Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet60/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

3f
B=-----------* 100
3m

bu yerda: B-tuproq balli; 3f – biror bir belgining haqiqiy ifodasi (gumus, azot, fosfor kaliy va boshqalar zaxirasi), 3m – berilgan belgining maksimal yoki optimal ko‘rsatkichi, tuproqda uning miqdori 100 ballga teng deb olingan.


Gumus, fosfor, kaliyning zahira miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi.


P*1000*A*B
H= --------------------
100
bu yerda: H – oziq modda zahirasi, t/ga hisobida; A – genetik qatlam qalinligi, m hisobida; B – hajm og‘irlik; R – gumus miqdori, % hisobida; 1000 – 1 ga yerning yuzasi.

Oziq moddalarning harakatchan formalari zaxirasi quyidagi formula orqali topiladi:


D=M*1000*B*A
bu yerda: D – azot, fosfor yoki kaliyning zaxirasi kg/ga; M – bir tonna tuproqdagi oziq moddaning kg dagi miqdori bo‘lib quyidagi formula bilan topiladi.
C
M=---------
100
S 1 kg tuproqdagi moddaning mg dagi ko‘rsatkichi.

Azot, fosfor va kaliy zaxirasining ko‘rsatkichi ikkita yuza gumusli qatlamning yig‘indisi bilan, gumus bo‘yicha esa profilning butun gumusli qismi aniqlanadi.


Har bir belgilarning bonitirovka ballari hisoblangandan so‘ng qaysi biri kerak emasligi topiladi. Shundan so‘ng o‘rtacha bonitirovka balli hisoblanadi, so‘ngra tuproq xususiyatiga ko‘ra viloyatning bonitirovka shkalasi hisoblab chiqiladi. Bonitirovka shkalalari tuzilgandan so‘ng ko‘p yillik asosiy o‘simlikning o‘rtacha hosildorligi hisoblab chiqiladi. Bu tuproqning diagnostik belgilari bilan hosil o‘rtasida korrelyasiya tuzishda, hosildorlik bo‘yicha tuproq bonitirovkasi shkalalarini tuzishda zarurdir. Hosildorlik bo‘yicha tuproq bonitirovkasi shkalalarini tuzish uchun viloyat yoki voha ichida taxminan bir xil tabiiy iqtisodiy holatga ega bo‘lgan agrotuproq rayonlari ajratiladi. Asosiy qishloq xo‘jalik o‘simligi hosilini aniqlash uchun har bir xo‘jaliklarda tuproq xili 70 % dan kam bo‘lmagan ekin maydonini egallagan jamoa, shirkat xo‘jaliklari va sort uchastkalarida har bir tuproq uchun quyidagilar yozib olinadi:
1. Donning o‘rtacha miqdori 1 s/ga hisobida; 2. Asosiy donli o‘simlikning o‘rtacha miqdori; 3. Texnik va yem-xashak uchun ekiladigan o‘simliklarning, kartoshkaning o‘rtacha miqdori; 4. Tabiiy xashakning o‘rtacha miqdori.
Bu ma’lumotlarda oxirgi 5-10 yil ichidagi ko‘rsatkichlar yoziladi. Yillik hisobotlardan yana xo‘jalik yuritish darajasi, berilgan o‘g‘itlarning miqdori, haydaladigan maydon uzunligi va hokazolar yoziladi.
Bu ishlar tuproqshunoslar, statistiklar, iqtisodchilar o‘rtasidagi munosabatda bajariladi. Bundan tashqari, birinchidan almashlab ekishning borishi; ikkinchidan ekin maydonlari aniqlanadi. Qishloq xo‘jalik o‘simliklari uchun ko‘p yillik ma’lumotlardan nisbiy hosildorlik (shkala) hisoblab chiqiladi.
a) o‘simliklarning hosildorligi 30 s/ga, ya’ni bonitirovka shkalasida 1 ballning bahosi 1 gektarda 0,3 s donaga tengdir.
b) davlat sort uchastkalarida ilg‘or xo‘jalikda donli o‘simliklardan gektariga 20 s hosil olinadi (ya’ni, bonitirovka shkalasida 1 ballning bahosi 1 gektarda 0,2 s donaga teng).
Shunday qilib, birinchi etapning asosiy vazifasi – kameral usulda viloyat, vohalar uchun taxminan bonitirovka shkalalarini tuzish hisoblanadi.
Birinchi etap oxirida tuproqshunos respublika, viloyat vohaning: 1) taxminiy bonitirovka shkalasi; 2) ma’muriy rayonlar bo‘yicha yerlarning boniteti va xaritagrammalariga ega bo‘ladi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling