Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Agroximikatlar qo‘llashdan yuzaga keladigan salbiy ekologik
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
10.2. Agroximikatlar qo‘llashdan yuzaga keladigan salbiy ekologik
holatlarni yaxshilash yo‘llari Agroximikatlar qo‘llash natijasida tuproq (biosfera) ekologiyasining buzilish jarayoniga qarshi kurash fikrimizcha ikki yo‘nalishda olib borilmog‘i lozim; Birinchidan, kimyoviy moddalarning tuproqqa solinishi (tushishi)ga chek qo‘yish, ikkinchidan agroximikatlar ta’sirida ekologik jihatdan buzilgan tuproqlarning unumdorligini tiklash. O‘simliklar zararkunandalariga qarshi faqat biologik usul bilan kurashishga o‘tib tuproq (biosfera) ga tushadigan pestitsidlar chek qo‘yish mumkin. Lekin hozircha tuproq ekologiyasi buzilishining asosiy sababchisi bo‘lgan mineral o‘g‘itlardan foydalanishni to‘la cheklash imkoniyati yo‘q. Chunki, ekinlardan olinayotgan hosilning asosiy qismi aynan shu mineral (kimyoviy) o‘g‘itlar hisobiga olinayapti. “Nokimyoviy o‘g‘itlar miqdorini ko‘paytirish, almashlab ekish va agrotexnikani takomilllashtirish asosida o‘simliklar hosildorligini oshirish, tuproqqa solinadigan agroximikatlar miqdorini kamaytira borish lozim” degan nazariya asosida keyingi yillar olib borilgan tadqiqotlar o‘simliklarga solinadigan mineral o‘g‘itlar yillik me’yorining bir qismini mahalliy o‘g‘it bilan almashtirib ko‘zlangan hosilni olish mumkinligini ko‘rsatdi. Ma’lumki, mineral o‘g‘it yillik me’yorining deyarli yarmiga yaqini ekishdan oldin, qolgan qismi oziqlantirish davrida beriladi. Ekishdan oldin beriladigan mineral o‘g‘it miqdori oziq elementlari bo‘yicha ekvivalent miqdordagi nokimyoviy o‘g‘it-go‘ng bilan almashtiriladi. Oziqlantirish davrida esa mineral o‘g‘itning qolgan qismidan foydalaniladi. Bu tadqiqot (tavsiya) larimiz “G‘o‘za ekilgan tuproqni o‘g‘itlash uslubi” nomi bilan ixtiro (№ IDP 04369) sifatida tan olindi. Yuqoridagilar tuproq ekologiyasini buzuvchi (tuproqqa solinadigan) kimyoviy moddalardan bir qismining tuproqqa tushishiga chek qo‘yish usuli bo‘lib, ularning qolgan qismini ham cheklash borasidagi tadqiqotlar davom qilmoqda. Bu katta muammoning ikkinchi tomoni – ekologik jihatdan (kimyoviy moddalar tushishi bois) buzilgan tuproqlarning unumdorligini tiklash bo‘lib, bu ilmiy-uslubiy, tashkiliy jihatdan murakkab masaladir. Uni hal qilishning birinchi bosqichida tuproqning tabiiy ekologik holatini buzgan kimyoviy moddalarning sifat va miqdorini aniqlash, bu moddalarni yo‘qotish usullarini ishlab chiqish zarur. Ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarilgan uslublar yordamida tuproqning tabiiy ekologik (unumdorlik) holatini tiklash yo‘llari yaratilmog‘i kerak. Bu borada boshlangan tadqiqotlar natijalari bu katta muammoning yechim topishiga umid uyg‘otmoqda. Bu muammoni chuqurroq o‘rganib, tezroq hal qilish uchun bunga nafaqat agrokimyogarlarni va shuningdek tuproqshunoslarni, mikrobiologlarni, fizik, kimyogar va boshqa soxa mutaxassislarini ham jalb qilish zarur. Alohida ta’kidlash kerakki, kimyoviy moddalar ta’siri ostida tuproq ekologiyasining buzilishi bilan bog‘liq muammo nafaqat Xorazm vohasi, balki pestitsid va mineral o‘g‘itlar (ayniqsa, yuqori me’yorlarda) qo‘llaydigan barcha mintaqalar uchun xosdir. Farqi shundaki, bu holat bir yerda kuchliroq, boshqa yerda hozircha kuchsizroq namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun ham ayniqsa agroximikatlar qo‘llashda yuqori hosildorlik va rejani emas, ekologiyani bosh mezon qilib olish lozim! Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling