtzorlar barpo qilinmoqda. Ixota ekinlari ixota daraxtzor o‘sib voyaga etgunga qadar madaniy ekinlarni chang to‘zonli Shamol eroziyasidan saqlaydi. Ixota ekinzor barpo qilish uchun kuzgi bug‘doy, javdar, makkajo‘xori va tez o‘sadigan boshqa ekinlar ekiladi. Kuzgi bug‘doy yoki javdar kuzda (sentyabr oyida) g‘o‘za qator oralariga ekiladi, ekish bilan bir vaqtda qator oralari 6-8 sm guqurlikda yumshatiladi.
Kuzgi bug‘doy bir marta sug‘oriladi (ayrim yillari yog‘ingarchilik serob bo‘lganda, sug‘orishga zaruriyat qolmaydi). Erta bahorda tuproq sharoitiga qarab azotli o‘g‘itlardan 75-100 kg/ga solib, oziqlantiriladi. Ixota daraxtzorlarni xizmati shundan iboratki, Shamolning asosiy kuchi shu daraxtlarga urilib, tezligi kamayadi, 3, 5 va 7 qatorli ixota daraxtzorlar, qatorlar sonidan qat’iy nazar tuproq va ekinlarni deyarli bir xil masofada Shamol eroziyasidan himoya qiladi. Ixota daraxtzor ta’sirining eng ko‘p uzoqligi 12-14 daraxt bo‘yiga teng bo‘lishi aniqlangan. Shunga asoslanib ular orasidagi masofa 150-200 m/dan oshmasligi kerak. Yaxshisi, tez o‘sadigan daraxtlardan 2-3 qatorli kenglik hosil qilish lozim. Ixota daraxtzorning birinchi qatoriga tol, terak, qayrag‘och, oxirgi qatoriga tut yoki mevali daraxtlar ekiladi. Daraxtlar o‘sguncha ular orasida Shamol eroziyasiga qarshi agrotexnik (ko‘p yillik o‘tlar ekish) tadbirlarini qo‘llash kerak.
Qumli va qumoq tuproqli yerlar unumdorligini oshirishda, kollektor-zovurlarni tozalashda chiqarilgan og‘ir mexanik tarkibli loyli balchiqdan har 1 ga yerga 10 t dan solish muhim agromeleorativ tadbir hisoblanib, yaxshi samara beradi. Loyli-balchiq tarkibida har xil zararli tuzlar bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olish va tegishli tadbirlarni ko‘rib qo‘yish lozim.
Tuproqshunos - eroziyashunos olimlar, akademiklar Q.Mirzajonov (1981, 1996) va M.B.Hamroyev (1993) larning olib borgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlari natijasida G‘arbiy Farg‘ona va Buxoro vohasida juda katta maydonlardagi madaniylashgan unumdor tuproqlarning katta maydonlari Shamol eroziyasi tufayli qumli barxanlar tagida qolib ketganligi aniqlangan. Ularniig hisobiga ko‘ra G‘arbiy Farg‘onada 30 ming, Buxoro vohasida 80 ming ga ga yaqin shunday yerlar borligi aniqlangan. Bu tuproqlar tarkibida 2-3% gumus va 40-50% gacha suvga chidamli donador agregatlar mavjud. Bunday tuproqlar yer bag‘rida, 70-100 sm chuqurlikda qum bilan ko‘milgan bo‘lib, ularning qatlami plantaj usulda haydab ag‘darilsa, Shamol eroziyasiga chidamli va unumdor tuproqqa aylanadi. Bu tadbirlarni kuzda olib borish tavsiya etiladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling