Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproqning agrofizik ko‘rsatkichlari


Download 1.71 Mb.
bet48/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Tuproqning agrofizik ko‘rsatkichlari. Tuproqda hayot kechiruvchi o‘simlik va boshqa jonivorlarning o‘sib rivojlanishida tuproq strukturasi muhim ahamiyatga ega. Tuproqning mexanik tarkibidagi zarrachalar turli omillar ta’sirida (asosan, gumus va kalsiy karbonat ta’sirida) bir-biriga yopishib, qovushqoq, donador holatga o‘tadi va dona-dona tuproq zarachalari paydo bo‘ladi. Bu zarrachalarning shakli va yirikligiga qarab ular yig‘indisidan tuproq strukturasi tashkil topadi. Mana shu holatdagi donador tuproqni ilmiy tilda strukturali tuproq deyiladi. Agar tuproq donador bo‘lmasa u stukrurasiz hisoblanadi. Doimiy sochiluvchanlik, faqat strukturali tuproqlarga xos xususiyatdir. Tuproqning donador agregatlari katta kichikligiga qarab 2 guruhga bo‘linadi. Agar tuproq agregatlari 0,25 m/m dan katta bo‘lsa, makrostruktura deb va 0,25 mm dan kichik bo‘lsa, mikrostruktura deb ataladi. Tuproq agregatlari tashqi muhit ta’siriga chidamliligi bilan ham 2 xil bo‘ladi.
Tuproq agregatlarining mexanik chidamliligi yoki yopishqoqligi deganda shu agregatlarning mustahkamligi, ya’ni ular ezilganda (yoki yanchiltanda) buzilmasligi tushuniladi. Agregatlarning mustahkamligi ularning yopishqoqlik, qovushqoqlik kuchi hamda tuproq namligiga bog‘liq (T.S.Zokirov, 1991).
Ikkinchisi tuproq agregatlarining suv ta’siriga chidamliligidir. Agar agregatlar namlanganda yoki suvga cho‘ktirilganda unga chidash berib, mustahkam turib buzilmasa, u tuproq yaxshi tuproq hisoblanadi. Tuproqning bunday agrofizik sifat ko‘rsatkichlari ko‘p sabablarga, ayniqsa tuproqning turiga, uning tarkibidagi organik modda miqdoriga bog‘liqdir. Agronomik nuqtai nazaridan suvga chidamli tuproq agregatlari katta ahamiyatga egadir. Struktura tuproqning bir qancha fizik- mexanik xossalarini va suv-havo, issiqlik, oziq rejimlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga hamda mikrobiologik jarayonlarni rivoj topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Strukturali tuproqlarda o‘simliklar uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu tufayli strukturali tuproqlarda o‘stirilgan o‘simliklar mo‘l va sifatli hosil beradi. Tuproqning strukturali bo‘lishida shu yerdan o‘stiriladigan ekinlar ham muhim rol o‘ynaydi. Dukkakli va donli ekinlar tuproqda ko‘p mikdorda organik qoldiq-qoldiradi va ular sekin-asta gumusga aylanadi. O‘simlik ildizlari hamda gumus tarkibida bo‘lgan yopishqoq moddalar ta’sirida tuproqda suvga chidamli, mustahkam agregatlar paydo bo‘ladi. O‘simlik ildizlarining chirishi natijasida ularnint o‘rnida g‘ovakchalar paydo bo‘ladi va bu kovakchalar tuproqning havo xususiyatlarini yaxshilaydi.
Tuproqning strukturali va strukturasiz bo‘lishi dehqonchilik madaniyatiga ham bog‘liqdir. Strukturali tuproqlarda urug‘lar yaxshi unib chiqadi, o‘sadi va rivojchanadi. Strukturasiz tuproqlarda esa yog‘in-sochindan keyin qatqaloq paydo bo‘ladi. Bunday qatqaloq ostida urug‘lar yaxshi unib chiqmaydi, unib chiqqan nihollar esa ezilib nobud bo‘ladi. Hosil bo‘lgan qatqaloq tuproqning havo va suv rejimini buzadi. Berilgan suv tuproqqa qiyin shimiladi va tez bug‘lanadi. Qatqaloq ta’sirida tuproq bilan atmosfera orasida havo almashuvi sustlashadi. Qatqaloq hosil bo‘lishi turli tuproqlarda bir xil emas. Qatqaloqning paydo bo‘lishida ko‘pincha karbonatlar muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kalsiy bikarbonat Ca (HC03)2 tuproqning qurishi natijasida Ca C03 ga aylanadi.
Bu esa tuproq zararchalarini bir-biriga qattiq jipslashtirib, qatqaloq hosil qiladi. Sug‘oriladigan dalalarda qatqaloq hosil bo‘lishi asosan suv ta’sirida makro va mikroagregatlarini buzilishi sababli, ya’ni strukturasiz holatga o‘tishi natijasida vujudga keladi. Qatqaloq bo‘lmasligi uchun tuproq chirindiga boy, donador strukturali holatda saqlanishi kerak.
Tuproq strukturasini yaxshilash maqsadida organik o‘g‘itlar va kompostlarni ko‘proq qo‘llash, paxta-beda va boshqa almashlab ekish tizimlarini dehqonchilikka keng joriy etish tavsiya qilinadi. Tuproq strukturasini yaxshilashda chuvalchanglar muhim ahamiyatga egaligi isbotlangan. Keyingi yillarda Respublikamiz kimyogarlari tomonidan yaratilgan sun’iy struktura hosil qiluvchi moddalar-polimerlar sinab ko‘rilmoqda. Dastlabki tajribalarda bunday moddalar tuproq agregatlarini donador holga keltirishi, dalalarda suv sarfini tejab, paxta hosildorligini oshirishi isbotlandi. Demak, tuproq strukturasi ham dehqonchilikda muhim .ekologik vaziyat hisoblanadi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling