Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


O‘zbekistonning tuproq resurslari haqida


Download 1.71 Mb.
bet56/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

O‘zbekistonning tuproq resurslari haqida

Mamlakatimiz yer fondi 44,8 mln gektarga yaqin maydonni egallaydi, shundan 5-6 mln gektarida dehqonchilik qilinadi. Qolgan yerlar asosan yaylov va o‘rmonzorlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlar 4,2 mln gektarni ishg‘ol qiladi. Shundan 1,6 mln gektari tekislik (cho‘l) zonasida, 2,6 mln ga qismi adir zonasida joylashgan.
Sug‘oriladigan tuproqlar Farg‘ona vodiysida (900 ming ga), Zarafshon vodiysida (750 ming ga), Amudaryoning quyi qismida (780 ming ga) katta maydonlarni egallagan. Jami sug‘oriladigan maydonning 3 mln gektarga yaqini ekiladi.
Lalmikor yerlar asosan Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Amudaryo deltasining qurib borayotgan qismidagi o‘tloqi, o‘tloqi-taqir va o‘tloqi botqoq tuproqlar 600 ming gektardan ziyodroq maydonni egallaydi. Taqir tuproqlar 2,3 mln gektar yerni ishg‘ol qiladi. Tog‘ zonasidagi qo‘ng‘ir tuproqlar 832 ming gektarni egallaydi. Baland tog‘ zonasini o‘tloqi-dasht baland tog‘ tuproqlari egallagan.
X-BOB. TUPROQQA TURLI XIL O‘G‘IT (AGROXIMIKAT) LAR KIRITILISHI BILAN YUZAGA KELADIGAN EKOLOGIK MUAMMOLAR VA TUPROQ EKOLOGIYASINI YAXSHILASH YO‘LLARI


10.1. Agroximikatlarning tuproq (biosfera) ekologiyasiga salbiy ta’siri haqida
Ma’lumki, ximizatsiya (agroximikatlar)ni qo‘llash barcha turdagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni intensiv rivojlantiruvchi asosiy faktor hisoblanadi. Chunki ekinlardan olinadigan hosilning katta qismi qo‘llash hisobiga olinayapti.
O‘simliklarning kasallik, zararkunanada va begona o‘tlariga qarshi eng zaharli agroximikat – pestitsidlar ishlatiladi. Oxirgi yillarga kelib minglab xil pestitsidlar ishlab chiqilmoqda va ularni qo‘llash har yili 10-15% ga oshib bormoqda.
Afsuski, ishlatilayotgan pestitsidlarning o‘rtacha 1% igina yo‘qotishi kerak bo‘lgan obekt (kasallik, zrarkunanda) larni yo‘qotish uchun kurashda ishtirok etib qolgan qismi biosfera (o‘simlik, tuproq, havo) ni bulg‘ash uchun xizmat qiladi.
1980-1985 yillar mobaynida Respublikamiz paxta dalalariga 54,4 kg/ga pestitsid ishlatilgan. 1990 yillarga kelib O‘zbekistonda 85000 tonna pestitsid ishlatilgan. Bu jahondagi eng katta ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Pestitsidlarning hatto ozroq me’yorda qo‘llanilishi ham ayniqsa noqulay ob-havo sharoitida tuproqda to‘planadi. Natijada ko‘pchilik tuproq organizmlari faoliyatini susaytiradi yoki ulardagi modda almashinuvi bir necha haftaga qoladi.
Ma’lumki, pestitsidlar tuproqqa o‘simlik zararkunandalariga va begona o‘tlariga qarshi kurashish jarayonida tushib to‘planib boradi. Uning tuproqdagi miqdorining 0,1 mg/kg dan oshishi tuproq ekologiyasining buzilganligidan dalolat beradi. Bizning ma’lumotlarimizning ko‘rsatishicha uzoq yillar yuqori me’yorlarda pestitsidlar qo‘llanilgan dalalarning tuproqlarida pestitsid qoldiqlarining miqdori 0,34 mg/kg gacha ko‘tarilgan, yoki 3 baravardan ko‘proq oshgan.
O‘simlik kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashni to‘la biologik usulga o‘tkazib pestitsidlarni qo‘llashni cheklash imkoniyati bor. Afsuski, tuproq ekologiyasini buzishda hal qiluvchi rol o‘ynayotgan kimyoviy o‘g‘itlar to‘g‘risida bunday deb bo‘lmaydi. Modomiki, biz ona zaminimiz bo‘lgan tuproqqa solayotgan “mineral o‘g‘it” deb nomlanadigan kimyoviy moddalarning (fizik holdagi) o‘rtacha 10-15% igina o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishini, qolgan asosiy qismi kimyoviy ballastlar sifatida tuproqda qolishini nazarda tutsak, har yili tuproqda yuzlab kg kimyoviy chiqindilar qolganligi ayon bo‘ladi. Bu esa 30-40 yil ichida bir necha o‘nlab tonnaga etadi.
Ko‘pchilik uchun sir emas, turg‘unlik yillari ayniqsa Xorazmda reja va hosildorlik orqasidan quvib agroximikatlarni olimlar tavsiya qilgan me’yorlardan bir necha barobar ko‘p ishlatiladi. Natijada, bugunga kelib tuproq ekologiyasining buzilishi natijasida uning unumdorligi pasaya boshladi. Xorazmda 1994-2003 yillarda olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha uzoq yillar yuqori me’yorlarda agroximikatlar solinib kelingan dalalar tuproqlarida og‘ir (zarrali) metallar deyarli ikki baravarga – kadmiy 8,87 mg/kg, nikel 82,1 mg/kg, xrom 12,6 mg/kg, pestitsid qoldiqlari esa uch baravar ko‘paygan.
Og‘ir metallar protoplazmatik zaxar hisoblanadi. Uning zaxarligi turlicha namoyon bo‘ladi. Simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, kumush kabilar o‘simlikdagi fosfotaza jarayonini susaytiradi. Kadmiy, temir, mis kabilar xujayra menbranasining yorilishiga sabab bo‘ladi. Ftor konsentratsiyasining oshishi fotosintez, nafas olish va o‘suv jarayonlarini tormozlaydi. Og‘ir metallar eng ko‘pincha sabzavot ekinlarida to‘planishi, o‘zining uzoq yillik keyingi ta’siri bilan yanada xaflidir.
Bulardan tashqari tuproqning ekologik samaradorligining pasayishida va biosferaning ifloslanishida o‘g‘itlarni saqlash va tashishda yo‘l qo‘yilayotgan isrofgarchiliklar, ular tarkibidagi ballast va zaharli qo‘shilmalarning ko‘pligi, mineral o‘g‘itlar agrokimyoviy xossalarining talabga javob bermasligi, ularni ishlatishdagi ilmiy texnologiyalarning buzilishi va boshqa qator omillar ham salmoqli rol o‘ynamoqda.
Shuningdek, mahalliy o‘g‘it (go‘ng) lardan foydalanishning agronomik texnologiyalari buzilganda nafaqat ular tarkibidagi oziq elementlar yo‘qoladi va bu erdagi 1 m3 havodagi mikroblar soni 8000 tagacha, amiak miqdori 3-4 mg gacha, vodorod sulfid miqdori 0,112 mg gacha ko‘payadi va ular esa atrof muhit ekologiyasining ifloslanishiga manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, tuproqda har xil faoliyat ko‘rsatuvchi va turli kattalikdagi xilma-xil o‘simlik va hayvonot organizmlari hayot kechiradi. Ular tuproq va uning unumdorligining hosil bo‘lishida ishtirok etib, uning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlarining shakllanishida yerga solingan turli xil o‘g‘itlar samaradorligining oshishida katta rol o‘ynaydi.
Yuqorida bayon qilganimizday, uzoq yillar yuqori me’yorlarda mineral o‘g‘it va pestitsidlar solinishi natijasida tuproqlar ekologiyasining yomonlashuvi ulardagi tirik organizmlar faoliyatini sezilarli darajada susaytirgan. Oqibatda tuproq unumdorligi yomonlashib, solinayotgan o‘g‘itlar samaradorligi ham pasaygan. Bunday tuproqlarda ayniqsa kamroq me’yorlarda berilgan mineral o‘g‘itlar va pestitsidlarning yuqori me’yorlarda ishlatilganining oqibatidir.
14-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha bir xil turdagi yangi o‘zlashtirilgan (hali agroximikatlar solinmagan) tuproqlarning tabiiy mahsuldorligi, ya’ni unda o‘g‘itsiz o‘sgan g‘o‘zaning hosildorligi 24,1 s/ga ni tashkil qilsa, qisqaroq vaqt (7-10 yil) dan beri kamroq me’yorda agroximikatlar solingan dalalardagi g‘o‘za hosildorligi 22,3 s/ga gacha kamaygan. Uzoq yillardan beri yuqori me’yorlarda agroximikatlar ishlatilgan shu tur tuproqlardagi g‘o‘zaning tabiiy hosildorligi 18,7 s/ga gacha tushib qolgan.
Bunday tuproqlarda mineral va organik o‘g‘itlarning samaradorligi ham turlicha bo‘ladi. Gektariga 300 kg azot, 200 kg fosofor va 100 kg kaliy mineral o‘g‘iti va oziq elementlari miqdori bo‘yicha yuqorida qayd qilingan mineral o‘g‘itga ekvivalent bo‘lgan 40 t/ga go‘ng solinganda agroximikatlar ishlatilmagan tuproqlardagi g‘o‘za hosildorligi mineral o‘g‘it ta’sirida gektariga 45,8 sentnerni, organik o‘g‘it ta’sirida 31,8 sentnerni tashkil qilsa, agroximikatlar kam ishlatilgan tuproqlarda g‘o‘za hosildorligi mineral o‘g‘it solinganda 41,3 sentnerni, go‘ng solinganda 30,8 sentnerni tashkil qiladi. Ko‘p yillar yuqori me’yorlarda agroximikatlar ishlatilgan tuproqlarda mineral o‘g‘itlar berilgan dalalardagi g‘o‘za hosildorligi 32,2 sentnerga tushib qoladi yoki berilgan o‘g‘it samaradorligi 30% ga pasayadi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling